Necha asrlar mobaynida goh yuksak rivoj-u shuhrat topgan


Download 224.01 Kb.
bet17/28
Sana03.02.2023
Hajmi224.01 Kb.
#1148711
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28
Bog'liq
DTIY majmua

XIZMAT YOZISHMALARI
Xizmat yozishmalari mazmunan xilma­xil bo‘ladi. Ular­
da muassasa faoliyatining turli masalalari bilan bog‘liq
talab, iltimos, taklif, kafolat kabilar aks ettiriladi.
Bu ma’noda xizmat yozishmalari hujjatlarning yuqorida
ko‘rsatilgan guruhlari bilan uzviy aloqadordir. Shularni
hisobga olib, xizmat yozishmalari hozirgi zamon hujjat­
shunosligida mazkur guruhlardan keyin alohida guruh si­
fatida tasniflangan va bu mantiqan o‘rinli.
Har qanday yozishmada, umuman, ko‘p hujjatda manzil
yozishga to‘g‘ri keladi. Manzil aksariyat hujjatlarning tar­
kibiy qismidir.
MANZIL
Pochta jo‘natmalari (xat­xabar, buyum va pul jo‘natma­
lari kabilar) ustidagi yozuv bo‘lib, unda jo‘natma yetib bo­
rishi zarur bo‘lgan joy (qayerga), uni oluvchi shaxs yoki mu­
assasa (kimga) nomi va jo‘natuvchi haqidagi ma’lumotlar
(jo‘natuvchi manzili) ko‘rsatiladi.
Kishi manzilini yozish bilan bolalikdanoq tanishadi,
chunki uyiga xat yoki boshqa pochta jo‘natmalari kelganda,
ular ustidagi yozuvga ko‘zi tushadi, o‘quvchilik yillarida
esa do‘stlari yoki qarindosh­urug‘lari bilan xat yozishadi,
ulardan turli xil jo‘natmalar oladi yoki o‘zi yuboradi. Ana
shunda manzil yozishni, ya’ni xatjild yoki boshqa jo‘natma­
lar ustiga ular yetib boradigan joyning va oluvchining no­
mini, shuningdek, o‘zi haqidagi ayni shunday ma’lumotlar­
ni yozishni o‘rganadi. Buning ustiga, xatjildlar ustidagi
yo‘naltiruvchi yozuv va belgilar ham manzil yozuvchining ishi­
ni yengillashtiradi.
Manzilso‘zi yuqoridagi o‘rinda manzilso‘ziga muqobil
bo‘lsa ham, har doim manzil so‘zining o‘rnini bosmaydi.
Xizmat yozishmalari
318
Adresso‘zi rus tilida faqat jo‘natmalar ustidagi yozuvni­
gina ifodalab qolmay, shaxsning yashash joyi hamda mu­
assasaning o‘rnashgan joyini, shuningdek, biron shaxsni
tabriklab yozilgan matnni ham ifodalaydi. Shuning uchun
o‘zbek tilida bu ma’nolarni farqlash uchun manzil so‘zi bi­
lan bir qatorda tegishli ravishda manzil, turarjoy, ma-kon, tabriknomaso‘zlarini qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Xat­xabar va boshqa jo‘natmalarni tegishli joyga va
egasiga tezroq hamda adashmay yetkazib berishda manzilni
to‘g‘ri, aniq yozishning ahamiyati kattadir. Shu jihatdan
rasmiy ish yuritishda, umuman, turmushda pochta jo‘natma­
lariga manzil yozish muhim o‘rin tutadi.
Shartli raqamlar xatjild chap tomonining pastki
qismida ko‘rsatilgan katakchalarga yoziladi. Uning qanday
yozilish shakli xatjild orqa tomonidagi namunada ko‘r­
satilgan. Shartli raqam sariq, qizil va yashildan boshqa
rangdagi siyoh bilan yoziladi.
Xat­xabardan boshqa pochta jo‘natmalari (bog‘lamli
yuklar, tugunlar, qimmatdor xatlar, buyum yoki pul jo‘nat­
malari)ga aloqa bo‘limi shartli raqamlari manzildan
oldin oddiy raqamlar bilan yozilishi kerak. Telegramma­
larda esa olti raqamli pochta indeksi qo‘yilmaydi, faqat
shahar aloqa bo‘limining tartib raqamigina yoziladi. Ma­
salan: Toshkent, 47; Marg‘ilon, 8.
Pochta manzili, Aloqa vazirligi yo‘riqnomasiga muvo­
fiq, quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: viloyat, respublika aha­
miyatidagi shaharlarga yuborilayotgan pochta jo‘natmalarida
shartli raqam yozilgandan so‘ng, avvalo, shahar nomi, keyin
xat­xabarni yetkazib beruvchi aloqa bo‘limi (raqami yoki
nomi) ko‘rsatiladi. Bulardan keyin ko‘cha nomi, uy va xona­
don raqami va, nihoyat, oluvchining ismi, otaismi va fami­
liyasi yoziladi. Oluvchining nomini yozganda, ko‘pincha uning
ismi va otaismining bosh harflarini ko‘rsatish kifoya:
uning familiyasi esa jo‘nalish kelishigida («ga» qo‘shimcha­
si bilan) yoziladi. Xatjildning quyi qismida esa jo‘natuv­
chining manzili bosh kelishikda rasmiylashtiriladi.
Xizmat yozishmalari
319
Manzil yozish namunalari
1-ilova
Qayerga Samarqand shahri, 46
Bog‘ishamol ko‘chasi, 41­uy
Kimga Rahim Islomovich Aliyevga
Aloqa bo‘limi shartli raqami va
jo‘natuvchi manzili
103046 100198 Toshkent shahri, 5­Qo‘yliq
(qabul qiluvchi dahasi, 42­uy, 14­xonadon
aloqa bo‘limi Mahmud Sobirovich Karimov



Download 224.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling