Neft asosida olinadigan smolalardan lak va emal olish jarayonlarining muqobil sharoitlarini
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
I bob bo„yicha xulosa
1. Ko‘plab adabiyotlar bilan tanishib chiqganimizda neftni qayta ishlash jarayonlarida bitum olish jarayonigacha o‘rganilgan. Neftni qayta ishlash texnologiyalarida ham oxirgi mahsulot bitum ekanligini ko‘rish mumkin. Adabiyotlarda smolalar sintezi va smolalarni neft (bitum) dan ajratib olish, ulardan lak, emal, yelim va bo‘yoqlar tayyorlash jarayonlari kam o‘rganilgan. 2. Adabiyotlarda berilgan ma‘lumotlarga tayangan holda smolalarni neft (bitum) dan ajratib olish texnologiyalarini hamda sintez usullaridan foydalanib polietilenadipamid, melamin-furfurol, fenol-formal‘degid, mochevina-furfurol kabi smolalarni sintezlash, olingan smolalarni fraksiyalash, eng yaxshi uchuvchan erituvchilarni tanlash, lak, emal olish, smolalarga pigmentlar qo‘shib bo‘yoqlar tayyorlash jarayonlarini o‘rganishni maqsad qilib qo‘yildi. 29 II bob. Tajriba qismi 2.1. Neft mahsulotlarini begona komponentlardan tozalash Qoldiq moylarni gudron va yarim gudronlardan ishlab chiqariladi. Bu fraksiyalarda ayniqsa smolali neftlardan olingan bо‗lsa 50% gacha smola va asfalten bо‗ladi. Smola-asfaltenli birikmalarni asfaltenli birikmalar erituvchida deyarli erimasdan chо‗kmada qoladi. Erituvchi sifatida murakkabligi selektiv erituvchini qо‗llashga yо‗l bermaydi. Shuning uchun moyni qimmatbaho uglevodorodlari uchun erituvchi tanlanadi. Smola-suyuq propan ishlatiladi. Moy uglevodorodlarining propandagi eritmasidan smolalar 50-85 0 C oralig‗ida yengil ajraladi [49]. Haroratni yuqori darajasi propanni kritik harorati bilan (96,8 0 S) chegaralanadi. Propanning harorati kritik temeraturaga yaqinlashgani sari uning eritish qobiliyati pasayadi, moyni uglevodorodlari qisman smolalar bilan chо‗kib qoladi. Buning natijasida moyning chiqishi pasayadi. Past haroratda buni teskarisi bо‗lib suyuq propanni eritish qobiliyati ortadi va 40 0 S da smolalar propanda eriydi va moyni sifati pasayadi [51-52]. Jarayon kolonnada olib boriladi. Propan kolonna tagidan beriladi, moylar esa tepa qismidan, kolonnani tepa qismida harorat 70-75 0 S va pastki qismida 50- 60 0 S bо‗ladi. Kalonnani tepa va pastki qismida haroratni har xil ushlab turish natijasida moydan smola va asfaltenlarni tо‗liq ajratib olinadi. Haroratni bu farqiga deasfaltlash gradiyenti deyiladi. Propanni suyuq holda ushlab turish uchun jarayonni 4-4,5 Mpa da olib boriladi [53]. Erituvchini va boshlang‗ich mahsulotni nisbatini tajriba yо‗li bilan topiladi va u xom-ashyodagi uglevodorodlar soniga bog‗liq. Uglevodorodlar miqdori qancha kо‗p bо‗lsa propan bilan boshlang‗ich mahsulot nisbati ham shuncha kо‗p bо‗ladi. Propan va boshlang‗ich modda 4:1 dan 8:1 gacha bо‗lgan nisbatda olinadi. 30 Propanni miqdorini ma‘lum darajagacha oshirish deasfaltizat sifatiga yaxshi ta‘sir kо‗rsatadi, smolali-asfaltenlarni chо‗ktirish tezlashadi. Deasfaltdash jarayonini bir bosqichda olib borish mumkin lekin olingan mahsulotni sifati ikki bosqichli jarayonda kо‗ngildagidek bо‗ladi. Birinchi bosqichda olingan asfalt eritmasidan qimmatbaho uglevodorodlarni ajratib olish uchun ikkinchi bosqichda deasfaltlanadi. Ikki bosqichli sxemada gudrondan moyni olish 10% ga ortadi. I va II bosqich deasfaltizatlari sifat bо‗yicha katta farq qiladi. II bosqich deasfaltizatidan juda yopishqoq moylar olinadi [54-56]. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling