Nazariya va amaliyotda korporativ boshqaruv
Korporativ boshqaruvning Yaponiya modeli
Download 1.79 Mb.
|
Маруза матн НАЗАРИЯ ВА АМАЛИЁТДА КБ 2021 (талаба учун)
2.3. Korporativ boshqaruvning Yaponiya modeli
Korporativ boshsaruvning Yaponiya modeli ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda moliya-sanoat guruhlari (keyretsu) negizida shakllangan, unga mamlakatning siyosiy-iqtisodiy shart-sharoitlari, madaniyati va an’analari ta’sir ko‘rsatgan bo‘lib, menejerlarning nazorati muammolarini kamaytirishga imkon beruvchi bank nazoratiga asoslangan tulik yopik tizimliligi bilan harakterlidir. Tarqoq model misolida YAponiya, Koreya modelini olish mumkin. Bu modelda biznesdagi muvaffaqiyatsizlik inson obro‘siga eng kuchli zarba bo‘lib, uning keyingi taqdirini belgilab bepadi, deb hisoblaydilar. YAponiya modeli urushdan keyingi davr modeli bo‘lib, dastlab o‘z oldiga milliy iqtisodiyoti va siyosatini tiklashni maqsad qilib qo‘ygan. YAponiya usulini yaratish uchun, avvalo, Amerika modelini tatbiq etib ko‘rib, uni kamchiliklarini to‘ldirishga harakat qildilar. Bunga “umrbod yollanish”, “kollektiv yondashuv”ni misol qilish mumkin. Amerika va Germaniya modelida asosiy maqsad maksimal darajada foyda olish bo‘lsa, Yaponiya modelida asosiy maqsad mehnat resurslaridan unumli foydalangan holda kompaniya samaradorligini oshirish hisoblanadi. YAponiya modelida aksiya paketlari katta bank yoki yirik aksionerlar qo‘lida bo‘ladi. Korporatsiya aksiyalarining asosiy egalari insayderlar hisoblanadilar. Bu modelda ham hukumat biznesga katta ta’sir ko‘rsatadi. U boshqaruvchi sifatida emas, yo‘naltiruvchi sifatida chiqadi. Yaponiya modeliga ko‘ra, Direktorlar kengashining a’zolari eski rahbar yoki boshqaruv organlari vakillaridir. Korporatsiyaning boshqaruv organi prezidentlar kengashi hisoblanadi. Bu model banklar nazoratiga asoslanadi. Banklar yirik aksiyadorlar va moliyaviy ta’minotchi vazifasini o‘taydi, o‘z faoliyatini prezident va direktorlar kengashi orqali olib boradi. YAponiyaning 16 % korporatsiyalarida 1-o‘rinda yirik aksioner bank hisoblanadi. Biznesning asosiy birligi o‘zaro aloqador bo‘lgan kompaniyalar guruhidir. Bu modelda shaxs etikasiga foyda keltiruvchi omil sifatida qaraladi. Germaniya kabi bu modelda ham uzoq muddatli investitsiyalash amalga oshiriladi. Bu modellarining asosiy kamchiligi raqobatni cheklashi hisoblanadi. YAponiya modelida uni boshqa modellardan ajratib turuvchi jarayonni kuzatish mumkin. Bu jarayon shundai iboratki, unda kompaniya kelib tushayotgan daromaddan voz kechadi va yirik aksiyador kompaniyalarning birgalikda faoliyat olib borishi natijasida bundan ham ko‘proq daromad olishga erishadilar. Korporativ boshqaruvning yapon modeli koʻp tomonlamali hisoblanadi va asosiy (etakchi) bank va moliya-sanoat guruhi (tarmogi) yoki keyretsu atrofida shakllanadi. “Asosiy bank va keyretsu - bu ikkita turli, lekin, bir-birini tuldiruvchi yapon modeli elementi hisoblanadi. Amalda barcha yapon korporatsiyalari oʻzining asosiy banklari bilan uzviy munosabatlarga ega. Bank oʻzining korporativ mijozlariga kreditlar taqdim etadi, obligatsiyalar, aksiyalar emissiyasi boʻyicha hamda hisob rakamlarini yuritish va konsalting xizmatlarini ko‘rsatish boʻyicha xizmatlarini taqdim etadi”. Ushbu modelga “keyretsu”ga kiruvchi kompaniyalar tomonidan aksiyalarga egalik qiluvchi yirik va oʻrta aksiyadorlar qo‘lida mulkning katta qismi jamgarilishi xosdir. Aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining 70 foizi moliyaviy institutlarga tegishli bo‘lib, biroq jamiyat faoliyati monitoringi, nafaqat, ularning aksiyadorlari, balki yirik kreditori hisoblangan bosh bank orqali ham amalga oshiriladi. Odatda, keyretsu moliya-sanoat guruhining barcha kompaniyalarini moliyalashtirishni ta’minlay oluvchi biror-bir yirik bank atrofida tashkil etiladi. Yapon korporatsiyalarining direktorlar kengashi tarkibi oʻrtacha 50 ta a’zodan iborat bo‘ladi. Agarda korporatsiya foydasi muayyan vaqt oraligʻida kamayadigan bo‘lsa, asosiy bank va keyretsu a’zolari direktorlarni ishdan olishi va o‘zining nomzodlarini tayinlashi mumkin. Yaponiya davlati uchun xos yana boshqa odat - bu turli vazirlik va idoralarning nafakaga chikkan rahbarlarini korporatsiyaning direktorlar kengashi tarkibiga kiritilishidir. Masalan, YAponiya Moliya vazirligi nafakaga chikkan rahbarni bankning direktorlar kengashiga a’zo etib tayinlashi mumkin. Yapon modelida direktorlar kengashi tarkibi korporatsiyaning moliyaviy xolatiga bogʻliq. Mamlakatdagi sunggi yillardagi qonunchilikdagi o‘zgarishlar okibatida korporativ boshqaruvning yapon modeli samarali rivojlanishga salbiy ta’sir ko‘rsata boshladi. Sababi, mamlakatda xorijiy institutsional investorlarning koʻpayishi okibatida yapon kompaniyalari bozorga, aksiyadorlarga, kolaversa, anglo-amerikancha modelga koʻprok yunaltirila boshlandi. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling