Nazorat savollari
Yelimlovchi yoki adgeziyalovchi polimerlarga – ikki yoki undan ortiq bir xil yoki har xil materiallarni birlashtiruvchi polimerlar kiradi
Download 27.65 Kb.
|
8-Laboratoriya topshirigi
Yelimlovchi yoki adgeziyalovchi polimerlarga – ikki yoki undan ortiq bir xil yoki har xil materiallarni birlashtiruvchi polimerlar kiradi.4. Suvda eriydigan polimerlar. Bularga kazein (GOST 17626 – 81), suyak yelimi (GOST 2067 – 97), jelatin (GOST 11293 – 89), kraxmal va uning modifikatsiyalari (GOST 10163 – 76), sellulozaning oddiy efirlari, polivinil spirti (PVS), (GOST 10779 – 78), poliakrilamidlar (PAA) kiradi. Kazein – traditsion ishlatib kelingan polimer, u bo‘rlangan va dekarativ qog‘ozlarda bog‘lovchi sifatida qo‘llaniladi. Lekin oxirgi vaqtlarda kam qo‘llaniladigan bo‘lib qolgan. Kazein fosforproteyinlardan bo‘lib, kimyoviy formulasi C17H274N44SPO55. Kozein sutdan olinadi. Kazein suvda bo‘kadi, kuchli ishqoriy yoki kislotali muhitda yaxshi eriydi. Odatda, uni ishqoriy muhitda, 25% li ammiak eritmasidan qo‘shib eritadi. Ammiak sarfi, kazeinga nisbatan, 12–15 % tashkil etadi. 55–60oC temperaturada 30 minutda, sovuq holda 3 soatda eriydi. Kazeinning ustunlik tomonlari: – yuqori adgeziyalanishi; yaxshi plyonka hosil qilishi; qoplamada pigment rangiga kam ta’siri. Kazein bilan qoplanganda plyonkasi tiniq, bog‘lanishi va oxorlanishi oson kechadi. Kazeinning kamchiliklari: quruq va eritma holida beqror; – noxush hidli; eritmasi va suspenziyasi oson ko‘piklanadi. Qoplamasi mo‘rt, uni yumshatish uchun plastifikator qo‘shish lozim. Suyak yelimi va jelatinni, yog‘sizlangan hayvon suyaklaridan yoki mezdirdan olinadi. Suyak yelimi va jelatinni 50–60 oC suvda eritib tayyorlanadi. Suyak yelim hozirgi vaqtda ba’zi bir qog‘ozlarni yelimlashda (adgeziya) ishlatiladi. Texnik jelatin – foto qog‘oz asosida bog‘lovchi sifatida qo‘llaniladi. Suyak yelimning asosiy kamchiligi – biologik beqarorlik. 16 % namlikda ayniydi, temperaturasi 15oC dan oshganda, eritma ko‘piklanadi. Hosil qilingan qoplamaning mustahkamligi past. Quritganda yuqori kuchlanish hosil qilganligi sababli ko‘p kirishadi. Kraxmal va uning modifikatsiyasi. Hozirgi vaqtda bu polimer qog‘oz sanoatida keng qo‘llaniladi. Ofset bosishda, ofset texnikasida qog‘oz yuzasini yelimlovchi – plyonka hosil qiluv-chi, pigmentlangan, bo‘rlangan qog‘ozlarni olishda bog‘lovchi sifatida, qop, gofrikarton va korobkalar olishda yelimlovchi modda sifatida ishlatiladi. Kraxmal ba’zi o‘simliklar tarkibida mavjud bo‘lib, uglevodlardan tashkil topgan. Tabiiy kraxmalni kartoshkadan, bug‘doy donidan, jo‘xori, guruch donlaridan olinadi. Download 27.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling