Necha asrlar mobaynida goh yuksak rivoj-u shuhrat topgan
Download 224.01 Kb.
|
DTIY majmua
VASIYATNOMA
Farg‘ona viloyati Quva shahri, ikki ming o‘n sakkizinchi yil-ning yigirma uchinchi aprel kuni Men, Quva shahar Farg‘oniy ko‘chasi 158-uyda yashovchi Sodiq Sobirovich Ikromov, vafotim oldidan ushbu vasiyatnoma orqali quyidagi topshiriqni beraman: 1. Mening vafotim oldidan menga tegishli bo‘lgan barcha mol-mulkimni, jumladan, Quva shahar Farg‘oniy ko‘chasidagi 54-raqamli hovli-joyimni, uning nimalardan iborat ekanli-gidan va qayerda joylashganligidan qat’i nazar, qizim, Nazira Sodiqovna Abdukarimovaga vasiyat qilib qoddiraman. 2. Menga O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi-dagi 1142-moddaning mazmuni, ya’ni merosdan majburiy ulush olish huquqiga ega bo‘lgan merosxo‘rlar haqida notarius tomo-nidan tushuntirish berildi. Ushbu vasiyatnoma ikki nusxada tuzilib imzolandi: ular-ning biri saqlash uchun Quva shahar davlat notarial idorasida qoldirildi, ikkinchisi vasiyat qiluvchi S.S.Ikromovga berildi. (Imzo) S.S.Ikromov Vasiyatnomadagi tasdiqlovchi yozuv (ustxat) Ushbu vasiyatnomani 2018 yil 23 aprel kuni men, Farg‘ona viloyati Quva shahar davlat notarial idorasining davlat nota-riusi Abdusattor Abduqahhorovich Mamadaliyev, fuqaro Sobir Sodiqovich Ikromovning xohish-irodasiga binoan va amaldagi qonunlarga rioya qilgan holda tasdiqladim. Vasiyatnoma fuqaro Sobir Sodiqovich Ikromov tomoni-dan mening huzurimda imzolandi. Vasiyat qiluvchining shaxsi aniqlandi, muomalaga layoqatliligi tekshirildi, ushbu notari-al harakatni amalga oshirish chog‘ida uning muomalaga layoqatli-ligi to‘g‘risida biron-bir shubha tug‘ilmadi. Ro‘yxat (reyestr)ga 1234 raqami bilan qayd etildi, 62060 so‘m miqdorida davlat boji olindi. Davlat notariusi (imzo) A.A.Mamadaliyev Muhr Notarial tasdiqlangan vasiyatnomalarga tenglashtiril-gan vasiyatnomalar. O‘zbekiston Respublikasi «Notariat to‘g‘risidagi» qonunining 26-moddasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1126-moddasiga bi-noan, notarius bo‘lmagan joylarda va hollarda quyidagilar notarial tasdiqlangan vasiyatnomalarga tenglashtirilgan va-siyatnomalar hisoblanadi: – kasalxonalar, gospitallar, boshqa stasionar davolash muassasalarida davolanayotgan yoki qariyalar va nogironlar uylarida yashab turgan fuqarolarning ana shu kasalxonalar, gospitallar, boshqa davolash muassasalarining bosh vrachla-ri, ularning davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari yoki nav-batchi vrachlari, shuningdek, gospitallarning boshliqlari, qariyalar va nogironlar uylarining direktorlari yoki bosh vrachlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari; – fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i osti-dagi kemalarda suzib yurgan vaqtida ana shu kemalarning ka-pitanlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari; – qidiruv ekspedisiyalari va shu kabi boshqa ekspe-disiyalardagi fuqarolarning ana shu ekspedisiyalar bosh-liqlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari; – harbiy xizmatchilarning, notariuslar bo‘lmagan yer-larda joylashgan harbiy qismlarda esa, bu qismlarda ishla-yotgan harbiy bo‘lmagan fuqarolar, ularning oila a’zolari va harbiy xizmatchilar oila a’zolarining ham harbiy qismlar-ning komandirlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari; – ozodlikdan mahrum etish joylarida yoki qamoqda saqlanayotgan shaxslarning tegishli muassasalar boshliqlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari; – notarius bo‘lmagan aholi maskanlarida yashayotgan shaxslarning qonunga muvofiq notarial harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslar tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari. Yuqorida aytib o‘tilganidek, vasiyat qiluvchi istalgan vaqtda o‘z vasiyatnomasini to‘laligicha bekor qilishga yoxud unda mavjud bo‘lgan ayrim vasiyat farmoyishlarini yangi vasiyatnoma tuzish orqali bekor qilishga, o‘zgartirishga yoki to‘ldirishga haqli. Vasiyatnoma vasiyat qiluvchi tomonidan yoki vasiyat qi-luvchining yozma farmoyishiga binoan notarius yoki boshqa mansabdor shaxs tomonidan uning barcha nusxalarini yo‘q qilib tashlash yo‘li bilan bekor qilinishi mumkin. Yangi vasiyatnoma tuzish orqali oldin tuzilgan vasiyat-noma to‘laligicha yoki uning keyingi vasiyatnomaga zid qismi bekor qilinadi. Notarius, vasiyatnomani tasdiqlovchi boshqa mansabdor shaxs, shuningdek, vasiyat qiluvchining o‘rniga vasiyatnomani imzolagan fuqaro meros ochilgunga qadar vasiyatnomaning mazmuniga, uning tuzilishi, bekor qilinishi yoki o‘zgartiri-lishiga daxldor ma’lumotlarni oshkor qilishga haqli emas. Download 224.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling