Nazariya va amaliyotda korporativ boshqaruv


Korporativ boshqaruvning oilaviy modeli


Download 1.79 Mb.
bet13/122
Sana24.12.2022
Hajmi1.79 Mb.
#1050671
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   122
Bog'liq
Маруза матн НАЗАРИЯ ВА АМАЛИЁТДА КБ 2021 (талаба учун)

2.5. Korporativ boshqaruvning oilaviy modeli
Korporativ boshqaruvning oilaviy modeli dunyoning barcha davlatlarida (asosan, Osiyo va Lotin Amerikasi mamlakatlari, Kanada, Shvetsiya, Italiya va Fransiyada) keng tar.alganligi bilan ajralib turadi. Bunda korporasiyani boshqarish bir oila a'zolari tomonidan amalga oshiriladi. Korporatsiya kapitali oilaviy kanallar boʻyicha jamlanadi va taqsimlanadi hamda korporatsiya biznesi va moliyaviy resurlari harakati ustidan nazorat toʻligʻicha oilaga tegishli hisoblanadi. Masalan, Shvetsiyada Valenberglar, Italiyada Anelli, Kanadada Bronfmanlar, Tayvanda Li Kay Shi dinastiyasi bunga misol boʻla oladi.
Agar aksiyadorlik jamiyatining barcha aksiyalari bir ovoz beruvchiga tegishli boʻlsa, u holda oilaga tegishli aksiyalar qoʻshimcha afzalliklar taqdim etadi. Masalan, direktorlar kengashi a'zolarini tanlashda istisno tariqasidagi huquqlar. Bunday instrument aksiyadorlik jamiyati faoliyatini yirik aksiyalar paketiga ega boʻlmagan holda ham nazorat qilish imkonini beradi.
Ayrim tadqiqotchilarning fikrlariga koʻra, oilaviy kompaniyalar kapitalni jamlashning eskirgan usuli sifatida oʻzini namoyon etadi va biznesni yuritishning samarali shakli hisoblanmaydi. Biroq ma'lumotlar guvohlik berishicha, sanoati rivojlangan mamlakatlarda YaIMning 45 %dan 75 %gacha qismi aynan oilaviy kompaniyalar hissasiga toʻgʻri keladi. Bundan tashqari, oilaviy kompaniyalar koʻp sonli mulkdorlari boʻlgan kompaniyalar bilan solishtirganda birmuncha uzoq vaqt faoliyat koʻrsatadi.


2.6. Zamonaviy xorijiy modellarning taqqoslama tahlili
Jahon amaliyotida korporativ boshqaruvning zamonaviy xorijiy toʻrt modellarning amaliyotdagi tajribasi oʻziga xos xususiyatlarini namoyon etishi va ularning amal qilish mexanizmi bilan bir-biridan farqlanadi. Olib borilgan tadqiqotlar asosida ushbu modellarning qoʻllanilishidagi afzalliklari va kamchiliklari boʻyicha solishtirma tahlillar amalga oshirilgan.
Aksiyadorlik jamiyatlarigagina xos bo‘lgan korporativ boshqaruvning birorta modeli boshqalari oldida ajralib turuvchi ustuvorliklarga ega emas, qolaversa, hech birini universallikka ega deb ham bo‘lmaydi. Quyidagi jadvalda ushbu xorijiy modellarning taqqoslama tahlili ko‘rsatib o‘tilgan. (2.5.1-jadval)
Oxirgi o‘n yillikdagi vaziyat jahondagi barcha etakchi davlatlar uchun korporativ boshqaruvning turli xil tizimlari qorishib borishining o‘ziga xos ekanligini namoyon etdi. Shuning bilan birga aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvning samarali tashkil etilishi, nafaqat, ular faoliyatining rivojlanishiga, balki pul oqimlari hajmi va harakatini yanada ko‘paytirish, investitsiya loyihasiga kiritiladigan kapital qiymatini pasaytirish orqali qo‘shimcha qiymat o‘sishini ta’minlash bilan birga, milliy iqtisodiyotning rivojlanishi, xalqaro integratsiyasi va raqobatbardoshligini oshirishga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling