Nazariya va amaliyotda korporativ boshqaruv


Download 1.79 Mb.
bet19/122
Sana24.12.2022
Hajmi1.79 Mb.
#1050671
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   122
Bog'liq
Маруза матн НАЗАРИЯ ВА АМАЛИЁТДА КБ 2021 (талаба учун)

Adolatlilik - boshqaruv qoidalari adolatli bo‘lib, xalol raqobatchilik sharoitida kompaniyaga muvaffakiyatli harakat qilishga. imkoniyat berishi va shu bilan birga barcha katnashchilarning, shu jumladan minoritar aksiyadorlarning ham huquqlarini ta’minlash lozim.
Ravshanlilik - kompaniyaga alokador barcha muhim axborotlarning, shu jumladan mulkchilik shakli, moliyaviy xolati, faoliyat natijalarini uz vaqtida va aniq oshkora kilinishini kerak.
Xissadorlik — barcha boshqaruv organlarining vazifalari va vakolatlarini aniq ajratib berishni, Ijroiya organining Kuzatuv kengashi va aksiyadorlarga hisob berish majburiyatini yuklaydi.
Javobgarlik - aksiyadorlar va boshqa manfaatdor shaxslar oldida ma’muriyatning va kompaniya faoliyatiga boglik qarorlarni qabul qiluvchi shaxslarning javobgarligi.
Aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv tizimi korporativ boshqaruv tamoyillarining amalga oshishini ta’minlashi zarur.
Jamiyatning ajralib turuvchi xususiyatlari - egalik qilish va boshqaruv funksiyalarining ajratilishi:

  • uz mulkini joriy boshqarishda shaxsan katnashishdan ixtiyoriy voz kechgan mulkdorlar (aksiyadorlar);

  • jamiyat mulkiga egalik kilmaydigan va begona mulkni boshqaradigan menejerlar;

  • mulkdorlar (aksiyadorlar) jamiyat mulkining emas, balki uz xissasining (aksiya, ulush) egasidir. Kompaniya mulkining egasi - huquqiy shaxs bulgan kompaniyaning oʻzidir.

Tomonlar manfaatlari bir - biriga to‘g‘ri kelmasligi va sezilarli darajada farqlanishi mumkin. Kanday kilib, kaysi usullar yordamida menejerlarning xokimiyatini cheklash va aksiyadorlarning manfaatini himoya qilish mumkin? SHu bilan birga, menejerlarni bugib tashlamaslik, ularning tashki sharoit o‘zgarishlariga befarq bo‘lmasligiga kanday kilib erishish mumkin? Aynan shu masalalar fakat korporativ boshqaruv tomonidan xal kilinishi mumkindir.




Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling