Necha asrlar mobaynida goh yuksak rivoj-u shuhrat topgan


Download 224.01 Kb.
bet26/28
Sana03.02.2023
Hajmi224.01 Kb.
#1148711
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
DTIY majmua

O‘z-o‘zini nazorat qilish, muhokama uchun savol va topshiriqlar
1.O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”, “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi qonunlarini o‘qing.
2.“Davlat tili haqida”gi qonunning moddalari va ularning hayotga tatbiq etilishi bo‘yicha fikrlaringizni yozma bayon eting.
3.O‘zingiz yashayotgan hudud, tahsil olayotgan o‘quv yurtingizda ish yuritish qay holatda ekanligi to‘g‘risidagi fikrlaringizni yozma bayon eting.
3.Shaxsiy ish qog‘ozlari uslubi
Rasmiy ish yuritish uslubining o’ziga xos xususiyatlaridan biri-unda badiiy tasvir vositalarining bo’lmasligi, ma'lum bir qolipga tushgan stryeotip iboralar va nutqiy atamalarning qo’llanishidir.


B I L D I R I SH N O M A
Muayyan muassasa rahbariga xizmat faoliyati bilan aloqador muhim masalalar yuzasidan yoki yuqori idora, mansabdor shaxsga biron bir voqyea va hodisa haqida xabardor qilgan zarurati tug’ilganda taqdim etiladigan mufassal yozma axborot.
Unda, odatda bayon qilinayotgan masalalar bo’yicha tuzuvchi (yozuvchi) ning takliflari aks etadi. Kimga yo’nalganiga qarab bildirshnoma ichki va tashqi turlarga ajratiladi.
Ichki bildirishnoma o’z muassasasi rahbariga yoki bo’lim mudiriga yoziladi.
Tashqi bildirishnoma muassasa rahbari tomonidan yuqori idoraga yoziladi.
Bildirishnoma tashabbus, axborot va hisobot xususiyatlariga ega.
Bildirishnomaning zaruriy qismlari:
1. Bildirishnoma yo’llangan rahbarning lavozimi, ismi va ota nomining bosh harflari hamda yo’nalish kyelishigidagi familiyasi.
2. Bildirishnoma tayyorlangan shaxsning lavozimi, ismi va ota ismining bosh harflari hamda chiqish kyelishigidagi familiyasi.
3. Hujjat nomining turi (Bildirishnoma).
4. Matn sarlavhasi.
5. Bildirishnoma matni (mazmuni).
6. Qancha varaqlaligi ko’rsatilgan ilovalar ro’yxati (agar ilova bor bo’lsa).
7. Bildirishnoma tayyorlovchi xodim yoki rahbarning imzosi (agar bir nyecha shaxs tomonidan tayyorlangan bo’lsa, u barcha mualliflar tomonidan imzolanadi).
8. Bildirishnoma taqdim etilgan sana (muallif yoki muassasa rahbari tomonidan bildirishnoma imzolanayotgan paytda qo’yiladi).


Download 224.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling