Nazariya va amaliyotda korporativ boshqaruv
Download 1.79 Mb.
|
Маруза матн НАЗАРИЯ ВА АМАЛИЁТДА КБ 2021 (талаба учун)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Modelning kamchiliklari
2.5.1-jadval
Zamonaviy xorijiy modellarning taqqoslama tahlili
Bu esa aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvning ilg‘or xorij tajribalarini tadbiq etishga bo‘lgan ehtiyojni yanda oshiradi. Bunda mamlatimizda korporativ boshqaruv bo‘yicha muayyan tajribalarning to‘planganligi, amaliyot uchun zaruriy sharoitlarning yaratilganligi bu boradagi ilg‘or xorij tajribalarini tadbiq etish uchun zaruriy elementlar mavjud ekanligidan dalolat beradi. Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv amaliyotini takomillashtirish maqsadida quyidagilarni amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir10: 1. Aksiyadorlik jamiyatlarining korporativ boshqaruvida xorijdan yuqori malakali, tajribali mutaxassislarni ishga jalb etish, ularning korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirishga doir takliflari, tajribalaridan amaliyotda foydalanish asosida mamlakatimizda xalqaro standartlarga muvofiq korporativ boshqaruv tizimini joriy etishda mutaxassislar professional saviyasini oshirish, korporativ boshqaruv madaniyati, etikasi, psixologiyasi va ko‘nikmalarini shakllantirish lozim. 2. Aksiyadorlik jamiyatlarining korporativ boshqaruvida moliyaviy siyosatni puxta ishlab chiqish va uni amalga oshirishning moliyaviy asoslarini ta’minlashda kapital qiymati, kapital tarkibi, pulning vaqt birligidagi qiymati hamda daromadlilik va risk darajasining o‘zaro bog‘liqligi konsepsiyalariga to‘liq va muntazam amal qilinishini ta’minlash zarur. 3. Mamlakatimiz aksiyadorlik jamiyatlarining xorijiy nufuzli fond birjalariga (IPO) chiqishini ta’minlash orqali ularning xorijiy kapital bozoriga chiqishini ta’minlash asosida xalqaro bozordagi erkin raqobat kurashiga chidamliligini oshirishga erishish, bunda zamonaviy korporativ boshqaruv tamoyillari va standartlarini joriy etishning tashkiliy-huquqiy, texnik-iqtisodiy, axborot va kadrlar ta’minoti bo‘yicha asoslari hamda mexanizmini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling