Nazorat savollari


Qog‘oz va kartonlarga ishlov berish uchun qo‘llaniladigan polimerlar


Download 27.65 Kb.
bet2/6
Sana10.11.2021
Hajmi27.65 Kb.
#173039
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8-Laboratoriya topshirigi

2. Qog‘oz va kartonlarga ishlov berish uchun qo‘llaniladigan polimerlar


Polimerlar, qog‘oz polotnoni qoplash yoki unga shimdirishda asosiy komponent bo‘lib, plyonka hosil qiluvchi, bog‘lovchi yoki yelimlovchi modda hisoblanadi. Qog‘oz va kartonlarga ishlov berishda, polimerlar: eritma, dispers, latekslar, emulsiya, suyulma, plyonka, tolalar, kukun va mikrokapsullar holatida qo‘llanilishi mumkin.

Plyonka hosil qiluvchilarga—qog‘oz va karton yuzasida uzluksiz, mustahkam, elastik plyonka, SKMni himoyalovchi xossaga ega bo‘lgan (issiq, gaz, havo, suv, bug‘ o‘tkazmaydigan, atmosfera va kimyoviy ta’sirlarga chidamlik) qoplamalarni germetik holatlovchi, yelimlash imkoniyatiga ega bo‘lgan polimerlar kiradi.

3. Bog‘lovchi polimerlarga – qog‘oz va kartonlarning yuzasida mustahkam bog‘langan qavat hosil qiluvchi kompozitlar kiradi. Bog‘lovchi kompozit SKMga kerakli qovushoqlik va qoplama suspenziyani reologik xossalarini, qog‘oz va kartonlarning fizik- mexanik, optik, tipografik bosish xossalarini ta’minlaydi. Bog‘lovchilarga qo‘yilgan talablar:


  • pigment zarrachalariga yuqori darajada yelimlanishi;

  • qog‘oz asosiga yuqori adgeziyalanishi;

  • suvni optimal ushlashi;

  • yaxshi disperglanuvchanlik;

  • bo‘rlovchi suspenziya komponentlari bilan yaxshi arala-shishi;

  • optimal qovushoqlik va reologik xossalar;

  • ko‘piklanmaslik;

  • mexanik va temperatura ta’siriga ustuvorlik;

  • nurga chidamlilik va oqligini yuqori darajada saqlashlik;

  • biologik ustuvorlik;

  • yuqori fizik-mexanik, tipografik bosish va optik xossalarini ta’minlash; – arzonlik.

Bog‘lovchi polimerlarga qo‘yilgan katta talablarni, oson yo‘l bilan ta’minlash uchun gidrofil va gidrofob, tabiiy va sintetik polimer – bog‘lovchilardan foydalanish lozim. Quyida «BASF» firmasi, har xil bog‘lovchi polimerlarning bog‘lash qobiliyatini, kazein bog‘lovchining qobiliyatini shartli ravishda 1 deb olib, har xil bog‘lovchi polimerlarning bog‘lash qobiliyatini keltirgan:

Kazein 1,0

Kraxmal 0,5 – 0,7

Karboksimetilselluloza 1,0 – 1,5

Polivinil spirit 1,2 – 2,0

Latekslar 1,0 – 1,6

Sintetik bog‘lovchilar 1,0 -1,5



Download 27.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling