[Название родукта] Маркетинговый лан


a) modal soʻz mustaqil yasama soʻzdan ajralgan bolishi mumkin. Bunday modal soʻz yasovchi qismlarga ajratilmaydi. Aynan shu koʻrinishdagi mustaqil soʻz esa yasovchi qismlarga ajratiladi


Download 300.12 Kb.
bet2/3
Sana21.04.2023
Hajmi300.12 Kb.
#1370837
1   2   3
Bog'liq
Taqlid undov va modal soʻzlar

a) modal soʻz mustaqil yasama soʻzdan ajralgan bolishi mumkin. Bunday modal soʻz yasovchi qismlarga ajratilmaydi. Aynan shu koʻrinishdagi mustaqil soʻz esa yasovchi qismlarga ajratiladi.

Qiyoslang: Uning har qanday topshirigi soʻzsiz bajariladi.Soʻzsiz, bu kirdikorlarning boshida sen turibsan.

Birinchi misoldagi soʻzsiz mustaqil soʻz bolib, soʻz+siz qismlardan iborat, ikkinchi misoldagi soʻzsiz esa qismlarga ajratilmaydi, bir butun holda soʼzlovchining anglatilayotgan fikrni dallash munosabatini bildiradi;

b) modal soʻz mustaqil soʻzning biror grammatik shaklidan kelib chiqqanda ham u morfemalarga ajralmaydi. Modal soʻz koʻrinishidagi mustaqil soʻz esa morfemalarga ajraladi: Har bir ishning chamasi bor (egalik shaklidagi ot: chama+si). Ular, chamasi, bir yildan soʻng uchrashdilar (modal soz).


Modal soʻzlarni u ajralib chiqqan mustaqil soʻzdan quyidagi belgilariga koʻra farqlash mumkin:

Undov soʻzlar


Hishayajon, buyruq - xitob ifodalash uchun ishlatiladigan soʻzlar undov soʻz deb ataladi. Undov sozlar
1) his-hayajon: eh, oh, uh, obbo, bas, marsh, hormang, rahmat, barakalla, xayr, salom kabilarda;
2) buyruq - xitob: qurey - qurey, tu -tu, pish - pish, kisht kabi sozlardan iborat boladi.
Undovlar boshqa soʻz turkumlaridan lugʻaviy manoga ega emasligi bilan farqlanadi.

1. His hayajon undovlar quyidagi manolarni ifodalaydi:


1) soʻroq: Men ham boraman, a?
2) ajablanish: Buni qarang, a!
3) kamsitish: E, shu ham ish boldi-yu.
4) qoʻrqinch: I-i, yiqilib ketaman;
5) taajjub, hayrat: Iye, keldingizmi!?
6) ishonchsizlik: Be, qoysang-chi bu gapingni;
7) achinish, norozilik: Obbo, yana ish pachava, deng;

2. Buyruq-xitob undovlari


Buyruq-xitob undovlari biror ish-harakatni bajarishga undash yoki harakatdan toʻxtatish, tinchlantirish uchun qoʻllanadi. Bu tur undovlardan pish-pish (mushukni), beh-beh, tu-tu-tu (tovuqni), bah-bah (itni) kabi undovlar hayvon va qushlarni chaqirish uchun, hayt (hayvon-larni), pisht (mushukni), kisht (tovuqni), chuh (otni), xix (eshakni), qurey-qurey (qoyni) kabi undovlar hayvon va qushlarni haydash uchun ishlatilsa, dirr, tak (otni), xush, xuush (sigirni), huk (hukizni), ishsh (eshakni), chix (tuyani) kabi undovlar hayvonlarni harakatdan toʼxta-tish, tinchitish yoki harakatga undash uchun ishlatiladi.
Yuqoridagilardan tashqari, koʻrsatishni ifodalovchi huv, hu kabi soʻzlar, urf-odat bilan bogʼliq: assalomu alaykum, vaalaykum assalom, hormang, bor boʻling, rahmat, tashakkur, balli, barakalla, ofarin kabi soʻzlar ham undovlardir.
Nutqda bazi mustaqil soʻzlar oʻz manosini yoqotgan holda undovga koʻchishi mumkin: Kel, bir miriqib dam olaylik.

Download 300.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling