Nazariya va amaliyotda korporativ boshqaruv


Korporativ boshqaruvning Germaniya modeli


Download 1.79 Mb.
bet10/122
Sana24.12.2022
Hajmi1.79 Mb.
#1050671
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   122
Bog'liq
Маруза матн НАЗАРИЯ ВА АМАЛИЁТДА КБ 2021 (талаба учун)

2.2. Korporativ boshqaruvning Germaniya modeli
Bugungi kunda bir qancha mamlakatlarda korporativ boshqaruv tizimi joriy etilmoqda. Chunki barcha tomonlarning manfaatlari himoya qiladigan bu tizim barcha davlatlar tajribasida o‘zini oqlab kelmoqda. Korporativ boshqaruv andozalarini joriy etishning iqtisodiy jihatlari, korporatsiyalar boshqaruvining samarali tizimini shakllantirish, boshqaruvning tamoyillari, uni tuzishishga ta’sir etuvchi omillar kabi masalalar hozirgi vaqtda dolzarb hisoblanadi. Boshqaruv organlari tuzilmalari va ular faoliyatini tashkil qilishning turli modellarini baholashda, har bir model o‘zining kuchli va zaif tomonlariga ega ekanligini tushunish muhimdir. Agar tizimlar mos ravishdagi boshqaruvi bilan o‘zlari joylashgan ayni bir ijtimoiy tizimning huquqiy, madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatiga monand bo‘lsa, ularning har biri ham samarali bo‘lishi mumkin.
Boshqa davlatlardagi korporativ boshqaruv tizimi singari Germaniyada ham korporativ boshqaruv tizimi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi o‘zining yaqqol isbotini topib kelmoqda. Shuni ham ta’kidlash joizki, Germaniyada korporativ boshqaruv tizimida aksiyadorlik kapitalining katta qismi boshqa kompaniyalar egaligida turadi: umumiy kapitalining yarmidan ko‘pini bir-birining aksiyalariga egalik qilish tizimi o‘z ichiga oladi. SHaxsiy investorlar bu modelida ikkinchi yirik investorlar guruhini tashkil qilsa ham (nemis kompaniyalari umumiy aksiyalarning taxminan 16%iga egalik qiladi) ular aksiyalarining ko‘p qismi sertifikat ko‘rinishiga ega bo‘lib, bu sertifikatlar ularning egalari topshirig‘iga ko‘ra, xususiy aksiyadorlar aksiyalarining juda katta qismi jamlangan banklar tomonidan boshqariladi. SHuning uchun, Germaniya kompaniyalarini erkin sotuvda bo‘lgan aksiyalarining juda katta ulushi (90% dan ortig‘i) tashkilot-investorlar tomonidan boshqariladi (o‘zlari aksiya egalari bo‘lmasa ham). Nemis kompaniyalarining aksiyadorlik kapitali yirik aksiyadorlarning o‘zida jamlangan. Buning natijasida nemis mulkdorlari va kapitalni boshqaruvchi moliya institutlari o‘z kompaniyalari bilan ish munosabatlarida ancha yaqin bo‘ladilar. Oqibatda ular mulkchilik huquqlaridan faol foydalanishdan va kompaniya faoliyati ustidan nazorat qilishga qatnashishdan ko‘proq darajada manfaatdor bo‘ladilar.
Germaniya korporativ boshqaruvi tizimiga ta’sir o‘tkazuvchi yana bir omil bu, yuqorida ta’kidlanganidek, huquqiy asoslar bo‘lib, bu tizim o‘zgargan normativ muhit sifatida kirib keldi. Natijada Germaniya nazorat organlari bozorlashgan moliyalashtirishni rivojlantirishni rag‘batlantiradigan bir nechta qarorlar qabul qilishiga to‘g‘ri kelgan. Moliya va qonun ekspertlari davlat qonunlari va qarorlari, uning korporativ moliyalashtirish tajribasi, uning korporativ boshqaruv tizimi o‘rtasidagi aloqani rivojlantirish borasida bir nechta uslublar ishlab chiqdilar.
Bundan tashqari, Germaniya korporativ boshqaruv tizimida islohotlarni amalga oshirishda huquqiy qarorlardan biri bu minoritar aksiyadorlarning huquqlarini mustahkamlashdan iboratdir. Minoritar aksiyadorlar huquqlarini mustahkamlashda ovoz berishning ko‘p tarmoqliligidan foydalanishnn bekor qilindi. Shuningdek, yopiq sotuvlarni nazorat qilina boshlandi. SHuningdek, qimmatli qog‘ozlar savdosi uchun Federal Nazorat Organi tashkil qilindi, keyinchalik bu organ Federal Moliyaviy Nazorat Organining bir qismiga aylandi. Natijada aksiyadorlar 1990-yillarning boshlariga nisbatan huquqiy himoyaga ega bo‘ldilar. CHunki 1990-yillarda Germaniyadagi aksiyadorlarni himoya qilish boshqa Evropa davlatlariga qaraganda ancha zaif hisoblanar edi.
Bundan tashqari, ichki boshqaruv organi, ya’ni Kuzatuv kengashi faoliyati ancha rivojlantirilib yaxshilandi. Bunda, nafaqat ularning javobgarligini oshirish, balki ijrochi bo‘lmagan direktorlarning potensial layoqatini oshirishga erishildi. Kuzatuv kengashi faoliyati tubdan o‘zgarib, kengash a’zolari muhim vazifalarni bajaruvchi javobgar shaxslar deb belgilandi.
Shu bilan birgalikda, Germaniya hukumatining huquqiy qarorlarining asosiy maqsadi bu nemis kompaniyalarida aksiyadorlar bazasini kengaytirish bo‘lgan. Xuddi mana shu nuqtada o‘z ta’sir doirasiga ega bo‘lgan ikkinchi omil ya’ni, investorlar omili o‘z kuchini ko‘rsatardi. Avvalo, Germaniyada uy xo‘jaliklari aksiya bozorlarida investitsiya kiritishni hohlamagan. 1990-yillarda 171 ta nemis kompaniyalarining 85% ining ovoz beruvchi aksiyalarining 25% i bir kishiga tegishli edi. Bu kompaniyalarning 57% ida ovoz beruvchi aksiyalarning yarmidan ko‘piga egalik qiluvchi aksiyadorlar mavjud. Bu esa, o‘z navbatida, samaradorlikning pasayishiga olib kelgan. Chunki qarorlar majoritar aksiyadorlar tomonidan qabul qilinar edi va qaysidir ma’noda, kompaniyalar ularning qo‘llarida bo‘lgan. Ammo bulardan voz kechishda ikkita muammoni hal qilishga to‘g‘ri kelardi. Birinchi asosiy muammo - bu nafaqat banklarni o‘rnini egallash, balki korporativ sektorni mablag‘ bilan ta’minlaydigan “yangi“ investorlarni topish hisoblanar edi. Bunda, bitta echim ya’ni chet ellik investorlarni jalb qilish edi. Ammo ushbu harakatlarda ham bir qancha muammolar kelib chiqdi. Bularni qal qilish uchun Nemis Korporativ Boshqaruv Kodeksi 2002-yilda ishlab chiqildi va unda ikkita asosiy maqsad belgilandi. Ushbu maqsadlar quyidagilarni tashkil etadi.
Birinchidan, xalqaro investorlar uchun nemis kompaniyalari tajribalari va hukumatning muhim siyosatlarini oshkoraligini mavjduligi hamda nemis kompaniyalari raislari uchun korporativ boshqaruvning eng yaxshi xalqaro tajriba qoidalari bilan ta’minlanishiga erishish ko‘zlangan edi va bunga erishildi.
Ikkinchidan, amalda bo‘lgan soliq rejimi korporativ boshqaruvga katta ta’sir ko‘rsatardi. Mana shu nuqtada, solik siyosati korporativ boshqaruv rivojiga turtki bo‘la oldi. SHuni ta’kidlash joizki, aksiyadorlar ancha yillardan beri o‘zlarining aksiyalariga egalik qilishardi va mos ravishda, daromad darajalari ham yildan-yilga oshib borardi. O‘z navbatida, ular davlatga katta miqdordagi soliqlarni ham to‘lab borardilar. Bu muammoni hal qilish maqsadida, Germaniya Ijtimoiy Demokratlari 2001-yilda korporatsiyalarga soliq to‘lashdan ozod qilingan holda, aksiyalarini sotishga ruxsat beradigan “Soliqlarni qisqartirish to‘g‘risida”gi qonunni qabul qildi. Banklar tomonidan ushlab turilgan raislik o‘rinlari soni ham keskin tushib ketdi va shu sababli banklar korporativ sektorga ta’sir qiluvchi ikkita muhim rolini yo‘qotishiga to‘g‘ri keldi.
Umuman olganda, Germaniya korporativ boshqaruv tizimi rivojlangan mamlakatlar korporativ boshqaruv tizimlari orasida eng samarali va natijaviy tizimlardan biri hisoblanadi. Albatta, o‘z-o‘zidan bu darajaga chiqib bo‘lmaydi. Germaniya korporativ boshqaruv tizimi rivojlanishida quyidagi uchta omillar muhim rol o‘ynaydi. Bularning eng birinchisi va eng muhimi bu iqtisodiy raqobat va huquqiy asoslar hisoblanadi. Ikkinchisi, halqaro investorlar muhim hududiy xususiyat hisoblangan hukumat tizimi orqali jalb qilinadi ya’ni Germaniya korporativ boshqaruv tizimi 2 pog‘onali hisoblanadi. Uchinchisi va so‘nggi omil esa soliq siyosati hisoblanadi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, bu uchta muhim omillar o‘zaro bir-biriga bog‘liqligini ko‘rish mumkin hamda quyidagilarni alohida ta’kidlash lozim: nemis kompaniyalari ancha xalqaro ko‘lamiga ega. Germaniya kompaniyalari moliyalashtirishda so‘nggi 25 yillikda muhim o‘zgarishlar sodir bo‘ldi va shu bilan birga, Germaniya korporativ boshqaruv tizimi ham o‘zgardi.
Ikki pog‘onali (manfaatdor shaxslar) Germaniya modeli – rahbarlik va ijrochilik organi hisoblanib, ularni Kuzatuv kengashi (Direktorlar kengashi) hamda Ijroiya organi tashkil etadi. Ushbu modelda vazifalarning qat’iy taqsimlanishi va Kengash a’zolari Ijroiya organiga a’zolik qilishi mumkin emas.
Germaniyada investorlarning ulushi tarkibi quyidagicha shakllantirilgan:
1. Yakka tartibdagi investorlar hissasiga 17 foiz aksiyalar to‘g‘ri keladi,
2. Korporativ investorlar esa nemis kompaniyalarining aksiyasini 64 foizini nazorat qiladi, SHundan (22 foizi banklar, sug‘urta kompaniyalari, pensiya jamg‘armalari va boshqa moliya institutlari; 42 foizi nomoliya korporatsiyalari)
3. Bundan tashqari Germaniya korporatsiyalari kapitali tuzilmasida xorijiy investorlarning (14%) va davlatning ulushi (5%) bu ko‘rsatkich esa Buyuk britaniyadagi ko‘rsatkichlardan ikki barobar yuqori.
Aksiyadorlik jamiyatlarining boshqaruv modeli o‘z ichiga aksiyadorlarning umumiy yig‘ilish, Kuzatuv kengashi va Ijroiya organing boshqaruvni oladi, Bu modeldan Fransiyadagi 20 % korporatsiyalarda hamda Belgiyada, Markaziy va Sharqiy Evropaning aksariyat mamlakatlarida ham foydalaniladi.

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling