Necha asrlar mobaynida goh yuksak rivoj-u shuhrat topgan


Download 224.01 Kb.
bet15/28
Sana03.02.2023
Hajmi224.01 Kb.
#1148711
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28
Bog'liq
DTIY majmua

TAVSIFNOMA
Nazar Shukurov o‘rta maktabni tugatgach, 2016 yilda Fizika
fakultetining 1-bosqichiga o‘qishga kirdi.
Universitetda tahsil olish davrida u intizomli, ziyrak va
zukko talaba sifatida o‘zini ko‘rsatdi. Bilimlarni qunt bilan o‘rganishga harakat qiladi. Fizika fanlariga alohida qiziqa-di. U 2017 yilning aprel oyida talabalarning Xalqaro ilmiy
konferensiyasida ma’ruza bilan qatnashdi. Ma’ruzasi konfe-rensiyaning faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.
N.Shukurov fakultetning jamoat ishlarida faol qatnasha-di, fakultetning «Yosh fiziklar» devoriy gazetasiga muhar-rirlik qiladi.
U kamtarin va to‘g‘riso‘zligi, mehribonligi tufayli ham-kurslari hurmatiga sazovor bo‘lgan.
Tavsifnoma Olmazor tuman hokimligiga taqdim qilish
uchun berildi.
Dekan (imzo) O.R.Azizov
Kasaba uyushmasi
raisi (imzo) A.R.Mirvaliyeva
(muhr)
(sana)

Tavsiyanoma
Biror shaxsni ma’lum lavozimga yoki turli tashkilot-larga a’zo bo‘lish uchun tavsiya etish maqsadida tuziladigan
rasmiy hujjat.
U ma’muriyat yoki alohida shaxs tomonidan berilishi
mumkin. Tavsiyanoma matnida tavsiya qilinayotgan shaxsning
xususiyatlari – mutaxassis sifatidagi malakasi, oilaviy,
axloqiy jihatlari va faoliyatiga baho beriladi, u tavsiya
etilayotgan lavozim yoki tashkilotga a’zo bo‘lishga munosib
ekanligi yuzasidan ishonch bildiriladi.

Tavsiyanoma ba’zi xususiyatlariga ko‘ra tavsifnoma-ga o‘xshaydi, shu sababli ularning ko‘pchiligi tavsifiy


tavsiya noma shaklida bo‘ladi. Ular orasidagi asosiy farq
shundaki, tavsifnomalarda shaxsning barcha ijobiy, sal-biy xususiyatlari qayd qilinadi. Tavsiyanomalarda esa
uning ijobiy xususiyatlari ko‘rsatilishi bilan birga, ke-yinchalik uning zimmasiga yuklatiladigan vazifani baja-ra olishiga ishonch bildiriladi va tavsiya etiladi.
Turli mukofotlarga taqdim etish – taqdimnoma ham
tavsiyanoma shaklida bo‘ladi.
Tavsiyanomaning asosiy zaruriy qismlari:
1. Hujjatning nomi (Tavsiyanoma).
2. Matn.
3. Tavsiyanoma beruvchi shaxsning lavozimi, ismi, ota-ismi, familiyasi.
4. Imzo.
5. Sana.
Tavsiyanoma namunasi
TAVSIYANOMA
Men Hakim Nasriddinovni 1974 yildan beri yaqindan ta-niyman. 1984 yildan boshlab O‘zFA O‘zbek tili, adabiyoti va
folklori institutida birga ishlaymiz. Bu davr ichida u atama-shunoslik sohasida yetuk mutaxassis sifatida tanildi, filolo-giya fanlari nomzodi bo‘ldi. Uning dissertasiya ishi, bir qancha
maqolalari ilmiy puxtaligi bilan ajralib turadi.
H.Nasriddinov intizom va qat’iyatliligi bilan jamoada
obro‘ qozongan, totuv oilaning boshlig‘i. Institut ilmiy va
ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib kelmoqda.
Shu sababli men Hakim Nasriddinovni «O‘zbekiston mil-liy ensiklopediyasi» davlat ilmiy nashriyotida ilmiy muhar-rir sifatida ishlash uchun tavsiya qilaman. (imzo) filologiya fanlari nomzodi A.Madvaliyev
2016 yil 18 fevral


Download 224.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling