Necha asrlar mobaynida goh yuksak rivoj-u shuhrat topgan
Download 224.01 Kb.
|
DTIY majmua
TARJIMAI HOL
Ma’lum bir shaxs tomonidan o‘z shaxsiy hayoti va faoliya ti haqida bayon qilingan yozuv. Tarjimai hol bir xil ando zaga ega emas, mufassal yoki muxtasar yozilishi mumkin. U muallif tomonidan mustaqil tuziladigan hujjatdir. Gar chi u erkin (ixtiyoriy) tuzilsada, biroq tarjimai holda ayrim qismlarning bo‘lishi shart. Tarjimai holning asosiy zaruriy qismlari: 1. Hujjatning nomi (Tarjimai hol). 2. Matn: a) muallif familiyasi, ismi va otaismi; b) tug‘ilgan yil, kun, oy va tug‘ilgan joyi; v) millati, ijtimoiy kelib chiqishi; g) otaonasi haqida qisqacha ma’lumot (familiyasi, ismi va otaismi, ish joyi); d) ma’lumoti (qayerda, qanday o‘quv yurtini tugatganligi va ma’lumotiga ko‘ra mutaxassisligi); ye) ish faoliyatining turlari; yo) oxirgi ish joyi va lavozimi; j) mukofot va rag‘batlantirishlar; z) jamoat ishlaridagi ishtiroki; i) oilaviy ahvoli va oila a’zolari; y) pasport ma’lumotlari; k) turarjoyi (uy manzili), telefoni. 3. Sana. 4. Imzo. Tarjimai hol oddiy qog‘ozga, ayrim hollarda, ya’ni ishga, o‘qishga kirishda maxsus bosma ish qog‘ozlariga qo‘lda yoziladi. Matnni bayon qilish shakli hikoya uslubida bo‘lib, birinchi shaxs tilidan yoziladi. Barcha ma’lumotlar davriylik asosida, aniq sanalar bilan (iloji boricha yili, oyi, kuni ko‘rsatilgan holda) Tarjimai hol 298 beriladi. Barcha raqamlar arab raqamlarida ifodalanadi. Tarjimai hol shunday tuzilishi kerakki, u bilan tanish gan kishi muallifning hayot yo‘li, faoliyati haqida muayyan tasavvurga ega bo‘lsin. Quyidagi ilovada tarjimai hol na munasi berildi. Tarjimai hol namunasi Ilova TARJIMAI HOL Men, Salimov Karim Olimovich, 1980 yil 15 sentyabrda Tosh kent shahrida, xizmatchi oilasida tug‘ildim. Otam – Salimov Olim Oripovich Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida o‘qituvchi, onam – Rahimova Gulnora Azimovna 122bolalar bog‘chasida bosh tarbiyachi bo‘lib ishlaydilar. 1987 yildan 1997 yilgacha Toshkent shahridagi 1o‘rta mak tabda o‘qidim. 1997 yilda Toshkent texnika universitetining qurilish fakultetiga o‘qishga kirdim. 1998–2000 yillarda ar miya safida haqiqiy xizmatni o‘tab qaytgach, o‘qishni davom et tirdim va 2004 yilda shu universitetni imtiyozli diplom bi lan tugatib, quruvchimuhandis mutaxassisligiga ega bo‘ldim. Yo‘llanma bilan Toshkentdagi 166qurilish trestining 94me xanizasiyalashgan ko‘chma korxonasiga ishga yuborildim. Dastlab muhandis lavozimida, 2009 yildan buyon bosh muhandis lavozi mida ishlayapman. 2011 yilda rejadagi topshiriqlarni muvaffaqiyatli ba jarganim va erishilgan natijalar uchun Respublika Qurilish vazirligining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandim. Bir necha jamoat ishlarida ham qatnashaman, jumladan, 166qurilish tresti kasaba qo‘mitasining a’zosiman. 2001 yildan XDP a’zosiman. Uylanganman. Xotinim Rasulova Muhabbat, 1982 yilda tug‘il gan. 2shahar kasalxonasida hamshira bo‘lib ishlaydi. O‘g‘lim – Salimov Nodir, 1996 yilda tug‘ilgan, O‘zMU talabasi. Qizim – Salimova Lola, 2001 yilda tug‘ilgan, 261maktabda o‘qiydi. Mening turarjoyim: 100210, Toshkent, Shota Rustaveli ko‘ chasi, 5uy, 27xonadon. Tel.: 71 2722861. (imzo) K. Salimova TILXAT Pul, hujjat, qimmatbaho buyumlar yoxud boshqa biror narsa olinganligini tasdiqlovchi rasmiy yozma hujjat. Tilxat bir nusxada tayyorlanadi hamda pulli va qim matbaho hujjat sifatida saqlanadi. Tilxatning asosiy zaruriy qismlari: 1. Hujjatning nomi (Tilxat). 2. Matn: a) tilxat beruvchi shaxsning lavozimi, ismi va otaismi, familiyasi. b) pul, hujjat, buyum yoki boshqa biror narsani beruvchi shaxsning lavozimi, ismi va otaismi, familiyasi (zarurat bo‘lganda muassasa nomi); v) pul, hujjat, buyum yoki boshqa biror narsaning nomi va ularning miqdori (zarurat bo‘lganda bahosi); g) olinayotgan buyumning texnik holati (agar u mashina, apparatlar va sh.k. bo‘lsa). 3. Tilxat berilgan sana. 4. Tilxat muallifining imzosi. Olinadigan pul miqdori yoki buyumning bahosi va uning soni tilxatda raqamlar bilan ko‘rsatiladi, qavs ichida esa so‘zlar bilan ham berilishi shart. Matn va imzo oralig‘idagi bo‘sh joylar chiziladi. Til xatdagi yozuvlarni o‘chirish yoki tuzatish mumkin emas, aks holda, bunday hujjatning haqiqiyligi shubha ostiga oli nishi mumkin. 1–3ilovalarda tilxat namunalari berildi. Tilxat 300 Tilxat namunalari 1-ilova TILXAT Men, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining xo‘jalik ishlari bo‘limi mudiri Bahodir Olimov, Toshkent mil liy cholg‘u asboblari zavodining tayyor buyumlar ombori mudiri Erkin Karimovdan institut buyurtmasi asosida tayyorlangan, umumiy bahosi 6813500 (olti million sakkiz yuz o‘n uch ming besh yuz) so‘m bo‘lgan 30 (o‘ttiz) dona rubobni qabul qilib oldim. 2018.21.02 (imzo) B.N.Olimov 2-ilova TILXAT Men, Toshkent savdo markazi xo‘jalik mollari bo‘limining mudiri Anvar Mamatovich Sobirov, fuqaro Rahim Karimovich Rahimovdan bahosi 3122000 (uch million bir yuz yigirma ikkki ming) so‘m bo‘lgan «Biryusa6» markali sovutkichni boshqa marka li sovutkichga almashtirib berish uchun qabul qilib oldim. 2018.20.05 (imzo) A.M.Sobirov 3-ilova TILXAT Men, Boysun tumanidagi «Fayz Ramz» fermer xo‘jaligi bosh lig‘i Karim Salimovich Rahimov, fermer xo‘jaligi kassiri Dilbar Salimovadan xo‘jalik a’zolarining iyun oyiga tegish li 7164500 (yetti millon bir yuz oltmish to‘rt ming besh yuz) so‘m miqdoridagi ish haqini tarqatish uchun oldim. 2019.16.09 (imzo) K.S.Rahimov Ba’zan tilxatda guvohlar ismi, familiyalari, otaismi ham ko‘rsatiladi. Bunday hollarda guvohlar o‘z imzolari bilan hujjatni tasdiqlashlari kerak. TUSHUNTIRISH XATI Xizmat sohasidagi, xizmatga aloqador masalani, uning ayrim jihatlarini yozma izohlovchi va muassasa (bo‘lim) rahbariga (ichki) yoki yuqori tashkilotga (tashqi) yo‘llanuvchi hujjatdir. Yuqoridagi ta’rifdan ko‘rinadiki, tushuntirish xati xuddi ma’lumotnoma va bildirishnoma singari ichki va tashqi xususiyatga ega. Keyingi holatda, ya’ni tushuntirish xati yuqori tashkilotga yuborilayotganda, u ko‘pincha biror asosiy hujjat (rejalar, hisobotlar, loyihalar)ga ilova tarzida bo‘lib, mazkur hujjatni umuman yoki uning ba’ zi o‘rinlarini qisman izohlab, tushuntirib beradi. Bu xildagi tushuntirish xati, shuningdek, muassasada bo‘lib o‘tgan voqeahodisaga, rahbarning ba’zi xattiharakatiga, rejalashtirilgan ishlarning bajarilmay qolishiga ham izoh beradi yoki dalillaydi. Demak, bu holda tushunti rish xati mustaqil hujjat hisoblanmaydi, shunga qara may, u muassasa xos ish qog‘ozida rasmiylashtiriladi va rahbar tomonidan imzolanadi. Ichki, boshqacha aytganda, shaxsiy tushuntirish xatlari, asosan, xodim (ishchi, xizmatchi, fermer xo‘jaligi a’zosi, talaba) tomonidan, ba’zan bo‘linmalar rahbarlari tomo nidan muassasa rahbari nomiga yoziladi. Unda ish (o‘qish) jarayonida xodim (talaba) tomonidan sodir etilgan ba’ zi xattiharakatlar (masalan, ish yoki o‘qishga kech qolish, kelmay qolish, reja yoki ayrim topshiriqni bajarmagan lik, belgilangan tartibqoidalarga rioya qilmaganlik va boshqalar) va ularning sabablari izohlanadi, dalillana di. Bevosita xodim (muallif) tomonidan imzolanadigan bunday tushuntirish xati oddiy qog‘ozga yoziladi. Shaxsiy tushuntirish xatlari, odatda, mansabdor (rahbar) shaxs ning talabi bilan yoziladi, chunki u keyinchalik xodim haqida muayyan qarorga kelish, unga nisbatan tegishli in tizomiy jazo chorasi qo‘llash yoki, dalillar asosli (uzrli) bo‘lsa, qo‘llamaslik uchun asos vazifasini o‘tashi mumkin. Umuman, tushuntirish xati quyidagi zaruriy qismlar dan iborat bo‘ladi: Tushuntirish xati 302 1. Hujjat yo‘llanayotgan tashkilot yoki mansabdor shaxs ning to‘liq nomi. 2. Hujjatni tayyorlagan (yozgan) muassasa yoki shaxs ning to‘liq nomi. 3. Hujjat turining nomi (Tushuntirish xati). 4. Hujjat matni (mazmuni). 5. Imzo. 6. Sana (hujjat yozilgan vaqt). Tashqi, xizmat yuzasidan korxona, muassasa va hoka zolar nomidan yoziladigan tushuntirish xatlari xos ish qog‘ozida rasmiylashtiriladi va ularning to‘liq nomi ushbu ish qog‘ozida aks etadi. Ichki tushuntirish xatla rida esa rahbar yoki xodimning to‘liq nomi deyilganda, u ishlaydigan (o‘qiydigan) bo‘linmaning nomi, shaxs la vozimi, ismi, otaismining bosh harflari va familiyasi nazarda tutiladi. Zaruriy qismlari va yozilish shakli jihatidan tushun tirish xati arizadan deyarli farq qilmaydi, tarkibiy qismlarining joylashishi ham bir xil. Faqat shaxsiy tu shuntirish xatining muallifi arizadagiday chiqish keli shigida emas, balki qaratqich kelishigida rasmiylashti rilgani ma’qul. 4–9ilovalarda shaxsiy xususiyatdagi tushuntirish xatlariga bir necha namunalar berildi. Muassasa no midan yoziladigan tushuntirish xatlari boshqa asosiy hujjatlarga bog‘liqligi sababli ularga oid namunalar berilmadi. Shaxsiy tushuntirish xati namunalari 4-ilova «O‘zbekko‘mir» aksiyadorlik jamiyati Angren qo‘ng‘ir ko‘mir koni shaxta boshlig‘i E.S.Latipovga Ishlab chiqarish intizomining buzilganligi haqida TUSHUNTIRISH XATI 2018 yil 9 iyun kuni men navbatchilik qilgan birinchi sme nada ko‘miro‘ygich mashinani elektr toki bilan ta’minlaydigan kabel uzilib ketdi. Ma’lumot-axborot hujjatlari 303 Kabelning uzilishi quyidagi sababga ko‘ra ro‘y berdi: ishchi M.K.Salimov birinchi konveyerni boshqarish chog‘ida ko‘miro‘y gich kabelini o‘rab qo‘ymagan, natijada konveyer bloki kabelga ishqalanib, uni uzib ishdan chiqargan va mashina to‘xtab qolgan. Ishchi M.K.Salimov avval ham texnika xavfsizligi qoida larini buzib kelgan va tegishli ravishda jazosini olgan edi. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, M.K.Salimovga yana da qatiyroq intizomiy jazo choralarini qo‘llash zarur deb hi soblayman. Tog‘kon muhandisi (imzo) P.T.Maqsudov 2018.10.06 E’LON Ko‘pchilikni yoki ma’lum guruhdagi shaxslarni yaqin orada (kelgusida) bo‘ladigan bironbir tadbir – majlis, uchrashuv, suhbat, shuningdek, ishga, o‘qishga qabul qilish va boshqalar haqida xabardor qilish uchun qo‘llanuvchi yozma ax borot. E’lonning zaruriy qismlari: 1. Nomi (E’lon). 2. E’lon qilinayottan tadbirning vaqti, o‘tkazilish joyi. 3. Tadbirning mavzusini o‘zida aks ettiruvchi matn. 4. Tadbir o‘tkazuvchilar nomi (odatda, bo‘ladigan tadbir ni e’lon qilayotgan tashkilot, organning nomi: «Ma’muri yat», «Kuzatuv kengashi», «Yozuvchilar uyushmasi», «Tashkiliy qo‘mita» tarzida beriladi). E’lon, mavzusiga va undan ko‘zlangan maqsadga ko‘ra, turli shakllarda bo‘lishi mumkin (1–5ilovalarga qarang). Eьlon namunalari 1-ilova E’LON Shu yil 12 iyul kuni soat 15.00 da O‘zR FA O‘zbek tili, ada biyoti va folklori institutining majlislar zalida institut kasaba uyushmasi qo‘mitasining hisobotsaylov yig‘ilishi bo‘ladi. Kun tartibi: 1. Kasaba uyushmasi qo‘mitasining hisoboti. 2. Taftish komissiyasining hisoboti. 3. Kasaba uyushmasi qo‘mitasining yangi tarkibini saylash. Download 224.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling