Necha asrlar mobaynida goh yuksak rivoj-u shuhrat topgan
SHAXSIY HUJJATLAR YIGʻMAJILDI
Download 224.01 Kb.
|
DTIY majmua
SHAXSIY HUJJATLAR YIGʻMAJILDI
Xodim haqida mumkin qadar batafsil ma’lumot bera digan hujjatlar majmui. Bunday yig‘majildlar muassasa faoliyatini o‘rganishda muhim manbaa hisoblanadi. Ishga qabul qilish haqida buyruq chiqqandan so‘ng xo dimning shaxsiy hujjatlar yig‘majildi rasmiylashtiri ladi. Shaxsiy hujjatlar yig‘majildida quyidagi hujjatlar saqlanadi: 1. Yig‘majilddagi hujjatlar ichki ro‘yxati. 2. Ishga qabul qilish haqidagi ariza; yo‘llanma yoki tav siyanoma. 3. Kadrlarni hisobga olish bo‘yicha shaxsiy varaqa yoki so‘rovnoma. 4. Tarjimai hol. 5. Ma’lumoti haqidagi hujjatlar nusxalari. 6. Tavsifnoma. 7. Buyruqlar (ishga qabul qilish haqida, boshqa lavo zimga o‘tkazish haqida, ishdan bo‘shatish haqida)dan ko‘chirma nusxalar. 8. Kadrlarni hisobga olish bo‘yicha shaxsiy varaqaga qo‘ shimcha. 9. Shaxsiy hujjatlar yig‘majildiga qo‘shimcha. Shaxsiy hujjatlar yig‘majildi 398 10. Mazkur shaxsga taalluqli ma’lumotnoma va boshqa hujjatlar. Yig‘majilddagi hujjatlar tartib bilan tikiladi. Jildning muqovasi muayyan talab bo‘yicha to‘ldiriladi. Hujjatlar yig‘majildiga, yuqoridagi hujjatlardan tashqari, ayrim toifadagi mutaxassislarni ishga qabul qi lish bilan bog‘liq ba’zi o‘ziga xos hujjatlar ham kiriti lishi mumkin. Masalan: – ilmiy ishlar, asarlar yoki kashfiyotlar ro‘yxati; – institut ilmiy kengashi yig‘ilishi bayonnomasi ko‘ chirmasi (bo‘sh lavozimlarga e’lon qilingan tanlovga qat nashuvchi ilmiy xodimlar va oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchi lari uchun); – mehnat jamoasi yig‘ilishi bayonnomasi ko‘chirmasi (mehnat jamoasi mansabiga saylanuvchi rahbarlar uchun). Keyinchalik hujjatlar yig‘majildi quyidagi hujjat lar bilan to‘ldirib boriladi: – xodimning tarjimai holidagi o‘zgarishlarni tas diqlovchi hujjatlar (masalan, nikohdan o‘tganligi haqida gi guvohnoma); – xodimning ishiga doir, siyosiy yoki shaxsiy sifati ni ko‘rsatuvchi hujjatlar: tavsifnomalar, tavsiyanomalar, taftish dalolatnomasi nusxalari va shu kabilar. Aksariyat tashkilotlarda amalda shaxsiy hujjatlar yig‘majildiga boshqa ishga o‘tkazish, lavozimidan bo‘shatish haqidagi, rag‘batlantirish, intizomiy jazoni berish va olib tashlash, familiyasini o‘zgartirish to‘g‘risidagi buy ruqlar nusxalari (yoki ularning ko‘chirmasi) ham kiriti ladi. Lekin bularning hammasi «Kadrlarni hisobga olish shaxsiy varaqasiga qo‘shimcha»da yozilganligi uchun yuqorida tilga olingan hujjatlarni shaxsiy hujjatlar yig‘majil diga kiritish tavsiya etilmaydi. Shaxsiy hujjatlar yig‘majildi uzoq vaqt saqlanadi. Shu sababli unga vaqtincha (uzog‘i bilan 10 yil) saqlana digan ikkinchi darajali hujjatlar qo‘shilmasligi lozim. Uyjoy sharoitini yaxshilash haqidagi ma’lumotnoma, sog‘ lig‘i to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, hujjatlarning qayta tiklangan nusxalari shular jumlasidandir Download 224.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling