Necha asrlar mobaynida goh yuksak rivoj-u shuhrat topgan
Download 224.01 Kb.
|
DTIY majmua
3 HUJJATLAR USTIDA ISHLASH
TARTIBOTI Tashkilotga kelgan hujjat harakatda bo‘ladi, ko‘chma ma’noda aytganda «yuradi». Bu harakat hujjat kelgan yoki tuzilgan paytdan boshlab, to ijrosi bajarilib, yig‘ma jildga yuborilishi yoki topshirilishigacha bo‘lgan jarayon ni qamrab oladi. Hujjatlar oqimini uch turga ajratish mumkin: 1. Olinma hujjatlar – boshqa tashkilotlardan keladi gan hujjatlar. 2. Jo‘natma hujjatlar – boshqa tashkilotlarga yubori ladigan hujjatlar. 3. Ichki hujjatlar – tashkilotning ichida tuzilib, bosh qaruv jarayonida xodimlar tomonidan foydalaniladigan hujjatlar. Olinma hujjatlar quyidagi jarayonlardan o‘tadi: – qabul qilish; – dastlabki ko‘rib chiqish; – qayd etish; – rahbar tomonidan ko‘rib chiqish; – ijro uchun topshirish. Hujjatlarni qabul qilish va dastlabki ishlash markaz lashtirilgan holda ishlar boshqarmasi, umumiy bo‘linma, devonxona yoki kotib * tomonidan amalga oshiriladi. Hujjatlar solingan xatjild yoki paket olinar ekan, ular huquqiy jihatdan qanchalik to‘g‘ri rasmiylashtiril ganligi, ularga ilovalar boryo‘qligi (busbutunligi) tekshirib ko‘riladi, so‘ng ochiladi. Hujjatlar yetishmas ligi yoki yaroqsizlanganligi aniqlanganda, ikki nusxada dalolatnoma tuziladi. Ulardan biri devonxonada qoladi, ikkinchisi hujjat kelgan tashkilotga jo‘natiladi. Jo‘na tilayotganda, qaytarilish sababi ko‘rsatilib, ilova xat yoziladi. Adashib jo‘natilgan hujjatlar, hujjatga birga kelgan xatjildni ilova qilgan holda, belgilangan joyiga * Bundan keyingi o‘rinlarda bular qaytarilmay, «devonxona» deyi ladi. Xodimlar faoliyatiga doir hujjatlar 421 yangi xatjildlarda jo‘natiladi yoki yuboruvchiga qaytarila di. Kelib tushgan hujjatlar, xatjildlari jo‘natuvchining manzilini, hujjatning jo‘natilgan va olingan vaqtini faqat xatjild bo‘yicha aniqlash mumkin bo‘lgan hollarda, yo‘q qilinmaydi. «Shaxsiy» ustxati bo‘lgan yoki jamoat tashkilotlari nomiga yo‘llangan hujjatlar ochilmay, bel gilangan oluvchiga beriladi. Hujjatlar devonxonada dastlabki ko‘ruvdan o‘tkazila yotganda, bevosita tashkilot rahbari ko‘radigan hujjatlar alohida ajratiladi. Bunday hujjatlarga tashkilot fao liyatining asosiy masalalari bo‘yicha axborotlar mavjud bo‘lgan va rahbariyat qarorini talab etuvchi hujjatlar, xu susan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administra siyasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va yuqori tashkilotlardan olingan hujjatlar kiradi. Qolgan hujjatlar rahbar o‘rinbosarlariga ular o‘rtasida vazifa larning taqsimlanishiga muvofiq yo‘llanadi. Kundalik tezkor ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan, tayin bo‘linmaga yoki mansabdor shaxsga yo‘naltirilgan hujjatlar rahbariyatga ko‘rsatilmasdan o‘tkazilishi ham mumkin. Bu rahbarni bosh qa mas’ul ijrochilar ham hal qilishi mumkin bo‘lgan may dachuyda ishlardan ozod qilish imkoniyatini beradi. Hujjatlarni dastlabki ko‘rib chiqish va ijro etuvchi larga berish ularning kelib tushgan kunida yoki, ish payti bo‘lmagan vaqtda kelib tushganda, birinchi ish kunida amal ga oshirilishi kerak. Bir necha tarkibiy bo‘linmalar tomo nidan ijro etiladigan hujjatlar ularga navbat bilan yoki bir vaqtning o‘zida nusxalarda beriladi. Hujjatning asli munosabat belgisida birinchi ko‘rsatilgan ijrochiga beri ladi. Hujjatlarni ko‘paytirish zarurati va nusxalar soni ijroni tashkil etuvchi shaxs tomonidan belgilanadi. Kelgan hujjatni shoshilinch ravishda ijro etish za rurati tug‘ilganda, tashkilot rahbari ko‘rib chiqqunga cha, uning mazmuni bilan ijrochini tanishtirib chiqish ga yo‘l qo‘yiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administra siyasi va Vazirlar Mahkamasidan olingan huj jatlar, olingandan so‘ng bir soat mobaynida ijro etuvchi larga yetkaziladi. Xodimlar faoliyatiga doir hujjatlar 422 Jo‘natma hujjatlarni ishlash va jo‘natish, amalda gi poch ta qoidalariga muvofiq, markazlashtirilgan holda devonxona tomonidan bajariladi. Xatjildga joylashti rishdan avval hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilgan ligi, ilovaning borligi va busbutunligi, nusxalar soni ning oluvchilar soniga muvofiqligi tekshiriladi. To‘liq rasmiylashtirilmagan yoki noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan hujjatlar puxta ishlash uchun ijrochiga qaytarilishi ke rak. Buyurtma xatxabarni jo‘natish ro‘yxati tuziladi, unga devonxona xodimi o‘zining familiyasi va jo‘natish sanasi ni qo‘yadi. Mashinada o‘qiladigan hujjatlarni jo‘natish ilova xati bor bo‘lganda amalga oshiriladi. Ilova xat nus xasi umumiy asoslarda yig‘majildga tikiladi. Jo‘natish uchun tayyorlangan hujjatlar o‘sha kunning o‘zida yoki kelgusi ish kunidan kechiktirmasdan ishlanishi va jo‘natilishi kerak. Ichki hujjatlar tarkibiy bo‘linmalardagi tegishli mas’ul shaxslarga qaydnoma daftariga imzo chektirilgani holda yoki ro‘yxatga olingan shaklda beriladi. Tashkilot hujjatlari (ayrim tarkibiy bo‘linmalar va hujjatlar turkumi bo‘yicha) ham to‘liq, ham tanlab hi sobga olib boriladi. Fuqarolar takliflari, arizalari va shikoyatlari mustaqil ravishda hisobga olinadi. Hujjat lar sonini hisoblab chiqishda har qaysi nusxa, shu jumla dan, ko‘paytirilgan va kompyuterda yozilganlari ham bitta birlik sifatida hisoblanadi. Hujjatlar aylanishining hisobkitob natijasi tashkilot rahbariga vaqtivaqtida yetkazib turiladi. Bu hujjatlar ustidagi ishlarni tako millashtirishda choralar ishlab chiqishga yordam beradi. Download 224.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling