Necha asrlar mobaynida goh yuksak rivoj-u shuhrat topgan
Download 224.01 Kb.
|
DTIY majmua
TAVSIFNOMA, TAVSIYANOMA
Tavsifnoma Ma’lum bir shaxsning mehnat va ijtimoiy faoliyati, shuningdek, uning o‘ziga xos xislat va fazilatlarini aks ettiruvchi rasmiy hujjat. Tavsifnoma muassasa ma’muriyati yoki jamoat tashkilot-lari (agar ular mavjud bo‘lsa) tomonidan xodimga bir qancha maqsadlar uchun (o‘quv yurtiga kirishda, xorijiy mamlakatlar-ga ishlash va boshqa yumushlar uchun ketishda, lavozimga tayin-lashda yoki shahodatlantirish va boshqa hollarda) beriladi. Tavsifnomada xodimning jamoatchilik va xizmat fao-liyati, uning ishchanligi va axloqiy sifatlari ham ko‘rsa-tib o‘tiladi. Tavsifnomaning asosiy zaruriy qismlari quyidagi-lardan iborat: 1. Tavsiflanayotgan shaxs haqida asosiy ma’lumotlar: a) ismi, otaismi va familiyasi; b) tug‘ilgan yili; v) millati; g) partiyaviyligi; d) ma’lumoti; ye) lavozimi; yo) ilmiy darajasi va unvoni. 2. Hujjat nomi (Tavsifnoma). 3. Matn. 4. Imzolar. 5. Sana. 6. Muhr. Tavsifnoma matnini o‘zaro mantiqan bog‘langan uch tar-kibiy qismga ajratib ko‘rsatish mumkin. Birinchi qismda shaxsning mehnat faoliyati, ya’ni muta-xassisligi, aynan shu korxona, tashkilot va boshqa joylar-da qaysi muddatdan buyon ishlayotganligi, xizmat vazifasi-dagi o‘zgarishlar va boshqalar haqida ma’lumot beriladi. Ikkinchi qismda xodimning shaxsiy tavsifi, ya’ni ishga munosabati, mutaxassislik bo‘yicha mahorati, siyosiy saviyasi, tashkilotchilik qobiliyati, jamoat ishlarida ishtiroki, oila-viy ahvoli, xulq-atvori, hatto ba’zida siyrati, jamoa a’zo-lariga munosabati, qanday mukofotlarga sazovor bo‘lganligi va boshqa asosiy rag‘batlantirishlari qayd etiladi. Xolis bo‘lish uchun kamchiligi ham ko‘rsatilib, istak bildiriladi. Uchinchi qismda esa yuqorida bayon qilinganlardan xu-losa chiqariladi va tavsifnoma qanday maqsadda yoki nima uchun berilayotganligi ko‘rsatiladi. Tavsifnoma matni uchinchi shaxs tilidan bayon qilinadi. Xodimni tavsiflashda «halol», «topshiriqlarni vaqtida bajaradigan», «mehnatsevar», «talabchan», «tashabbuskor», «tezkor», «prinsipial», «intizomli» kabi sifatlardan foydalaniladi. Agar tavsifnoma jamoat tashkilotlari yig‘ilishida tasdiqlangan bo‘lsa, shu yig‘ilish bayonnomasi raqami va sanasiga havola bo‘ladi. Qoidaga ko‘ra tavsifno-maga ikki shaxs: muassasa (yoki bo‘linma) boshlig‘i va kasaba uyushmasi tashkilotining raisi imzo chekadi va ular imzosi yumaloq muhr bilan tasdiqlanadi. Tavsifnoma xodimning qo‘liga topshiriladi yoki uni shaxsan xabardor qilgan holda, tavsifnomani talab qilgan muassasaga jo‘natiladi. Tavsifnomalarning «ishlab chiqarish tavsifnomasi», «tavsifiy tavsiyanoma», «xizmat tavsifnomasi» kabi tur-lari mavjud bo‘lib, ular ayrim xususiyatlari jihatidan o‘zaro farqlanadi. Tavsifnoma namunasi O‘zMU fizika fakultetining 4-bosqich talabasi, 1997 yilda tug‘ilgan, o‘zbek, Nazar Shukurovga Download 224.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling