Nazariya va amaliyotda korporativ boshqaruv
Axborot oshkoraligi va shaffofligi
Download 1.79 Mb.
|
Маруза матн НАЗАРИЯ ВА АМАЛИЁТДА КБ 2021 (талаба учун)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
4.4. Axborot oshkoraligi va shaffofligi
Axborotlarni boshqaruvi - bu kompaniyaning ma’lum darajadagi qaror qabul qilish demakdir. Iqtisodiy asoslangan qaror qabul qilish tegishli axborotlardan samarali foydalanish bilan belgilanadi. Buyuk davlat arbobi Napoleon «Boshqarish - demak oldindan ko‘ra bilish, buning uchun esa kerakli axborotlarga ega bo‘lish lozim» 16-deb ta’kidlaydi. Jamiyat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda o‘zi to‘g‘risidagi axborotni oshkor qilishni amalga oshirishi shart. Aksiyalari fond birjasining birja kotirovkasi varag‘iga kiritilgan jamiyat fond birjasining rasmiy veb-saytida jamiyat ustavining matnini, shu jumladan unga doir o‘zgartish va qo‘shimchalarni, shuningdek oshkor etilishi majburiy bo‘lgan boshqa axborotni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda e’lon qilishi shart. Fond birjasi o‘zining rasmiy veb-saytida jamiyatning ushbu Qonunda nazarda tutilgan axborotni e’lon qilganligi uchun haq olishga haqli emas. Aksiyalari fond birjasining birja kotirovkasi varag‘iga kiritilgan jamiyat Korporativ axborotning yagona portalida va jamiyatning rasmiy veb-saytida boshqa yuridik shaxslarning 5 va undan ortiq foiz aksiyalariga (ulushlariga, paylariga) egalik qilishi to‘g‘risidagi axborotni e’lon qilishi shart. Bunda mazkur axborot aksiyalar (ulushlar, paylar) olingan paytdan e’tiboran 72 soat ichida e’lon qilinishi kerak. Fond birjasining rasmiy veb-saytida axborotning oshkor qilinganligi jamiyatni qonunda nazarda tutilgan hollarda davlat organlarining yozma so‘roviga ko‘ra axborot taqdim etish majburiyatidan ozod qilmaydi. Jamiyat o‘zi va affillangan shaxs o‘rtasida tuzilgan bitim haqidagi axborotni bitim tuzilgan paytdan e’tiboran 72 soat ichida Korporativ axborotning yagona portalida hamda jamiyatning rasmiy veb-saytida oshkor etishi shart.
Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling