Necha asrlar mobaynida goh yuksak rivoj-u shuhrat topgan
Hujjatlarni idoraviy arxivda saqlash va ularni
Download 224.01 Kb.
|
DTIY majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-semestr Ish hujjatlari va ularga qo`yiladigan talablar.
6 Hujjatlarni idoraviy arxivda saqlash va ularni
vaqtincha foydalanishga berish tartibi Idoraviy arxiv mudiri hujjatlarni va hujjatlar yig‘majildlarini qabul qilishda ularning to‘g‘ri to‘ldi rilganligini tekshiradi. Hujjatlar va hujjatlar yig‘majildlari arxivda O‘zbe kiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi tomonidan belgilangan tartibda saqla nadi. Hujjatlar yig‘majildlari arxivdan tashkilotlar xodimlari so‘rovlari bo‘yicha tilxat bilan beriladi. Ar xivdan olingan hujjatlarga biror belgi qo‘yish va yozuvlar tagiga chizish taqiqlanadi. Doimiy saqlanadigan hujjatlar yig‘majildlaridan hujjatlarni olib qo‘yishga va berishga ruxsat etilmaydi. Istisno hollarda prokuratura va sud organlarining so‘rov lari bo‘yicha, tashkilot rahbarining ruxsati bilan olish olib qo‘yilgan hujjatning aniq tasdiqlangan nusxasini hujjatlar yig‘majildida majburiy qoldirish va hujjat aslining olinish sabablari to‘g‘risidagi dalolatnomani solib qo‘yish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Arxivdan olingan hujjatlar zarurat tugashi bilanoq, biroq 15 kundan kechiktirmasdan, arxivga qaytarilishi ke rak. Arxiv mudiri hujjatlar va hujjatlar yig‘majildla rining o‘z vaqtida qaytarilishini nazorat qilib boradi. Tashkilotda ishlamaydigan shaxslarni hujjatlar yig‘ majildlaridan foydalanishga qo‘yish faqat tashkilot rah barining yozma ruxsatnomasi bo‘yicha amalga oshiriladi. Hujjatlar yig‘majildlari va hujjatlar idoraviy ar xivda 15 yil davomida saqlanadi, shundan so‘ng belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxi viga beriladi. Arxiv mudiri arxivga topshirilgan hujjatlar yig‘ma jildlarining saqlanishiga, ularni davlat saqloviga top shirish uchun tayyorlashga javobgar hisoblanadi 8-semestr Ish hujjatlari va ularga qo`yiladigan talablar. Hujjatchilik tilining o‘ziga xos uslubi, mazmuniy to‘liqlikdan iborat zaruriy sifatlar, o‘ziga xos so‘z qo‘llash, morfologik va sintaktik xususiyatlar orqali ta’min etiladi. Hujjatlar o‘ziga xos uslubga ega. Hujjatda ot va fe’lga tegishli so‘zlar ko‘proq qo‘llaniladi. Sintaktik xususiyatidan kelib chiqib asosan, darak va buyruq gaplar ishlatiladi.Hujjatlar tilida turg‘unlashgan, qoliplashgan so‘z birikmalaridan ko‘proq foydalaniladi. Masalan, buyruqda quyidagicha qoliplashgan tuzilmalar qo‘llanishi mumkin: 1) “. . . so‘m maosh bilan . . . lavozimiga tayinlansin”; 2) “. . . o‘z xohishiga ko‘ra . . . lavozimidan bo‘shatilsin”; 3) “. . . boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan . . . lavozimidan bo‘shatilsin”; 4) “. . . ga . . . dagi faol va samarali ishtiroki uchun tashakkur e’lon qilinsin”; 5) “. . . ga o‘z bo‘limida intizomni bo‘shashtirib yuborganligi uchun hayfsan e’lon qilinsin” va h.k. 1.Tuzilish o‘rniga ko‘ra ichki va tashqi hujjatlar farqlanadi: Download 224.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling