Daromadlar –xarajatlar = foyda (zarar).
Moliyaviy natijalarni aniqlash tartibini talabaga tushuntirish uchun, bizning nazarimizda, «Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot»da aks ettiriluvchi ko‘rsatkichlarning shakllanish tartibini ko‘rib chiqish kerak.
«Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot» shaklida xarajatlarni aks ettiruvchi dastlabki ko‘rsatkich bu sotilgan mahsulotlar (tovarlar, ko‘rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlar) tannarxi bo‘lib, bu ko‘rsatkich sotilgan mahsulotlar (tovalar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlar) uchun ishlab chiqaruvchi tomonidan qilingan xarajatlarni anglatadi.
Mahsulot sotishdan olingan yalpi tushum summasidan sotilgan mahsulot tannarxi summasini chegirib yuborilsa, mahsulot sotishdan yalpi foyda (zarar) ko‘rsatkichi kelib mahsulotini uni ishlab chiqarish uchun ketgan xarajatlarga nisbatan qimmatroq narxda sotishi kerak bo‘ladi. Olingan yalpi foyda hisobiga korxonaning operatsion xarajatlari ham qoplanishi ko‘zda tutilishi kerak. SHuni inobatga olgan holda hisobotda asosiy faoliyatdan foydani aniqlash uchun mahsulot sotishdan yalpi tushum summasidan operatsion xarajatlar chegirib yuboriladi. Operatsion xarajatlar tarkibiga mahsulotni sotish bilan bog‘liq xarajatlar, ma’muriy va boshqa operatsion xarajatlar kiritiladi.
Nazorat savollari
Moliyaviy resurslar qanday asosiy elementlarga ega?
Korxonani moliyalashtirish usullarini tushuntiring.
Kapital tushunchasiga ta’rif bering.
Aktiv kapitalda nima aks ettadi?
Passiv kapital qanday manba hisobliadai
Daromadlar qanday hosil bo‘ladi?
Xarajatlar qanday shakllanadi va ularni qanday kamaytirish yo‘llarini bilasiz?
Foyda qanday shakllanadi?
Zararni qanday kamaytirish kamaytirish yo‘llarini bilasiz?
Qarz mablag‘lari deganda nimani tushunasiz?
Korxona faoliyatining moliyaviy natijalarini shakllanishini tushuntiring.
Moliyaviy resurslarning o‘sishiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |