Nazariya va amaliyotda korporativ boshqaruv
Korporativ boshqaruvning maqsadi va vazifalari
Download 1.79 Mb.
|
Маруза матн НАЗАРИЯ ВА АМАЛИЁТДА КБ 2021 (талаба учун)
1.2. Korporativ boshqaruvning maqsadi va vazifalari
Har bir mamlakatning farovonligi va iqtisodiy barqarorlik yuz berishi uchun albatta ichki va tashqi investisiyaga katta ahamiyat berishi lozim. Investitsiyani jalb qilishda esa korporativ boshqaruvning tutgan o‘rni beqiyosdir. Lekin koʻp davlatlar, ayniqsa, bozor iqtisodiyoti sharoitiga endigina moslashayotgan davlatlar korporativ boshqaruvni nafaqat aksiyadorlar kapitali bozorining yoki turli xil korporativ boshqaruv masalalarini yechish bilangina korporativ boshqaruv tizimi rivojlana olmaydi, uning rivoji uchun shunday institutlar tashkil etish kerakki, ular xususiy korporasiyalar rivoji uchun toʻla qonli xizmat qilishlari kerak. Umuman korporativ boshqaruv tizimining asosiy maqsadi boʻlib, quyidagilar hisoblanadi: iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasining samaradorligini ta'minlash; aksiyadorlik jamiyatlari faoligini ta'minlash; aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruvchi va boshqaruv organi xodimlari toʻgʻrisidagi ma'lumot va zarur hisobotlar toʻgʻrisida aksiyadorlar oldida hisobot berish; aksiyadorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish; iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasining samaradorligini ta'minlash; aksiyadorlik jamiyatlari faoligini ta'minlash; aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruvchi va boshqaruv organi xodimlari toʻgʻrisidagi ma'lumot va zarur hisobotlar toʻgʻrisida aksiyadorlar oldida hisobot berish; aksiyadorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish; aksiyadorlar guruhining barcha a’zolariga, hoh u minoritar yoki xorijiy aksiyador boʻlsin, teng ravishda munosabatlarni ta’minlash; korporativ boshqaruvdagi barcha a'zolarni huquqlarini qonunda belgilangan ravishda himoyalash ustidan nazorat olib borishni ta'minlash; boshqaruvning oʻz funksiyalarini samarali bajarayotganliklarini ta'minlash; korporativ boshqaruvning eng asosiy funksiyasi - kompaniyaga moliyaviy resurslarni jalb etgan aksiyadorlar manfaatlariga mos keluvchi kompaniya ishini ta'minlash. Korporativ boshqaruv tizimi yaxshi ishlashi va investitsiya oqimi koʻpayishi uchun quyidagi vazifalarni bajarish kerak: mahalliy va chet el investorlarini jalb qilish, ularni sarmoyalari xavfsiz va samarali joyda ekanligini, amalga oshirilayotgan faoliyat qonuniy ravishda olib borayotganligini ishontirish; raqobatbardosh va samarali faoliyat olib boruvchi korxona va kompaniyalarni tashkil etish; cheklangan resurslardan foydalanish samaradorligini ta'minlashda koʻmak berish va boshqalar. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling