Nazariya va amaliyotda korporativ boshqaruv
Joriy likvidli aktivlar < Zarar miqdori Xususiy kapital
Download 1.79 Mb.
|
Маруза матн НАЗАРИЯ ВА АМАЛИЁТДА КБ 2021 (талаба учун)
Joriy likvidli aktivlar < Zarar miqdori Xususiy kapital
Ko‘rilgan zarar miqdori korxonaning xususiy kapitalidan ortib ketganda (Zarar miqdori > Xususiy kapital) korxona to‘lovga qobilligini yo‘qotadi va so‘zsiz bankrot deb e’lon qilinadi. Riskni baholashda koeffitsientlardan foydalanish mumkin. Sof foydaga, joriy likvidli mablag‘lar va xususiy kapitalga nisbatan risk koeffitsientlarini hisoblash mumkin: . bu erda, Ksf, Kjlm, Kxk – sof foyda, joriy likvidli mablag‘lar va xususiy kapitalga nisbatan risk koeffitsientlari; ZM – ko‘rilgan zarar miqdori, so‘m; SF – korxonaning sof foydasi, so‘m; JLM – korxonaning joriy likvidli mablag‘lari, so‘m; XK – korxonaning xususiy kapitali, so‘m. Risk koeffitsientlarini hisoblashda quyidagi holatlarga e’tiborni qaratish kerak. Agar sof foydaga nisbatan hisoblangan risk koeffitsient birdan ortib ketsa, ko‘rilgan zarar yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan darajadan ortib, jiddiy zarar tug‘diradigan riskka aylanganini bildiradi va zarar miqdorini korxonaning joriy likvidli mablag‘lariga nisbatan solishtirish zarurati tug‘iladi. Joriy likvidli mablag‘larga nisbatan hisoblangan risk koeffitsient birdan ortib ketganda esa, risk darajasi korxona uchun o‘ta xavfli ekanligidan darak beradi va zarar miqdorini xususiy kapital bilan solishtirish zarurati tug‘iladi. Har uchala formulada ham risk koeffitsientlari birdan kichik yoki teng (Kt 1) bo‘lsagina hisoblanayotgan risk mezoniga mos keladi. Korxona qancha katta kapitalga egalik qilsa, ishlab chiqarish samaradorligi, rentabellik darajasi va joriy aktivlar likvidligi yuqori bo‘lsa, uning riskka ta’siri shuncha kam bo‘ladi. Riskni baholash har bir shaxsning aql-idrokiga bog‘liq. Konservativ toifadagi shaxslar, odatda, yangiliklarga ko‘p intilmasdan, mumkin bo‘lgan har qanday riskdan qochishga harakat qiladilar. Boshqa toifadagi shaxslar esa, agar risk me’yor darajasida bo‘lib, uni baholash va oldini olish yoki oqibatlarini pasaytirish mumkin bo‘lsa, tavakkal qilish yo‘lini tanlaydilar. Ko‘pchilik mutaxassislar fikriga ko‘ra, riskka bormasdan biznesda muvaffaqiyatga erishib bo‘lmaydi. Riskni boshqarishning asosiy prinsiplari sharoitida hamda u bilan bog‘liq moliyaviy, ma’naviy boshqa yo‘qotishlarda ma’lum bir mexanizm yordamida talab paydo boʻladi, uning natijasida kompaniya erishishi mumkin bo‘lgan maksadi nuktai nazaridan eng qulay imkoniyatdagi usulda xjalik qarorlarini qabul qilish va amalga oshirish uchun risk xavf-xatarini hisobga oladi. Bu mexanizm riskni boshqarish deyiladi. Riskni boshqarish bu kandaydir darajada tavakkal vaziyatlar sodir boʻlishi imkoniyatini bashorat qiluvchi hamda ularning salbiy oqibatlarini bartaraf etish imkonini beruvchi tadbirlar, usullar va uslublar jamlamasi deb tarif beriladi. Riskni boshqarish bir tizim sifatida 2 kichik tizimdan tashkil topadi. Unga boshqariluvchi kuyitizim (boshqaruv obyekti) va boshqaruvchi kuyitizim (boshqaruv subyekti) kiradi. Riskni boshqarish iqtisodiy faoliyatda maxsus soha bo‘lib, u xo‘jalik faoliyatining iqtisodiy tahlili, psixologiya, sug‘urta ishlari, kengash qarorlarini optimallashtirish sohasida chuqur bilim talab qiladi. Bu sohada korxona egasi (lari)ning asosiy vazifasi - loyiha qanchalik daromadli bo‘lsa, uni amalga oshirishda risk darajasi shunchalik yuqori bo‘lishidan kelib chiqib, mazkur loyiha uchun daromad va riskning birikuvini optimal darajada ta’minlovchi xarakat variantini topishdan iborat bo‘ladi. Bu erda shuni qayd etish lozimki, ijtimoiy jarayonning ajralmas bulagi bo‘lgan riskning mavjudligi, shuningdek, bu sohada qo‘llanilayotgan boshqaruvga ta’sir vositalari shunga olib kelmoqdaki, riskni boshqarish qator hollarda maxsus mustaqil kasbiy faoliyat sifatida namoyon bo‘lmoqda. Bu turdagi faoliyatni ixtisoslashgan institutlar mutaxassislari, sug‘urta kompaniyalari, shuningdek, moliyaviy, risk bo‘yicha menjerlar sug‘urta mutaxassislari amalga oshiriladi. Risk bo‘yicha mutaxassislarning bosh vazifasiga: kuchaygan risk sohalarini aniqlash; risk darajalarini baholash; tashkilot (firma) uchun mos keluvchi risk darajasini taxlil qilish; zarur vaziyatlarda risk darajasini pasaytirish yoki undan himoyalanish tadbirlarini ishlab chiqish; riskli xodisa sodir bo‘lganida undan ko‘rilgan zararni maksimal darajada qoplash bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish kabilar kiradi. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling