Necha asrlar mobaynida goh yuksak rivoj-u shuhrat topgan
-semestr III. MA’LUMOT-AXBOROT HUJJATLARI
Download 224.01 Kb.
|
DTIY majmua
6-semestr
III. MA’LUMOT-AXBOROT HUJJATLARI Ma’lumot-axborot hujjatlari anchayin katta guruh-ni tashkil qiladi, ular ish yuritish jarayonida, ayniqsa, ko‘p ishlatiladi. Bu guruh ariza, bayonnoma, bildirishnoma, vasiyatnoma, dalolatnoma, ishonchnoma, ma’lumotnoma, tav-sifnoma, tavsiyanoma, taklifnoma, tarjimai hol, tushunti-rish xati, e’lon, hisobot kabi hujjatlarni o‘z ichiga oladi. ARIZA Muayyan muassasaga yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat. Ariza amaliyotda eng ko‘p qo‘llanadigan va keng tarqalgan ish qog‘ozidir. Maktab o‘quvchisi va talaba, mene-jer va fermer, muhandis va olim, tadbirkor va mansabdor shaxs – jamiyatning barcha a’zosi ariza yozishdan xoli emas. Ariza yozuvchilarning yoshi va lavozimi, ariza yo‘llanayotgan muassasalar va idoralar g‘oyat xilma-xildir. Arizalar il-miy-tadqiqot muassasasi direktoriga, maktab direktori-ga, oliy o‘quv yurti rektoriga, korxona direktoriga, tuman rahbariyatiga – xullas, oddiy arizachining taklif, iltimos yoki shikoyatini ko‘rib chiqib hal qila oladigan har qanday idora, har qanday boshliq nomiga yozilishi mumkin. Hajmi, uslubi va turidan qat’i nazar, ariza o‘zining umumiy zaruriy qismlariga ega va u ana shu qismlarning izchilligi asosida tuziladi. Arizaning zaruriy qismlari: 1. Ariza yo‘llangan muassasaning yoki mansabdor shaxs-ning nomi. 2. Ariza yozuvchining turarjoyi, vazifasi, ismi, ota-ismi va familiyasi. 3. Hujjatning nomi (Ariza). 4. Asosiy matn (taklif, iltimos, shikoyat). 5. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar nomi (agar za-rur deb topilsa). 6. Ariza yozuvchining imzosi, ismi va otaismi bosh harf-lari, familiyasi. 7. Ariza yozilgan vaqt (yil, kun va oy). Shuni eslatib o‘tmoq joizki, arizaning zaruriy qism-lari barcha arizalarda ham birday takrorlanavermaydi. Masalan, xodim o‘zi ishlayotgan korxona yoki idora rahbari-yatiga ariza yozganda, uning yashash joyi haqidagi ma’lumot zarur bo‘lmaydi. Bunday hollarda xodim o‘zi ishlaydigan bo‘lim va lavozimini ko‘rsatsa, kifoya. Shuningdek, ko‘pchi-lik arizalar uchun ilovalarning ham hojati bo‘lmaydi. Yuqorida sanab o‘tilgan zaruriy qismlarning odatdagi joylashuvi 1-ilovada ko‘rsatildi. Ariza ham boshqa har qanday rasmiy hujjat kabi aniq va qisqa jumlalar bilan tushunarli qilib yozilishi kerak. Ariza shakli 1-ilova Qayerga va kimga Ariza yozuvchining turarjoyi lavozimi, to‘liq nomi ARIZA Ariza matni mazmuni ilova Sana (yil, kun oy) Imzo F.I.O. Hujjat tilining aniqligi, tushunarliligi maqsad-ning tezroq amalga oshishiga xizmat qiladi. Ariza, asosan, qo‘lda yoziladi va mazmuni erkin bayon qili-nadi. Mazmuni va uslubiga ko‘ra arizalar bir xil emas: u bir necha so‘zdan iborat bo‘lishi, masalalar yuzasidan fikr-mu-lohazalar bildirilgan xat tarzida bo‘lishi ham mumkin. Shu nuqtai nazardan arizalar sodda va murakkab turlarga ajra-tiladi. Murakkab ariza matni katta bo‘lishi bilan birga, unga ilovalar qilinishi mumkin. Aksar hollarda arizalar shaxsiy xususiyatga egadir. Shuningdek, xizmat arizalari ham bo‘ladi. Xizmat arizasi – fuqarolar yoki tashkilotlarning o‘z huquqlarini amalga oshirish yoki manfaatlarini himoya qilish yuzasidan yozma axborotlaridir. Da’vo arizalari ana shunday arizalardandir. Iltimos va shikoyat mazmunidagi arizalar taklif mazmunini aks ettiruvchi arizalarga hamda da’vo arizalariga nisbatan ko‘p qo‘llanadi. Namuna 1-ilova Toshkent shahar Shayxontohur tumani MTB tasarrufidagi 384-maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari Marg‘uba Rustamovaga Ogahiy ko‘chasi 42-uyda yashovchi K.I.Alimovdan ARIZA Qizim – Sevinch Nodirovani 20 avgustdan 384-maktabgacha ta’lim muassasasiga qabul qilishingizni so‘rayman. Ilova: 1. Tuman MTBning 2019 yil 20 avgustdagi yo‘llan-masi. 2. Maoshim haqidagi ma’lumotnoma. 3. Tug‘ilganlik guvohnomasidan ko‘chirma. 4. Tibbiyot ma’lumotnomasi. 2019.10.08 (imzo) (K.I.Alimov) Ishdan bo‘shatish haqidagi arizalardan namunalar 2-ilova Toshkent davlat agrar universiteti rektori ______________________ga institutning katta o‘qituvchisi Rustam Soliyevdan ARIZA Meni institutning katta o‘qituvchisi lavozimidan o‘z ixti-yorimga ko‘ra ozod etishingizni so‘rayman. 2018.20.12 (imzo) R.Soliyev Arizalarning navbatdagi keng tarqalgan turi o‘quv yurtla-riga kirish yoki muayyan masalada yordam ko‘rsatish haqidadir. O‘qishga kirish uchun yoziladigan arizalarning barchasiga zaru-Ariza 164 riy hujjatlar ilova qilinadi. O‘quv yurtlariga taqdim etiladigan anketa-qolip shaklidagi aksariyat arizalar har turdagi o‘quv yurtlariga moslab tayyorlangan bo‘lib, ular asosan, o‘zbek, kerakli o‘rinlarda rus tilida rasmiylashti-rib kelinmoqda; bunday arizalarda ortiqcha o‘rinlar ham uchraydi (ular tarjimai hol, kadrlarning shaxsiy varaqa-si, ma’lumotnoma kabi hujjatlarning xususiyatlarini umumlashtirib olgan). Shuning uchun ham bir qolipdagi arizalarni qayta ko‘rib chiqib, ixchamlashtirib, asosan, o‘z-bek tilidagi shaklini muomalada qoldirish zarur. Biz o‘quv yurtlariga kirish haqidagi anketa qolip tarzidagi ariza namunasini keltirib o‘tirmadik, chunki u yerda har bir yozi-lajak javobning savoli bandma-band keltirilgan bo‘ladi. O‘qishga qabul qilish haqidagi sodda ariza namunasi 10-ilova Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi 47-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori A.Rahimovga 9-sinf o‘quvchisi Odil Salimovdan ARIZA Ota-onam bilan Bo‘stonliq tumaniga doimiy yashash uchun ko‘-chib kelganimiz sababli meni shu maktabning 9-sinfiga qabul qilishingizni so‘rayman. 2018.08.05 (imzo) O.Salimov Endi talabalarning ta’lim olish jarayonida sharoit taqozosi bilan yozishi mumkin bo‘lgan arizalardan namu-nalar (11 – 14-ilovalar) keltiramiz: O‘qishga qabul qilish haqidagi sodda ariza namunasi 10-ilova Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi 47-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori A.Rahimovga 9-sinf o‘quvchisi Odil Salimovdan ARIZA Ota-onam bilan Bo‘stonliq tumaniga doimiy yashash uchun ko‘-chib kelganimiz sababli meni shu maktabning 9-sinfiga qabul qilishingizni so‘rayman. 2018.08.05 (imzo) O.Salimov Ma’lumot-axborot hujjatlari 165 Talabalar yozishi mumkin bo‘lgan arizalar namunalari 11-ilova Toshkent tibbiyot akademiyasi Davolash fakultetining dekani A.H.Husanovga 1-bosqich talabasi Najim Toshqulovdan ARIZA Viloyatdan kelganimni inobatga olib, menga talabalar tu-rarjoyidan joy berishingizni so‘rayman. 2019.14.08 (imzo) N.Toshqulov 12-ilova Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Pedagogika va psixologiya fakultetining dekani M.O.Odilovga 2-bosqich talabasi Sobir Mahmudovdan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti rektori _____________ga Mexanika fakultetining 3-bosqich talabasi Rahima Salimovadan ARIZA Sog‘lig‘im yomonlashganligi va uzoq vaqt davolanishim zarur-ligi tufayli menga bir yillik o‘quv (akademik) ta’tili beri-shingizni so‘rayman. Arizamga tibbiyot muassasasining xulosasi ilova qilindi. 2018.19.02 (imzo) R.Salimova Fuqarolar rasmiy va jamoat tashkilotlariga ham turli mazmundagi arizalar bilan murojaat etadilar. Bu arizalar vositasida davlat idoralari yoki jamoat tashkilotlari orqa-li muayyan haq-huquqlarini amalga oshiradilar. Shu bilan birga, shikoyat mazmunidagi arizalarda fuqa-rolarning haq-huquqlarini, qonun yo‘li bilan muhofaza qi-linadigan manfaatlarini buzish yoki cheklashlarni bartaraf qilish haqida murojaatlar o‘z aksini topadi. Tegishli adabiyotlarda fuqarolarning davlat va jamoat tashkilotlariga rasmiy tarzda yozadigan shaxsiy arizalari taxminan quyidagicha tasnif etilgan: – ijtimoiy ta’minot masalalari bo‘yicha tegishli vazir-lik, shahar, tuman, viloyat ijtimoiy ta’minot bo‘limlariga, mahalla idoralariga yoziladigan arizalar; – ma’muriy, huquq va boshqa idoralarga yoziladigan ari-zalar; – fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYO) idoralariga yoziladigan arizalar; – notarial idoralarga va notarial harakatlarni amalga oshiruvchi boshqa idoralarga yoziladigan arizalar; – fuqarolarning turli darajadagi sudlar, prokuratura singari idoralarga yozadigan va ular tomonidan ko‘rib chiqi-ladigan arizalari; – uy-joy-kommunal idoralariga yoziladigan arizalar. Mazkur tasnif asosida muayyan guruhlarga bo‘lingan arizalar ham, o‘z navbatida, mazmun jihatidan turli-tuman bo‘ladi. Masalan, fuqarolar ko‘p bolali yoki yolg‘iz onalarga, kam ta’minlangan oilalarning bolalariga nafaqa va yordam pullari belgilash, ijtimoiy ta’minot bo‘limlariga nafaqa belgilash, o‘z nafaqalarini qayta hisoblatish, ishlab chiqa-rishda orttirilgan mayiblik munosabati bilan ishchi va xiz-matchilarga yetkazilgan zararni qoplash, urush qatnashchilari va nogironlariga transport vositalarini (bepul yoki naqd pulga) berish, bolalikdan nogiron bo‘lganlarga har oylik na-faqalar berish, nogiron va nafaqaxo‘rlarga mo‘ljallangan internat uylarga qabul qilish, nogiron va nafaqaxo‘rlarni (dam olish uylari, davolash muassasalariga) yo‘llanmalar bilan ta’minlash haqida arizalar yozadilar. Download 224.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling