Necha asrlar mobaynida goh yuksak rivoj-u shuhrat topgan
Download 224.01 Kb.
|
DTIY majmua
DALOLATNOMA
Muassasa yoki ayrim shaxslar faoliyati bilan bog‘liq bi-ron-bir bo‘lib o‘tgan (sodir bo‘lgan) voqea, hodisa, ish-hara-katni yoki mavjud holatni tasdiqlash, unga guvohlik berish maqsadida bir necha kishi tomonidan tuzilgan hujjat. Da-lolatnoma tuzishda xilma-xil maqsadlar ko‘zlanadi, lekin uni tuzishdan asosiy maqsad sodir bo‘lgan voqea-hodisalar-ni yoki mavjud holatni qonuniy-huquqiy jihatdan isbotlash yoki tasdiqlashdir. Bir qancha hollarda dalolatnoma tuzish maxsus huquqiy me’yorlar bilan qat’iy belgilangan. Masa-lan, korxonalarning hisob-kitob bo‘limlari faoliyatida da-lolatnomalar avvaldan belgilangan mazmun va davriylikka asosan tuziladi va huquqiy jihatdan muhim o‘rin tutadi. Dalolatnoma deyarli barcha hollarda pul mablag‘lari va moddiy boyliklarga bog‘liq tuziladi (hatto baxtsiz hodisa yoki tabiiy ofat haqidagi dalolatnoma asosida ham moddiy masala bor), binobarin, u ko‘proq tadbirkorlik, moliya-xo‘-jalik faoliyatida, hisob-kitob, oldi-sotdi va savdo sohala-rida keng qo‘llanadi. Dalolatnomalar tegishli taftish o‘tkazilgandan keyin, rahbarlik almashinayotganda, moddiy boyliklarni bir xu-susiy yoki yuridik shaxsdan ikkinchisiga o‘tkazishda, qurib tugallangan inshootlarni qabul qilishdan oldin va keyin, mashina va uskunalarning yangi nusxalarini sinovdan o‘tka-zish chog‘ida, qimmatdor buyumlarni hisobdan o‘tkazish yoki hisobdan chiqarishda, tovarlarni miqdor va sifat bo‘yicha qabul qilib olishda, baxtsiz hodisalar yoki tabiiy ofatlar oqibatlarini tekshirishda, sud-tergov ishlari va tibbiyot sohasida, xodimlarning moddiy, yashash sharoitlarini o‘r-ganishda va boshqa hollarda tuziladi. Moliyaviy faoliyat va savdo-tijorat sohalarida tuzila-digan dalolatnomalar tasdiqlash (kamomad yoki nuqsonlar Dalolatnoma 240 bo‘lmagan hollarda) yoki ayblash (pul kamomadi yoki moddiy boyliklar yetishmasligi aniqlanganda) uchun hamda tegish li (qayd etuvchi, rag‘batlantiruvchi, jazolovchi) buyruqlar e’lon qilish uchun asos bo‘ladi. Aksar hollarda dalolatnoma oldindan belgilangan qoi-daviy namuna asosida tuziladi. Dalolatnomalar voqea-hodisalarni haqqoniy aks etti-rish maqsadida bir necha shaxslar (muassasa rahbarining buy-rug‘i bilan komissiyalar, doimiy komissiyalar) yoki maxsus vakolatli yakka shaxs (taftishchi, nazoratchi) tomonidan tuzi-ladi. Keyingi holatda va, umuman, dalolatnoma yakka shaxs to-monidan tuzilganda, guvohlarning ishtirok etishi va imzosi bo‘lmog‘i shart. Ayrim hollarda dalolatnomalar voqea-hodi-saning qatnashchilari yoki unga guvoh bo‘lgan kishilarning ta-shabbusi bilan ham tuziladi. Dalolatnomaning zaruriy qismlari: 1. Idora, muassasa va tarkibiy bo‘linma nomi. 2. Tuzilgan sanasi va joyi. 3. Tartib raqami va tasdiq belgisi (zarur hollarda). 4. Matn sarlavhasi. 5. Hujjat turi nomi (Dalolatnoma). 6. Hujjatni tuzish uchun asos (muassasa rahbarining buy-rug‘i, idoraning qarori yoki ko‘rsatmasi kabilar). 7. Komissiya tarkibi (raisi va a’zolar). 8. Ishtirok etuvchilar (guvohlar). 9. Dalolatnoma matni. 10. Ilovalar (har bir ilovaning necha betligi ko‘rsatiladi). 11. Tuzgan va ishtirok etganlarning imzolari. 12. Ijro haqidagi belgi. Har bir dalolatnomaning ushbu zaruriy tarkibiy qism-lari qatoriga ayrim hollarda boshqa ma’lumotlarni ham qo‘shish mumkin. Chunonchi, ishni qabul qilish-topshirish chog‘ida tuziladigan dalolatnomalarda xodimlar tomonidan topshirilayotgan qimmatdor buyumlar, hujjatlar sanab o‘ti-ladi (ilovalar tarzida), topshirish vaqtidagi ish ahvoliga baho beriladi, bajarilmagan ishlar qayd etiladi va hokazo. Dalolatnoma shakli 1-ilova Vazirlik, yuqori idora, muassasa nomi MATN SARLAVHASI («.................... HAQIDA») DALOLATNOMA sana tuzilgan joyi Asos: (muassasa rahbarining (sanadagi) - raqamli buyrug‘i yoki yuqori idoraning - raqamli qarori) Raisi (shaxs lavozimi, ismi va otaismining bosh harflari, familiyasi) A’zolari: 1. (lavozimi, ismi va otaismining bosh harflari, familiyasi) 2. (lavozimi, ismi va otaismining bosh harflari, familiyasi) 3. (lavozimi, ismi va otaismining bosh harflari, familiyasi)dan iborat komissiya tomonidan (shaxs yoki shaxslar lavozimi, ismi va otaismining bosh harflari, familiyasi) ishtirokida tuzildi. MATN Ilovalar K o m i s s i ya r a i s i ( i m z o ) I s m i v a o t a i s m l a r i n i n g b o sh harflari, familiya K o m i s s i ya a ’ z o l a r i ( i m z o l a r ) I s m i v a o t a i s m l a r i n i n g b o sh harflari, familiya I sh t i r o k e t g a n l a r ( i m z o l a r ) I s m i v a o t a i s m l a r i n i n g b o sh harflari, familiya Dalolatnomaning mazkur shakli umumiy holatni aks et-tiradi. Biroq ba’zi hollarda zaruriy qismlarning o‘rni boshqacharoq bo‘lishi ham mumkin. Chunonchi, hujjat nomi varaq o‘rtasida, tuzilgan sanasi hujjat nomi ostida chap tomonda, tuzilgan joyi esa o‘ng tomonda yozilishi mumkin. Dalolatnoma matnining sarlavhasi o‘rganilayotgan va qayd etilayotgan voqea-hodisaning yoki holatning mazmuni-dan kelib chiqib qo‘yilishi kerak. Masalan: Institut kadrlar bo‘limida hujjatlar-ning saqlanish ahvoli haqida. Matn sarlavhasi «....haqida» shaklida bo‘lishi ham, shu-ningdek, bosh kelishikda («...hujjatlarning saqlanish ahvoli») bo‘lishi ham mumkin. Dalolatnoma matni murakkab tuzilishga ega bo‘lib, ki-rish va ta’kid (qayd, tasdiq) qismlaridan tashkil topadi. Kirish qismi quyidagi tarkibga ega: asos(dalolatno-ma yuqori idoralarning me’yoriy hujjatlari yoki muassasa rahbarining yozma buyrug‘iga asosan tuziladi; ishtirokchi-larning shaxsiy tashabbusiga ko‘ra tuziladigan dalolatno-malarda bu qism bo‘lmasligi mumkin); tuzildi(kim tomo-nidan – yakka, xususiy shaxsmi yoki komissiyami); ishtirok etganlar (asosiy tuzuvchilardan tashqari guvoh sifatida hozir bo‘lganlar yoki taklif etilganlar). Dalolatnoma tu-zishda qatnashgan shaxslarni sanaganda, ularning lavozimi, ismi va otaismining bosh harflari, familiyalari ko‘rsati-ladi. Agar dalolatnoma komissiya tomonidan tuzilsa, bi-rinchi bo‘lib komissiya raisi, keyin shu tartibda komissiya a’zolari ko‘rsatiladi. Komissiya a’zolarining familiyala-ri, shuningdek, ishtirokchilarning familiyalari, odatda, alifbo tartibida yoziladi. Dalolatnomaning ta’kid qismida komissiya tomonidan amalga oshirilgan ishlarning maqsad va vazifalari, mohi-Ma’lumot-axborot hujjatlari 243 yat va xususiyatlari bayon etiladi, ishni amalga oshirishga asos bo‘lgan hujjatlar ko‘rsatib o‘tiladi, aniqlangan ho-latlar qayd etiladi. Zaruriy hollarda dalolatnomaning ta’kid qismida aniqlangan holatlar yuzasidan xulosalar va takliflar qilinadi. Dalolatnoma matni so‘ngida uning necha nusxaligi ko‘r-satiladi. Dalolatnoma, odatda, uch nusxada tuzilib, birin-chisi – yuqori idoraga, ikkinchisi – muassasa rahbariga jo‘natiladi, uchinchisi esa hujjatlar yig‘majildiga solib qo‘yish uchun topshiriladi. Shuni ham aytish kerakki, dalo-latnoma nusxalarining miqdori manfaatdor tomonlarning soni yoki ushbu hujjatni tuzishni ma’lum tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar ko‘rsatmasiga bog‘liqdir. Dalolatnoma-ning necha nusxaligi haqidagi ma’lumot asosiy matn bi-lan ilovalar (agar bor bo‘lsa) yoki imzolar oralig‘ida joy-lashtiriladi. Dalolatnomaga ilovalar bo‘lgan taqdirda, ular dalolatnoma nusxalari haqidagi ma’lumotdan so‘ng, imzolardan avval joylashtiriladi. Dalolatnoma sodir bo‘lgan voqea-hodisalarni aniq-lashda va mavjud holatlarni tasdiqlashda ishtirok etgan barcha shaxslar tomonidan imzolanadi. Bunda hujjat tu-zuvchilar yoki tuzishda ishtirok etganlarning lavozimlari qayta ko‘rsatilmaydi. Dalolatnomaga avval komissiya raisi, keyin a’zolari, eng oxirida uni tuzishda ishtirok etgan-lar imzo qo‘yadi. Komissiya a’zolarining familiyalari ham, ishtirokchilarning familiyalari ham alifbo tartibida kel-tiriladi. Imzolar tik yoki bo‘ylama tartib bilan qo‘yiladi. Tuzuvchilardan birortasi dalolatnoma mazmuniga yoki uning biror bandiga qo‘shilmagan chog‘da, bu haqda imzo-lardan so‘ng eslatib o‘tiladi. Agar bildirilgan e’tiroz hajmi ko‘p bo‘lmasa, dalolatnomaning o‘zida, imzolardan keyin yozib qo‘yiladi. Aks holda, komissiya a’zosi o‘z e’ti-rozini alohida varaqqa yozib beradi va u dalolatnomaga ilova qilinadi. Download 224.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling