Nazorat savollari Marketing axboroti tizimini tuzilishi qanday? 2


-chizma. Marketing axborot tizimining modeli


Download 56.17 Kb.
bet2/9
Sana14.09.2023
Hajmi56.17 Kb.
#1677780
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Nazorat savollari Marketing axboroti tizimini tuzilishi qanday -fayllar.org

22-chizma. Marketing axborot tizimining modeli. 

Zamonaviy marketingning axborot tizimi quyidagi elementlarni o’z
ichiga oladi: 
1. Marketing faoliyatini shakllantirishda korxonaning ichki imkoniyatlaridan
samarali foydalanish. 
2. Korxonaning bozordagi marketing faoliyatining strategik va operativ
qarorlarini ishlab chiqish uchun tashki sharoitlarning rivojlanishi haqidagi axborot. 
3. O’ziga xos harakterdagi qo’shimcha ma'lumotlarni olish maqsadida
korxonada o’tkaziladigan maxsus marketing tadqiqotlari natijalari haqidagi 
axborot.
4. Marketing axborotiga ishlov berish tizimi (ma'lumotlarni yig’ish, ularni 
tahlil qilish va prognozlash uchun zamonaviy axborot texnologiyalaridan
foydalangan holda). 
MATning asosiy vazifasi marketing qarorlarini qabul qilishda noaniqlikni
kamaytirish uchun zarur bo’lgan ma'lumotlarni doimo to’plab borishdan iborat. 
Tashqi manbalardan ma'lumotlar asosan marketing razvedkasi va marketing
tadqiqotlari asosida olinadi. 


Marketing razvedkasi - bu, birinchi navbatda, marketing rejalarini ishlab
chiqish va ularni to’g’rilash uchun zarur bo’lgan marketing tashqi muhitining 
o’zgarishi to’g’risidagi joriy axborotni to’plash bo’yicha tizimli faoliyatdir. Ichki
axborot olingan natijalarga qaratilsa, marketing razvedkasi tashqi muhitda ro’y 
berishi mumkin bo’lgan hodisalarni o’rganishga mo’ljallanadi. Marketing
razvedkasi ma'lumotlarini kompaniya xizmatchilari (ma'muriyat, muhandislar, 
xaridlar bo’yicha agentlar, sotuvchilar), shuningdek, ta'minotchilar, vositachilar va
xaridorlar etkazib berishlari mumkin. Razvedka ma'lumotlarini maxsus tadqiqotchi 
firmalardan ham olish mumkin.
Ichki axborot asosan korxonaning ichki ahvoli va imkoniyatlarini ochib 
beradi. Unga, dastavval, korxonaning ishlab chiqarish, moliya, sotish, mehnat va
boshqa resurslari kiradi. Qabul qilingan qarorlarning samaradorligi cheklangan 
resurslarni tovar assortimenti va marketing dasturlariga optimal joylashtirish sharti
bilan amalga oshiriladi. Bu erdan asosiy vazifa kelib chiqadi: foydaning o’sishi 
uchun mahsulot tannarxini davriy ravishda kamaytirib borish zarur, boshqacha
qilib aytganda xarajatlar hajmi va tarkibining shakllanishi ustidan qat'iy nazorat 
siyosatini olib borish zarur. Shu bilan bog’liq holda marketolog o’z ishida
marketing qarorlarida quyidagi ko’rsatkichlarni hisoblash va foydalanishni bilishi 
kerak:

mahsulotning me'yoriy va haqiqiy tannarxi; 


to’g’ri va egri xarajatlar; 



chegaralangan foyda; 



foydalilik nuqtasi; 


narx chegirmalari. 


129
с

Download 56.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling