Necha asrlar mobaynida goh yuksak rivoj-u shuhrat topgan


-cyemestr XODIMLAR FAOLIYATIGA DOIR HUJJATLAR


Download 224.01 Kb.
bet18/28
Sana03.02.2023
Hajmi224.01 Kb.
#1148711
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28
Bog'liq
DTIY majmua

7-cyemestr
XODIMLAR FAOLIYATIGA DOIR HUJJATLAR
1 MEHNAT DAFTARCHASI
O‘zR Mehnat kodeksiga binoan, mehnat daftarchasi xo­
dimning mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjatdir.
Ish beruvchi korxona besh kundan ortiq ishlagan barcha xo­
dimlarga mehnat daftarchasini tutishi shart, o‘rindoshlik
asosida ishlovchilar bundan mustasno. Ish beruvchi mehnat
daftarchasiga ishga qabul qilish, boshqa doimiy ishga o‘t­
kazish va mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni yozishi shart. Xodimning iltimosiga ko‘ra,
mehnat daftarchasiga o‘rindoshlik asosida ishlagan va
vaqtincha boshqa ishga o‘tkazilgan davrlar haqidagi yozuvlar
kiritiladi. Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari
(sabablari) mehnat daftarchasiga yozilmaydi (81­modda).
Ishga kiruvchi har bir xodim ma’muriyatga belgilangan
tartibda rasmiylashtirilgan mehnat daftarchasini topshi­
rishga majburdir (mehnat daftarchasisiz ishga qabul qi­
linmaydi). Birinchi bor ishga qabul qilinayotganlar uchun
ular ishga qabul qilingan kundan boshlab bir hafta ichida
yangi mehnat daftarchasi to‘ldiriladi.
Mehnat daftarchasidagi barcha yozuvlar kadrlar shaxsiy
tarkibiga oid buyruqlar bilan aynan mos kelishi kerak.
Mehnat daftarchasida tuzatishlarga, qo‘lda ustidan yozib qo‘­
yish yoki o‘chirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Basharti ayrim tuzatish­
lar qilishga to‘g‘ri kelsa, bu holat «tuzatish to‘g‘ri»so‘zi bi­
lan qayd qilinib, imzo va muhr bilan tasdiqlanadi.
Mehnat daftarchasining birinchi sahifasida (sarva­
rag‘ida) uning egasi to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar (fa­
miliyasi, ismi, otaismi, tug‘ilgan sanasi, ma’lumoti, kasbi, ixtisosligi) ko‘rsatiladi. Familiyasi o‘zgarganda, ma’lu­
moti oshganda va shu kabilarda so‘nggi ish joyida mehnat
daftarchasiga kerakli o‘zgartirishlar kiritiladi.
Mehnat daftarchasining «Ishi to‘ g‘r isida ma’lu­
motlar » bo‘limida muassasaning to‘liq nomi sarlavha
tarzida ko‘rsatiladi. So‘ng ishga qabul qilish to‘g‘risida,
boshqa doimiy ishga o‘tkazish va ishdan bo‘shatish to‘g‘risi­
da ma’lumotlar yoziladi. Xodim qabul qilingan yoki o‘tka­
zilgan ish yoki lavozimi nomi, uzluksiz mehnat stajining
tiklanishi va saqlanishi to‘g‘risidagi yozuvlar qayd qili­
nadi. Basharti ish davomida ishchiga yangi malaka darajasi
berilsa, bu haqda ham tegishli yozuv qayd etiladi.
Mehnat daftarchasining «Mukofotlar to‘g‘risidagi
ma ’ l u m o tl a r » bo‘limida tegishli farmonlar asosida orden­
lar va medallar bilan mukofotlash, faxriy unvonlar va dav­
lat mukofotlari berish to‘g‘risidagi, yuqori tashkilotlar to­
monidan ko‘krakka taqiladigan nishonlar, diplomlar, faxriy
yorliqlar berilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar qayd etiladi.
«Rag‘batlantirish to‘g‘risida ma’lumotlar»
bo‘limida quyidagi ma’lumotlar yoziladi: ichki mehnat
tartib­qoidalari va intizom ustavlarida ko‘zda tug‘ilgan
ishdagi muvaffaqiyatlar uchun rag‘batlantirishlar (tashak­
kur e’lon qilish, mukofot berish, qimmatbaho sovg‘alar
bilan mukofotlash va boshqalar); amaldagi qonunlarga
muvofiq boshqa rag‘batlantirishlar; diplomlarga sazovor
bo‘lgan kashfiyotlar to‘g‘risida, foydalanilgan ixtirolar
va rasionalizatorlik takliflari va shu munosabat bilan
to‘langan pul mukofotlari to‘g‘risida. Ish haqi tizimida
ko‘zda tutilgan mukofotlar, shuningdek, muntazam berib
boriladigan mukofotlar mehnat daftarchasiga kiritilmay­
di. Tanbehlar ham mehnat daftarchasiga yozilmaydi. Mehnat
daftarchasining so‘nggi, «Nafaqa tayinlash to‘g‘risida
ma’lumotlar » bo‘limida xodimga nafaqa tayinlash haqi­
dagi buyruq ko‘chirmasi, sanasi ko‘rsatilgan holda yoziladi.
Xodim ishdan bo‘shatilganda, muayyan tashkilotda ishla­
gan vaqtida mehnat daftarchasiga kiritilgan barcha yozuvlar
Xodimlar faoliyatiga doir hujjatlar
395
rahbar (yoki uning maxsus vakolatiga ega bo‘lgan shaxs) imzo­
si bilan tasdiqlanadi va muhr bosiladi.
Mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni ma’muriyat
(ish beruvchi) xodimga uning mehnat daftarchasini va mehnat
shartnomasining bekor qilinishi haqidagi buyruqning
nusxasini berishi shart (O‘zR Mehnat kodeksi, 108­modda).
Mehnat daftarchasining biror bo‘limidagi sahifalar
to‘lib qolgan hollarda ular orasiga suqma varaq qo‘yiladi.
Mehnat daftarchasi bir marta beriladi. Basharti u
yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelib qolgan bo‘lsa, uning ega­
siga mehnat daftarchasining ikkinchi nusxasi (dublika­
ti) beriladi. Bunday holda yaroqsiz bo‘lib qolgan mehnat
daftarchasining birinchi sahifasiga «O‘rniga ikkinchi
nusxa berildi»deb yozib qo‘yiladi, daftarcha esa egasiga
qaytariladi.
Mehnat daftarchalari ishxonalarda maxsus temir ja­
vonlarda saqlanadi.
335–337­betlarda «Mehnat daftarchasi» sahifalari
shakli va uni to‘ldirish namunasi berildi.
MEHNAT DAFTARCHASI
FamiliyasiBoboyeva
IsmiZulfiya
OtaismiNurmatovna
Tug‘ilgan vaqti1988. 09. 04
(yil, kun, oy)
Ma’lumotio‘rta
(to‘liqsiz o‘rta, o‘rta, oliy)
Kasbi, mutaxassisligisotuvchi
To‘ldirilgan vaqti2019 y. «16» avgust
Daftarcha egasining imzosi ________________ (imzo)
___________
Mehnat daftarchasini berishga
Muhr o‘rni mas’ul shaxsning imzosi
________________
(imzo)


Download 224.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling