Nefrologiya, gemodializ, travmatologiya va ortopediya
Yara atrofidagi kuzatluvchi xolatlar
Download 29.94 Kb.
|
Mavzu Sepsis. Sepsisning oldini olish va davolash
2.Yara atrofidagi kuzatluvchi xolatlar
Yara atrofida ayrim hollarda epidermisning ko'chishi kuzatiladi. Ichida gemorragik suyuqlikli yassi qoramtir pufakchalar kuzatiladi. Odatda sepsisning rivojlanishi oqibati o'lim bilan tamom bo'ladi. Davolashda mikrobga qarshi dorilami katta dozada qo'llashning muhim ahamiyati bor. Anaerob klostridial infeksiyada levomitsetin, klandamitsin, rifampitsin, penitsillin eng yaxshi natija beradi. Ko'p anaeroblar uchun metabolik zahar — metronidazol (trixopol) yaxshi ta ’sir etadi. Uni og'izga tabletkada, rektal sutkasiga 0,5 x 3—4 marta yoki 1 g dan har bir 6 soatda vena tomiriga tomchilab yuboriladi. O g'ir endotoksikozni kamaytirish maqsadida infuzion davoni diurezni kuchatiruvchi, antigistamin, vitaminlar, yurak faoliyatini oshiruvchi dori-darmonlar qo'llaniladi. Keyingi v aqtlarda jarro h lik va m edikam entoz davoni ancha to'ldiruvchi giperbarik oksigenatsiya muvafFaqiyatli qo'llanilmoqda. Anaerob klostridial infeksiya Klostridial spora hosil qiluvchi anaerob, yana gazli gangrena nomi bilan m a’lum spetsifik anaerob infeksiya Ikkinchi jah o n urushida 1—2% yaradorlarda kuzatilgan. Bu eng og'ir yara infeksiyalaridan biri bo'lib, 20—50 % hollarda o'limga olib keladi. Ulaming rivojlanishiga mikroorganizmlar hayot faoliyatining bir qator qulay sharoitlari: katta massiv shikastlangan va o'lgan to'qimalar, yaralaming ko'p chuqur cho'ntaklari va mushaklararo yoriqlarini yot jism va detritlar bilan to'lganligi; yarani tuproq bilan ko'p ifloslanganligi; qon tomir shikastlari natijasida qon aylanishining buzilishi, qo'l-oyoqda jgutning uzoq muddat turganligi, ko'p qon yo'qotish, yaralarga kech va to'liq ishlovi bo'lmagan jarrohlik ishlovi, ko'rsatilmagan hollarda yaraga chok qo'yish.Anaerob infeksiyani chaqiruvchi asosiy to 'rt turi m a’lum. Gazli gangrena klostridiyasi (Cl perfringens) intensiv gaz hosil qilish xususiyatiga ega bo'lgan kuchli nekrotoksik va gomotoksik toksinlarni chiqaradi. Zararli shish klostridiyasi (Cl oedematicus) to'qim alarda tez tarqaluvchi shishni chaqiradi. To'qimalam i erituvchi klostridiy (Cl hystoliticum) proteolitik fermentlar chiqarib atro f to'qim alarning tez erishiga olib keladi.Septik klostridiy (Cl septicum) to'qimalarda gaz hosil qilish, shish va to'qim alarning chirishli parchalanishini chaqiradi. Anaerob infeksiya dumba, son va boldir sohalarini yaralanishla- rida ko'proq uchraydi. Oyoqlarda anaerob infeksiya q o ‘ldagiga nisbatan 5 marta k o ‘p uchraydi. Uning rivojlanishiga bir qancha omillarga bog'liqlik tomonlari bor. Yilning bahor — kuz oylarida maksimal b o ‘lib (loygarchilik, nam- garchilik) minimal yoz oylariga to ‘g‘ri keladi. Yaralanish vaqtida kiyim parchalarining yaraga kirishi anaerob infeksiya manbayi bo'lib hisoblanadi. Parchali yaralanishlarda anaerob infeksiyaning asorati o'qli yara- lanishga qaraganda 1,5 marta, k o 'r yaralarda teshib o'tgan yarala- nishga qaraganda 2 marta ko'p uchragan. Q o'l-oyoqlar yaralanib, suyaklar sinishi bilan bo'lganda, yumshoq to'qimalarning yaralanishiga qaraganda 3,5 marta; magistral qon tomir shikastlarida 8 marta ko'p uchraydi. Yaralarda anaerob infeksiyalar monomikrob shaklida emas, balki polimikroblidir. Bu o'z navbatida tashxis qo'yish, oldini olish va davolash chora-tadbirlarini ancha qi-yinlashtiradi. U yoki bu anaerob infeksiyani chiqaruvchining turini ortiqligiga qarab mahalliy va umumiy belgilar darajasi aniqlanadi. Download 29.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling