Nazorat savollari Marketing axboroti tizimini tuzilishi qanday? 2


Hisobotni tuzishga tayyorgarlik ko‘rish


Download 56.17 Kb.
bet7/9
Sana14.09.2023
Hajmi56.17 Kb.
#1677780
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Nazorat savollari Marketing axboroti tizimini tuzilishi qanday -fayllar.org

Hisobotni tuzishga tayyorgarlik ko‘rish
Yillik va choraklik buxgalteriya hisobotlarini 0 ‘zbekiston
Respublikasidagi qonunga asosan huquqiy shaxs hisoblangan
korxonalar (investitsiyalari bilan ishlovchi korxonadan tash­
qari) mulkchilik shaklidan qat’iy nazar tegishli tashkilotlarga
topshirishlari lozim.
Chet el investitsiyalari korxonasidan tashqari barcha kor­
xonalar chorak hisobotlarini kelgusi hisobot oyining 25 kuni-
dan, yillik hisobotni esa keyingi hisobot yili 15-fevralidan
kechiktirmay topshirishlari lozim.
Chet el investitsiyalari bilan ishlaydigan korxonalar esa
yillik hisobotni kelgusi hisobot yili 15-martidan kechiktirmay
topshirishlari lozim.
Yillik buxgalteriya hisobotiga 15-20 varaqdan ko‘p bo‘l-
magan tushuntirish xati ilova qiUnadi. Bu tushuntirish xati-
da korxona faoliyati so‘nggi natijasiga ta’sir etgan asosiy 

omillar, koixona, buxgalter yillik hisoboti natijalari bo‘yicha


qarorlar va sof foyda taqsimlanishi, buxgalteriya hujjatlari-
ni tekshirish haqida auditor xulosasi ko‘rsatib o ‘tiladi. Agar
yil boshiga boshlang‘ich balans o‘zgartirilgan bo‘lsa, u hol­
da tushuntirish xatida o‘zgartirish sabablari ko‘rsatib o‘tiladi.
Shuningdek, unda hisobot yilidagidan boshqacha hisob siyo-
satini qo‘llashga qaror qilingan bo‘Isa, u haqida ham ma’lu­
mot beriladi.
Buxgalteriya hisoboti shakllarida hamma ko‘rsatib o‘til-
gan ko‘rsatkichlar aks ettiriladi. U yoki bu modda (qator)
to‘ldirilmagan holda, agar ular korxonada tegishli aktivlar,
passivlar, jarayonlar yo‘q bo‘lmagan, ishlatilmagan bo‘lsa,
tegishli qatorga chizib qo‘yiladi.
Shakllar manzil qismi quyidagi tartibda to‘ldiriladi:
Rekvizit «Korxona — korxona to‘liq nomi (ko‘rsatiladi
tasdiqlangan hujjatlar asosida), (o‘matilgan tartibda ro‘y-
xatdan o‘tkazilib, tasdiqlangan hujjatlar asosida) va uni kodi
korxona va tashkilotlar umumittifoq guruhlashishiga (klassi-
fikator) asosan ko‘rsatiladi (OKPO).
Rekvizit. Tarmoq (faohyat turi) — tarmoq (ft) va uni
kodi umumittifoq, xalq xo‘jaligi tarmoqlar, guruhlashishiga
(OKONX) ko‘rsatiladi.
Rekvizit. «Davlat mulkchiligining boshqaruvchi tashkilot»
— bunda davlat yoki munitsipal korxona tarkibiga kiruvchi
tashkilot nomi (agar bor bo‘lsa) va buxgalteriya hisoboti top-
shirilayotgan tashkilot ko‘rsatiladi.
Rekvizit «Nazorat summasi» — korxonalar tomonidan
to‘ldirilmaydi.
Chorakhk va yillik hisobotlami tuzishda investorlar, kredi­
torlar, aksiyadorlar, soliq inspeksiyalari, ta’sischilar, banklar,
boshqaruvchi korxona va davlat qiziqishini hisobga olishi,
xalqaro standartlar va 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti-
ning amal qilayotgan ko‘rsatmalariga, 0 ‘zbekiston Respub-
likasi Moliya Vazirligining 1996-dagi « 0 ‘zbekiston Respub­

likasida buxgalteriya hisobi haqida» gi 0 ‘zbekiston Respub­


likasi Qonuni, 0 ‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi,
shuningdek, buxgalteriya hisob-kitoblar, hisoblar va hisobot-
lar masalasiga tegishli ko‘rsatmalar va Prezident qonunlari
talabiga javob berishiga e’tibor berish lozim.
Korxona ichki bo‘limlari faoliyati hisobot shakllari
ko‘rsatkichlarida ko‘rsatilishi lozim. Buxgalteriya hisobotini
tuzishda hisob vaqti bo‘lib, hisobot davri so‘nggi kalendar
kuni hisoblanadi. Yangi tuzilgan korxona hisobotda mablag‘
va ular manbalarini (sotib ohsh, olish qiymatida) o‘matilgan
tartibda ular ro'yxatdan o‘tgan oy 1- kunidan, hisobot yili
31-dekabriga 1- davrga tuzadilar. Hisobot yili 1-oktabridan
keyin tuzilgan korxona esa 31-dekabrgacha bo‘lgan davrga
hisobot tuzishdan ozod qilingan, ammo bu ko‘rsatilgan tartib
yo‘qotilgan (boshqatdan tashkil qilingan) korxonalar asosida
tuzilgan korxonalarga tegishli emas.
Korxona balans moddalari aktiv va passivlari o ‘tkazilgan
inventarizatsiyaga asoslangan bo‘lishi lozim. Bunda yillik hi­
sobotni tegishli organlarga topshirguncha doimiy amalda ish-
lovchi inventarizatsiya komissiyasi inventarizatsiya natijasida
boyliklar haqiqiy holati bilan buxgalteriya hisobi ma’lumot­
lari farqini tartibga solishi lozim. Shuningdek, tekshirish da-
lolatnomalari yoki o ‘zaro hisob-kitoblar qoldig‘ini tasdiqlash
xatlari bilan rasmiylashtiriladigan debitorUk va kreditorlik
qarzlari ham inventarizatsiya qilinishi lozim.
0 ‘tkazilgan inventarizatsiyalar soni va natijalari, shuning­
dek, agar o‘tkazilmagan bo‘lsa, sabablari yillik hisobotga ilova
qilinadigan tushuntirish xatida ko‘rsatib o‘tilishi kerak.
Balansdagi moliyaviy, soliq tashkilotlari, bank muassasa-
lari bilan hisob-kitob bo'yicha moddalar summalari, ular
bilan kelishilgan bo‘lishi lozim. Shu hisob-kitob bo‘yicha
balansda tartibga solinmagan summalarga yo‘l qo'yilmaydi.
Korxona balansida hisobot ma’lumotlari bilan oldingi yil te­
gishli davri ma’lumotlarini hisob siyosatidagi o‘zgarishlami 

(agar ular ro‘y bergan bo‘lsa) hisobga olgan holda sohshtirish


ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Buxgalteriya hisoboti va balansida hech qanday tuzatish-
lar, xatoliklar bo‘lmasligi kerak. Xatolar tuzatilgan holda, hi­
sobot va balansga imzo chekkan shaxs, tuzatilgan muddatni
ko‘rsatib, tegishli so‘zlami yozadi.
Hisobot ma’lumotlarining joriy yilda shuningdek o‘tgan
yillar(ular tasdiqlangandan so‘ng)da xatoliklar aniqlansa, hi­
sobotda tuzatiladi, tuzatishlar hisobot davri ma’lumotlariga
ham kiritiladi (choraklik, yil boshidan).
Yillik buxgalteriya hisobotini tekshirish davomida daro-
madlami yashirish yoki moliyaviy natijani muomala xara-
jatlarga tegishli bo‘lmagan xarajatlami unga qo‘shish yo‘li
kamayishi aniqlansa, oldingi yil buxgalteriya hisobi va hiso-
botida tuzatish kiritilmaydi, balki qaysi tegishli hisobvaraqa-
da aniqlangan bo‘lsa, shu hisobvaraqa bilan korrespondensi-
yalanib, joriy yildan o‘tgan yil foydasi sifatida aks ettiriladi.
Hisobot ma’lumotlarini ko‘rsatib o‘tilgan tuzatish tartibi,
korxona va boshqa tashkilot tekshirish va inventarizatsiya
natijasida aniqlangan xatoliklami tuzatishda qo‘llaniladi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, yillik hisobotni tuzishdan ol-
din tayyorgarlik ishlari ko‘riladi va hisobot ma’lumotlarining
to‘g‘riligini ta’minlash maqsadida korxonada inventarizatsi­
ya o'tkaziladi. Unda mavjud tovar-moddiy boyliklari deb va
kredit qarzlari va boshqa hisob-kitoblar birma-bir olchab,
sanab, tekshirib va solishtirilib chiqiladi. Inventarizatsiya
natijasida aniqlangan joriy hisob ko‘rsatkichlaridagi xato­
lar 10 kun mobaynida tegishU buxgalteriya yozuvlari orqali
haqiqatda aniqlangan ma’lumotlarga moslanib to‘g‘rilanishi
lozim. Yillik hisobot tuzishdan oldin BHMS «Inventarizatsi­
ya» 19-sonida keltirilgan tartib va muddatlarda inventarizat­
siya o‘tkaziladi. Masalan, asosiy vosita bir yilda kamida bir
marta (hisobot yilining 1-noyabriga qadar) tovar, material va
boshqa moddiy boyliklar bir yilda kamida bir marta (hisobot 

yilining 1-oktabriga qadar) inventarizatsiya qiUnishi zarur.


Davlatimiz mustaqilhkka erishganidan so‘ng, hamma so-
halarda o'zgarishlar ro‘y bermoqda. Iqtisodiyotdagi o‘zga-
rishlar, uning asosini tashkil etuvchi korxonalarda ham o‘z
aksini topmoqda. Korxonalarga berilayotgan mustaqillik,
ular mulkini saqlashni ta’minlash maqsadida, korxonalarga
yil davomida inventarizatsiya o'tkazish soni va muddatlarini
belgilash huquqi berilgan.
Inventarizatsiya natijasida aniqlangan kamomad 5910
«Kamomadlar va boyliklaming buzilishi natijasidagi yo‘qo-
tishlar» hisobvaraqda ohb boriladi. Kamomad tekshirilib ta­
biiy kamayish me’yorida bo‘Isa, korxona xarajatlariga, ya’ni
9430 «Boshqa operatsion xarajatlar» hisobvaraqda, agar mod­
diy javobgar shaxs aybi bilan bo'lsa, 4730 «Moddiy zararlami
qoplash yuzasidan xodimlaming qarzi» hisobvarag'ida olib
boriladi va undirib oUnadi.
Agar kamomad va zarar jinoyat natijasida vujudga kel­
gan bo‘Isa, unda korxona rahbari ishni tegishli sud, tergov
organlariga yuborib, kamomad aniqlangandan keyin 5 kun
mobaynida fiiqarolik da’vosi e’lon qilinishi kerak. Agar ta­
biiy kamomad me’yoridan ortiqcha kamomadlar va moddiy
boyliklaming buzilishidan ko'rilgan zararlaming aybdorlari
aniqlanmasa, bu kamomad va zararlar korxona foydasi-
dan qoplanadi, bu holda kamomadlami hisobdan chiqa­
rish mehnat jamoalarida muhokama qiUnishi lozim. Bun­
day muhokama, kamomadlar oldini olish va javobgarlikni
oshirish imkonini beradi.
Inventarizatsiya natijasida ortiqcha tovar moddiy boy­
liklari, ayniqsa quyidagi buxgalteriya provodkasi aks ettiriladi:
Debet 1000, 2800, 0100, 2900, 5010 hisobvaraqlar;
Kredit 9390 hisobvaraq.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, hisob-kitoblar solishtirish da-
lolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Buxgalteriya hisob-ki-
tob summasini tasdiqlaydigan ko‘chirma va solishtirish da- 

lolatnomasini inventarizatsiya komissiyasiga topshiriladi. Hi-


sob-kitoblami solishtirish natijasida debetorlaming qarzlari
har xil sabablarga ko‘ra, to‘lanmasligi mumkin. Masalan,
qarzdor tashkilotlar tugatilgan yoki topilmagan, da’vogar-
lik muddati o‘tib ketgan bo‘lishi yoki debetor o‘z qarzini
to‘lashdan voz kechgan bo‘lishi mumkin. Bunday qarzdor-
Uklarga buxgalteriyada alohida ro‘yxat tuzilib, unda umidsiz-
lik (gumon qilayotgan) debetorlik qarzlar hamda o‘z vaqtida
undirib olinmagan debetorlik qarzlar barchasi uchun alohida
ro‘yxat tuzihb, unda har bir qarz oldiga ulaming vujudga
kelish sabablari hamda aybdor tashkilot va shaxslar nomlari
ko‘rsatiladi. Bu ro‘yxat ham inventarizatsiya komissiyasiga
topshiriladi. Inventarizatsiya komissiyasi tekshiruvidan ke­
yin da’vogarlik muddati o‘tib ketgan debitorlik qarzlari va
qarzdorlaming qobiliyatsizligi tufayli o‘z vaqtida undirib
olinmagan debetorlik qarzlar korxona rahbari yoki yuqori
tashkilotning buyrug‘i bilan hisobdan chiqariladi va korxona
foydasi hisobidan qoplanadi.
Qarzdorlaming to‘lash qobiliyatsizligi tufayli zararlar hi-
sobiga o‘tkazilgan qarz summalari butunlay bekor qilinmay,
qarzdorlami to‘lash qobiliyatini kuzatish maqsadida balans-
dan tashqari hisobvaraqda 5 yil davomida hisob olib boriladi.
Da’vogarlik muddati o‘tib ketgan kreditorlik qarzlari sum-
masi shu muddat o‘tib ketgan oydan keyingi oyning 10-kuni-
da kechiktirmasdan korxona daromadiga o‘tkaziladi. Qayd
etish muddatdan kechikib topshirilgan har kun uchun jarima
sifatida 0,05% miqdorda penya to‘lanadi.
Tekshirishda ro‘y beigan xo‘jahk jarayonlari tegishli hisob
registrlarida aks ettirilganUgiga ham ahamiyat berish lozim.
Barcha buxgalteriya hisobvaraqlari yilning oxirida yopiladi,
ya’ni debet va kredit aylanmalari va oy oxiriga qoldiq aniqla-
nadi. Ba’zi hisobvaraqlarning (tranzit hisobvaraqlarning) esa
qoldiqlari tegishli hisobvaraq, ya’ni 9910 «Yakuniy moliyaviy
natija» hisobvarag‘ining debet yoki kreditiga o‘tkaziladi. Ma- 

salan,
Debet 9910 hisobvarag‘i


Kredit 9100, 9400, 9600 hisobvaraqlar
Debet 9000, 9300, 9500 hisobvaraqlar
Kredit 9900 hisobvaraq
9910 «Yakuniy moliyaviy natija» hisobvarag‘ida aniq-
langan debet va kredit aylanmalar solishtirilib, qoldiq summa
aniqlanadi. Agar ushbu hisobvaraqda qoldiq summasi debet
tomonda bo‘lsa, zarar, kredit tomonda bo‘lsa, korxonaning
hisobot davrini foyda bilan yakunlaganini bildiradi.
«Yakuniy moliyaviy natija» hisobvarag‘ida aniqlangan
foyda yoki zarar 8710 «Hisobot davrining taqsimlanmagan
foydasi (qoplanmagan zarari)» hisobvarag‘iga o‘tkaziladi,
ya’ni:
Debet 8710 hisobvaraq Kredit 9910 hisobvaraq yoki Deb­
et 9910 hisobvaraq Kredit 8710 hisobvaraq.
Buxgalteriyadagi bunday yozuvlar yillik hisobotni tuzishga
tayyorgarlikni yakunlovchi bosqichi hisoblanadi.
Korxonalar (Xorijiy sarmoyali korxonadan tashqari) maj-
buriy tartibda quyidagi foydalanuvchilarga chorak va yillik
hisobotini topshiradi:
• ta’sis hujjatlariga binoan mulkdorlar (mulkni boshqa­
ruv bo'yicha vakolath organlar, ta’sischilar);
• davlat sohq inspeksiyasiga (bir nusxa);
• 0 ‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan
dorixona faoliyatini ayrim tomonlarini tekshirish va tegishli
hisobotni olish vazifalari yuklatilgan boshqa davlat organ-
lariga.

“ Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida” gi O^zbekiston



Download 56.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling