Nazorat savollari Marketing axboroti tizimini tuzilishi qanday? 2


Tovar bozorlarini har tomonlama tartiblashtirish bo’yicha xalqaro


Download 56.17 Kb.
bet5/9
Sana14.09.2023
Hajmi56.17 Kb.
#1677780
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Nazorat savollari Marketing axboroti tizimini tuzilishi qanday -fayllar.org

Tovar bozorlarini har tomonlama tartiblashtirish bo’yicha xalqaro 

tashkilotlar. Ular faoliyatining asosiy maqsadlari quyidagilar: 
 xalqaro savdo, shuningdek, konkret tovarning ishlab chiqarilishi va 
iste'moli bilan bog’liq muammolarning qo’yilishi va tahlil;
 mazkur tovar bozorining jahon kon'yunkturasini o’rganish, bozordagi 
ahvol haqida uning qatnashchilarini muntazam xabardor kilib turish;
 statistika ma'lumotlarini to’plash, chop etish va bozorning iqtisodiy 
tahlilini tayyorlash;
 mazkur tovar bilan savdo qilish muammolari bo’yicha ko’p tomonlama 
maslahatlar berilishini tashkil qilish;
 xom ashyoni ishlab chiqaruvchi mamlakatlarda ishlab chiqarishni 
kengaytirish va eksport imkoniyatlarini mustahkamlash bo’iicha chora-tadbirlarni
ishlab chiqish, ularga mos keladigan infrastrukturani rivojlantirish, xom ashyoni
qayta ishlash, marketingi va taqsimlanishida ishlab chiqaruvchi mamlakatlarning
qatnashishining kengayishiga ko’maklashish, atrof-muhitni muhofazalashni 
yaxshilash, aniq xom ashyo tovarining iqtisodiyotini rivojlantarish loyihalarining
tahlili va xom ashyoni ishlab chiqaruvchi mamlakatlar hukumati tomonidan 
tavsiyalarni ishlab chiqish.
Paxta bo’yicha Xalqaro maslahat beruvchi qo’mita (PXMq, International 
Cotton Advisory Committee, ISAS) - bu paxtani ishlab chiqarish, xalqaro savdo va
iste'mol sohasida hamkorlikda manfaatdor bo’lgan mamlakatlarni birlashtiruvchi 
hukumatlararo tashkilot. PXMq 1939 yilda AQSh tashabbusi bilan paxta bo’yicha
133

с
xalqaro konferentsiyada tashkil etilgan edi. 


PXMQning asosiy funktsiyalari quyidagilar:
 jahon paxta bozori holatini nazorat qilish va uning rivojlanishiga ta'sir 
etuvchi omillarni o’rganish;
 paxtaning jahon bo’yicha ishlab chiqarilishi, xalqaro savdosi, iste'moli, 
zaxiralari va narxlari haqida statistik va boshqa axborotni to’plash va tarqatish,
shuningdek, boshqa tekstil to’qimalar va matolar bo’iicha axborotlar, chunki ular 
paxta bozorining rivojlanishiga ta'sir ko’rsatadi;
 jahon paxta bozorida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga yo’naltirilgan 
aniq tadbirlarni o’tkazish bo’yicha PXMga a'zo bo’lgan mamlakatlarga tavsiyalar
berish;
 doimiy qo’mita va uning har yillik sessiyalarida paxtaning narxlari
masalalari bo’yicha muhokamalarni tashkil etish va o’tkazish. 
G’arbiy marketing amaliyotidan ma'lumki, ba'zi hollarda firmalar "sanoat
shpionaji" usullariga murojaat qiladilar. Bunda tijorat qimmatlikka ega bo’lgan 
axborotni uning egalari - firmalar, jamoat tashkilotlari, davlat muassasalariga
bildirmasdan, yashirin va ular xohishiga zid holda oladilar. Ko’pincha manfaatdor 
firmalarning diqqat-e'tibori texnologiyalar: chizmalar, formulalar, nusxalar,
dasturlar, g’oyalarga qaratiladi; kamdan-kam holda - moliyaviy hujjatlar: 
schyotlar, smeta, shartnomalar, rejalarga e'tibor beriladi.

Download 56.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling