Nazariya va amaliyotda korporativ boshqaruv


X IV BOB. KORPORATIV BOSHQARUVNING DAROMADLILIGI VA TAVAKKALCHILIGI


Download 1.79 Mb.
bet60/122
Sana24.12.2022
Hajmi1.79 Mb.
#1050671
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   122
Bog'liq
Маруза матн НАЗАРИЯ ВА АМАЛИЁТДА КБ 2021 (талаба учун)

X IV BOB. KORPORATIV BOSHQARUVNING DAROMADLILIGI VA TAVAKKALCHILIGI
14.1. Korporativ boshqaruvning daromadliligi va
tavakkalchiligi

Biz rus lug’atida qabul qilingan «Risk» - so’zini «tavakkalchilik» deb tarjima qildik. Bu terminga yana ekvivalent o’zbek tilida «qaltislik» va «risk»ning o’zini ishlatish kerak degan fikrlar bor. Chunki «Tavakkalchilik» so’zi «Risk»ni to’la mazmunini o’zbek tilida ifodalay olmaydi. Kelajak o’zbek tilida qaysi so’zni tanlashni ko’rsatib berar. «Vaziyat» tushunchasi u yoki bu faoliyat uchun imkoniyat yaratuvchi turli holat va shart-sharoitlar jamlamasining birikuvi deb tarif berish mumkin. Bunday holda vaziyat mazkur faoliyatini amalga oshirish uchun imkoniyat yaratish yoki unga to’sqinlik qilishi mumkin.


Shuni qayd etish lozim-ki, tavakkalchilik vaziyati sifat jihatdan noaniqlik (mavhumlik) vaziyatidan keskin farq qiladi.
Noaniqlik vaziyati-amalda o’rnatish imkoni bo’lmagan hodisa va qarorlar natijalarini hosil bo’lish ehtimoliyatidir. Shunday qilib, tavakkalchilik vaziyatini aniqlanishi mumkin bo’lgan va amalga oshuvchi hodisalar ehtimoliyatidagi noaniqliklar xilma-xilligi deb tarif berish mumkin. Ya’ni bu holda taxminan sheriklarning ishlab chiqarishdagi hamkorligidagi faoliyati, raqiblarni qarshi harakati, iqtisodiyot taraqqiyotiga tabiiy muhitning ta’siri, ishlab chiqarishga ilmiy texnik yutuqlarni joriy etish natijasida paydo bo’luvchi hodisalar ehtimolini obyektiv baholash imkoniyati mavjud bo’ladi.
Tavakkalchiliik vaziyatlardan «chiqish uchun», subyekt tanlov o’tkazadi va uni amalga oshirishga harakat qiladi. Tavakkalchilik tushunchasini anglash aynan shu jarayonda o’z ifodasini topadi. Subyektning faoliyat rejasi esa bu jarayon tavakkalchilik tushunchasini anglashda o’z ifodasini topadi. Amalga oshirishga harakat qilish uchun qaror tanlovi bosqichida bo’lganidek, amalga oshirish bosqichida ham mavjud bo’ladi.
Bu va boshqa hollarda tavakkalchilik aniq ziddiyatlarni noaniq vaziyatda rivojidagi qarama-qarshi intilishlari orqali amaliy yechimini topish usuli bilan subyekt tomonidan noaniqliklarni olish modelini ifodalaydi. Tavakkalchilik-bu omadsizlik holatida vaqtincha tanlovga qadar bo’lgan holdan ham yomon vaziyatda bo’lish imkoniyati mavjud bo’lganida tanlov sharoitida amalga oshiriluvchi faoliyat (hatti-harakat)dir. Bu tarifda omadsizlik xavf-xatar holati bilan bir qatorda, alternativlik (muqobillik) kabi xislat ham ishtirok etadi.

Tavakkalchilik(risk) iqtisodiy kategoriya sifatida ma’lum funksiyalarini bajaradi va bu uning mazmun-mohiyatini yanada oydinlashtiradi.(2.2.1-rasm)


Risk funksiyalari ko‘rib chiqilayotgan paytda shuni esda saqlash lozimki, risk o‘z mohiyatiga ko‘ra, nafaqat zarar keltirishi mumkin, balki iqtisodiyotni rag‘batlantiruvchi xususiyatga ham egadir. Lekin, asossiz yuqori riskka borish, xuddi riskdan butanlay voz kechilishi kabi zarardir. YUqoridagilarni mujassamlashtiradigan bo‘lsak, risk qilishdan oldin uni iloji boricha o‘rganib, baholash va boshqarishga intilish lozim. Uni boshqarishda esa albatta risk tamoyillarini (o‘z kapitali imkoniyatlaridan ortiq riskka bormaslik, risk oqibatlarini har doim hisobga olish zarur, kam miqdordagi foyda uchun ko‘p miqdordagi mablag‘lar bilan risk qilish kerak emas) hisobga olish kerak.


Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling