Nazariy va amaliy dars ishlanmalari


O`zbek tili leksikasining boyish manbalari


Download 0.49 Mb.
bet92/138
Sana18.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1555029
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   138
Bog'liq
2020-21 Ona tili majmua 11

O`zbek tili leksikasining boyish manbalari
O‘zbek tili leksikasi bir qancha manbalar asosida boyib, rivojlanib boradi. Ularni, eng avvalo, ikki katta guruhga ajratish mumkin: 1) o‘z ichki imkoniyatlari asosida; 2) boshqa tillardan so‘z olish asosida. Ularning birinchisi ichki manbalar, ikkinchisi esa tashqi manbalar sanaladi.

1. O‘zbek tili leksikasining birinchi yo‘l bilan boyib borish imkoniyatlari juda kengdir. Masalan, a) ilgari qo‘llanilib, keyin iste’moldan chiqib ketgan so‘zlardan yangi tushunchalarni ifodalash uchun foydalanish: vazir, hokim, viloyat, shirkat, noib, tuman kabi; b) yasovchi qo‘shimchalar yordamida yangi so‘z yasash: uyali telefon, omonatchi, pudratchi, bojxona, auditchi (auditor), dizaynchi (dizayner) va boshqalar; d) dialektal so‘zlarni faollashtirish: mengzamoq (Xorazm) «o‘xshatmoq», «tenglashtirmoq», «qiyoslamoq» ma’nosida.


2. O‘zbek tili leksikasi tashqi manbalar asosida ham boyib bormoqda. Dunyoda boshqa tillardan so‘z olmasdan faqat o‘z ichki imkoniyatlari asosidagina rivojlanadigan birorta ham til yo‘q. Bundan o‘zbek tili ham mustasno emas. Faqat ma’lum zarurat tufayli yangi tushunchani ifodalovchi o‘z tilimizning ichki imkoniyatlari asosida ifodalab bo‘lmagandagina tashqi manbalarga murojaat qilish foydalidir. Bobolarimiz Mahmud Koshg‘ariy, Alisher Navoiylar ham shunga da’vat qilganlar.
Keyingi davrlarda tilimizga Yevropa tillaridan bir qancha so‘zlar yangi tushunchalar bilan birgalikda kirib keldi. Masalan, monitoring, diler, skayner kabi.
Bularning hammasi o‘zbek tili leksik imkoniyatlarini kengaytirib, boyitmoqda.
Savol va topshiriqlar
1. O‘zbek tili leksikasi qaysi yo‘llar bilan boyib, rivojlanib bormoqda?
2. Leksikaning ichki manbalar asosida rivojlanishi deganda nimani tushunasiz va ularning usullari qanday?
3. Тashqi manbalarga qanday holatlarda murojaat etiladi?
1-mashq. O‘zlashma so‘zlarning qaysi tilga oid ekanligini ko‘rsating (arabcha, forscha, lotincha, ruscha)
Saodat, taxt, mashina, a’lo, she’r, karaxt, badjahl, shoir, maorif, xo‘roz, gazeta, baxt, ruchka, sehr, stol, bioximiya, dazmol, ruxsat, ro‘za, qoida, sur’at, obyekt, donishmand, parta, paravoz, muomala.

2-mashq. O‘zbek tili leksikasining tashqi manba asosida boyishiga misollar keltiring.


3-mashq. Quyidagi matnni ko‘chiring. Rus tilidan hamda arab va fors-tojik tilidan o‘zlashgan so‘zlarni alohida-alohida ko‘chiring.



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling