Nazorat savollari
Download 27.65 Kb.
|
8-Laboratoriya topshirigi
Oksidlash. Kraxmalni gipoxloridlar bilan ishlov berib oksidlash. Oksidlanish natijasida kraxmalning anionli xossasi oshadi. Oksidlangan kraxmal eritmasi qog‘oz qalinligiga chuqurroq kirib boradi. Bu hol qog‘ozni pishiqligini oshirishga olib keladi.
Kraxmalni kislotali muhitda modifikatsiyalash. Kraxmal suspenziyasi kislotali muhitda, temperaturasi kleystrlash temperaturasidan past temperaturada ishlov berib olinadi. Natijada, eritmaning reologik xossasi yaxshilanadi. Kationli kraxmal oxirgi yillarda keng qo‘llaniladigan bo‘ldi. Modifikatsiyalash – kraxmal molekulasiga musbat zaryadli funksional gruppa kiritishdan iborat (masalan, to‘rtlamchi ammoniy va fosfor, uchlamchi amino-, sulfo- va boshqa gruppalar). Kationli kraxmal qog‘oz pishiqligini oshirishda, to‘ldiruvchilarni ko‘proq ushlab qolishda, yuza yelimlashda va bo‘rlashda bog‘lovchi sifatida qo‘llaniladi.
Na–KMSning yuqori konsentrlangan eritmasi qog‘oz yuzasida moy o‘tkazmaydigan parda hosil qilish uchun ishlatiladi. Past konsentrlangan eritmasi – qog‘ozning changlanish va yuza yulinishini kamaytirish uchun ishlatiladi. Metilselluloza asosan latekslarning qovushoqligini kamaytirish uchun va boshqa qoplama suspenziyalarga qo‘shimcha sifatida qo‘llaniladi. Bo‘rlash suspenziyasiga MS qo‘shganda olingan mahsulot sifat ko‘rsatkichlari stabillashadi. Polivinil spirti (PVS). Sintetik PVSni polivinilatsetatni ishqor ishtirokida gidroliz qilib olinadi. PVSning polimerlanish darajasi 60–90 va tarkibida 20 % bo‘lgani eng yaxshi parda hosil qiladi va yaxshi yelimlanadi. PVS eritmasi issiq suvda 80–90oC eritib tayyorlanadi.
tabiiy lateks; sintetik lateks; sun'iy latekslar; modifikatsiya qilingan latekslar. Latekslar – bu suvli kolloid dispers polimer bo‘lib, zarrachalar o‘lchami 50–300 nm, stabillangan, sirt–faol gidratlovchi gruppali modda. Qovushoqligi – 500–1000 mPa. s, zichligi – 1 g/sm3. Saqlanish muddati, tarkibidagi qo‘shimchalar va to‘ldiruvchilar miqdoriga qarab, bir necha oy. Tabiiy lateks. Tarkibida kauchuk moddasi bo‘lgan daraxtlarda bo‘ladigan lateks – 1,4-sis-poliizopren. Uning miqdori 30–40 % yetadi. Sintetik latekslar. Ular emulsion polimerlash yo‘li bilan olinadi. Sintetik latekslar polimerni tarkibi yoki monomeriga qarab klassifikatsiyalanadi. Ularga: butadien-stirolli, tarkibi karboksilli, butadien nitrilli, akrilatli, vinilatsetatli (GOST 18992-80) va boshqalar. Butadien-stirol asosidagi sintetik latekslar emulsion usuli bilan polimerlab olinadi. Akrilatlar asosidagi sintetik latekslar – emulsion polimerlash usuli bilan akrilatlar, metakrilatlar va vinilatsetat sopolimerlaridan olinadi (GOST 13522-78). Poliakrilatlar – past modulli elastomerlar hisoblanadi. Tipik shisha–cho‘zilishi no‘l atrofida. Vinilatsetat sopolimeri asosidagi latekslar – bu sintetik lateks bo‘lib, uni odatda polivinilatsetat dispersi deyiladi. Download 27.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling