Necha asrlar mobaynida goh yuksak rivoj-u shuhrat topgan
Download 224.01 Kb.
|
DTIY majmua
II. FARMOYISH HUJJATLARI
Bu turdagi hujjatlar, asosan, tashkilot rahbari (direk-tor)ning buyruq, ko‘rsatma, farmoyishi hamda tashkilot (mu-assasa) qarorlari asosida yuzaga keladi. BUYRUQ Mazkur huquqiy hujjat muayyan muassasa oldida turgan asosiy va kundalik vazifalarni hal qilish maqsadida qo‘l-lanadi. Mohiyat-e’tibori bilan buyruqlar ikkiga bo‘linadi: asosiy faoliyatga oid va kadrlar shaxsiy tarkibiga oid. Ular ketma-ket tartibda alohida raqamlanadi va ayrim saqlanadi. Asosiy faoliyatga oid buyruqlar ishni tashkil qilish, muassasa yoki uning bo‘limlari faoliyatini tartibga solishda qo‘llanadi. Ularda, odatda, yuqori tashkilotlardan kelgan ko‘r-satma hujjatlar xodimlarga yetkaziladi, bularning ijrosi yuzasidan aniq chora-tadbir belgilanadi, mas’ul shaxslar va bajarish muddati tayinlanadi. Buyruq vositasida rahbarlar tashkilotning ishlab chiqarish, rejalashtirish, hisobot, mo-liyalashtirish, kredit ajratish, mahsulotni sotish faoliyati, tashqi iqtisodiy faoliyat, tashkilot tuzilmasini takomil-lashtirish hamda ishlarni tashkil etish va boshqa masalalar bo‘yicha amaliy ish yuritadi. Ichki mehnat tartiboti qoidalari, mukofotlash nizomi va shu kabilarni tasdiqlash bilan bog‘liq me’yoriy buyruqlar ham asosiy faoliyatga oid buyruqlar sirasiga kiradi. Bun-day buyruqlar umumiy tarzda bo‘lib, muayyan bir shaxsga emas, balki butun jamoaga qaratiladi. Buyruqning asosiy zaruriy qismlari: 1. Gerb, muassasaning ramziy belgisi (blanka qism-lari). 2. Vazirlik va boshqarma nomi 3. Muassasa xos raqami. 4. Hujjat shaklining xos raqami. 5. Muassasa nomi. 6. Sarlavhasi (mazmunidan kelib chiqib nomlanadi). 7. Sanasi. 8. Raqami (№). 9. Buyruq chiqqan joy nomi. 10. Hujjatning nomi (Buyruq). 11. Buyruq matni (basharti ilovalari bo‘lsa, qayd qi-linadi). 12. Rahbar yoki o‘rinbosar imzosi. Buyruq loyihasi mutaxassislar tomonidan tayyorlana-di; bosh yoki yetakchi mutaxassislar, huquq maslahatchisi, bosh hisobchi bilan kelishiladi. Huquq maslahatchisi buyruqni ko‘rishda quyidagilarga e’tibor beradi: masalani buyruq bilan rasmiylashtirish maqsadga qanchalik to‘g‘ri kelishi; buyruq loyihasi amaldagi qonunlarga, hukumat qarorlariga qanchalik muvofiq kelishi; mazkur idoraning ilgari beril-gan buyruqlariga mos kelishi. Buyruq loyihasiga tegishli imzolar qo‘yilib, u blan-kaga ko‘chirilgach, tashkilot rahbari uni imzolaydi. Asosiy faoliyatga oid buyruqlarda, odatda, mazmunidan kelib chiqib sarlavha qo‘yiladi (ba’zi qisqa buyruqlarda qo‘yilmasligi ham mumkin). Rahbar imzolagan buyruq ish yuritish bo‘yicha mas’ul xodim tomonidan tegishli daftarga qayd etiladi. Buyruqning asosiy matni asoslovchi (kirish) va farmo-yish qismlaridan tarkib topadi. Asoslovchi (kirish) qismida buyruqdan maqsad, shart-sharoit, sabablar ko‘rsatiladi, asos qilib olinayotgan buyruqqa havola qilinadi (nomi, raqami, sanasi yoziladi). Ayrim hollarda buyruqqa asos bo‘lgan huj-jat uning farmoyish qismi tegishli bandida ham ko‘rsatila-di. Ba’zi buyruqlarni asoslashga hojat bo‘lmasligi mumkin, bunday hollarda ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri farmoyish qismi bilan ham berilaveradi. Buyruqning farmoyish qismi yangi satrdan, bosh harflar bilan yoziladigan «BUYURAMAN» so‘zidan boshlanadi. Shu so‘zdan so‘ng ikki nuqta qo‘yilib, yangi satrdan farmoyish- lar beriladi. Zaruriyatga qarab farmoyishlar bandlarga bo‘-linib, arabcha raqamlar bilan belgilanadi. Raqamdan so‘ng nuqta qo‘yilib, so‘z bosh harfdan boshlanadi. Farmoyishlar-da, odatda, kim qanday vazifani qaysi muddatda bajarishi ko‘rsatiladi. Harakat majhul fe’l shaklida ifodalanadi («Amalga oshirilsin», «Ta’minlansin», «Yuklatilsin», «Hisoblansin» va h.k.). Bajaruvchilar – muassasa yoki uning tarkibiy qismlari (bo‘limlari), mansabdor shaxslar (lavo-zimlari qo‘rsatilgan holda) ko‘pincha jo‘nalish kelishigida qayd qilinadi. Buyruqda ishning bajarilish muddati umumiy tarzda yoki har bir farmoyishda aniq ko‘rsatilishi mumkin. Buyruq imzo chekilgandan so‘ng kuchga kiradi. Lekin ayrim bandlarga oid farmoyishda kuchga kirish muddati aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin. Buyruqning farmoyish qismi oxirida buyruqni nazo-rat qilish kimga yuklatilganligi ham qayd qilib qo‘yiladi: «Buyruq ijrosini nazorat qilish (lavozimi va familiyasi to‘liq yoziladi) zimmasiga yuklatilsin». Ba’zi buyruqlarda shu buyruq munosabati bilan ilgarigi joriy yoki boshqa xil hujjat bekor qilinganligi ham ko‘rsa-tib o‘tiladi. Asosiy faoliyatga oid buyruq shakli namunasi 1, 2-ilovalarda berildi. Kadrlarning shaxsiy tarkibiga oid buyruq yoki in-dividual buyruqlar biror xodim ishga qabul qilinganda yoki bo‘shatilganda, boshqa bo‘limga o‘tkazilganda, shuningdek, muayyan xodim mukofotlanganda, mehnat ta’tiliga chiqqanda va shu kabi hollarda beriladi. Bunday buyruqlar, odatda, bo‘-limlar rahbarlari tavsiyanomasi, shaxsiy arizalar va shu ka-bilar asosida tayyorlanadi. Ko‘p korxonalarda kadrlarning shaxsiy tarkibiga oid buyruqlar maxsus blankalarda yoziladi. 3–8-ilovalarda kadrlarning shaxsiy tarkibiga oid buy-ruqlar namunalari berildi. Kadrlarning shaxsiy tarkibiga oid buyruqlar maxsus bosma ish qog‘ozlari bo‘lmagan taqdirda oddiy buyruq qog‘o-ziga ham yoziladi. U holda buyruq boshiga «Kadrlar shaxsiy tarkibiga oid» deb yozib qo‘yish kerak. Buyruq sarlavhalari: «Ishga qabul qilish haqida buyruq», «Boshqa ishga o‘tkazish haqida buyruq», «Ishdan bo‘shatish haqida buyruq»,«Mehnat ta’tili berish haqida buyruq», «Rag‘batlantirish haqida buyruq» va hokazo. Bunday buyruqlarda kirish qismi bo‘lmasligi mumkin. Far-moyish qismida, odatda, bandlar bo‘ladi. Buyruq qismidagi «QA-BUL QILINSIN», «TAYINLANSIN», «O‘TKAZILSIN», «TA-SHAKKUR BILDIRILSIN», «BO‘SHATILSIN» kabi fe’llar bosh bilan yoziladi. Familiya ham bosh harflar bilan, ismi va otaismi esa matnda oddiy harflar bilan yoziladi (ma-salan, Sobit Xolmatovich KARIMOV). Buyruq shakli 1-ilova Gerb, muassasaning ramziy belgisi, alomati Vazirlik nomi Muassasa nomi Muassasa xos raqami Hujjat shaklining xos raqami SARLAVHASI 00.00.00 № joyi BUYRUQ Asoslovchi (kirish) qismi BUYURAMAN 1. 2. 3. 4. 5. Buyruq ijrosini nazorat qilish zimmasiga yuklansin (lavozimi va familyasi to‘liq yoziladi) Direktor (imzo) I.O.F. Kadrlar shaxsiy tarkibiga oid buyruq namunasi 3-ilova O‘zR Toshkent viloyati Bekobod tumani «Farovon» kichik korxonasi KADRLAR SHAXSIY TARKIBIGA OID 2019.15.04. №28 Zafar sh. B U Y R U Q Download 224.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling