Neft asosida olinadigan smolalardan lak va emal olish jarayonlarining muqobil sharoitlarini
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishni bajarishda foydalaniladigan qurilma, uskuna va tajriba ashyolari;
Seolitlar: kristall panjarasidagi g‘ovaklarining o‘lchamlari muayyan va
o‘zgarmas bo‘lgan sintetik sorbentlar bo‘lib, ularning molekulyari elaklar deyiladi [60]. Adsorbsiya vaqtida birinchi navbatda katta dipol momentiga ega bо‗lgan qutbli xususiyatli moddalar shimiladi, sо‗ngra qutbli xususiyatga ega bо‗lmagan moddalar shimiladi. Shu xususiyatiga kо‗ra neft maxsulotlarini tarkibidagi uglevodorod komponentlarini quyidagi tizimda yozsak bо‗ladi: smolasimon asfalten moddalar og‗ir aromatik uglevodorodlar о‗rta molekulali aromatik uglevodorodlar yengil aromatik uglevodorodlar naften va parafin uglevodorodlar [61-63]. Bu uglevodorod gruppalari adsorbentga navbatma-navbat shimilish xususiyatiga ega bо‗lishlari bilan birga erituvchilar yordamida desorbsiyalanganda, birinchi navbatda parafin va naften, ulardan keyin boshqa gruppalar desorbsiyaga uchraydi. Shu asosda neft mahsulotlarining Ajratuvchi varonka (1) Adsorber (2) Pech (3) 32 tarkibidagi smolalar, moylar hamda uglevodorodlarning gruppalari bо‗yicha bir- biridan ajratish va ularning miqdorini aniqlash mumkin. Ajratib olingan smolalarni yana makromolekulalarning uzunligiga qarab, cho‘ktiruvchilar ta‘sirida fraksiyalanadi [64]. Ishni bajarishda foydalaniladigan qurilma, uskuna va tajriba ashyolari; 1. Adsorber 4. Sovutgich 7. Uch shoxli kranlar 2. Shisha trubka 5. Kolbalar 8. Avtotransformatorlar 3. Nixrom sim. 6. Gaz soati 9. Termometr 10. Termopara Yuqorida aytilganidek, seolitlar tо‗g‗ri zanjirli parafin uglevodorodlarni osonlik bilan adsorbsiyalaydilar. Ushbu usul yordamida toza sifatli tо‗g‗ri zanjirli parafinlarni, smolalarni ajratib olish mumkin. Seolitlar yordamida gazlarni tozalash va ularni namlikdan quritish mumkin. Bu laboratoriya ishida seolitlar yordamida neft mahsulotlaridan tо‗g‗ri zanjirli uglevodorodlarni ajratib olinadi. Odatda, bu jarayon xom ashyoni suyuq xolatida yoki uni bug‗ga aylantirib amalga oshiriladi. Jarayonning ikkinchi xili kо‗proq qо‗llanishi sababli, laboratoriya ishi xom ashyoni bug‗ga aylantirilgan holda bajariladi. Rasmda (9-Ilova) smolalarni moy aralashmasidan adsorbsiyali ajratish uskunasining chizmasi berilgan. Ushbu uskunaning asosiy qismlari quyidagilardan iborat: adsorber (2) diametri 15 mm, balandligi 300 mm; adsorberning pechkasi (3) shisha trubka bо‗lib, diametri 25 mm, ustiga nixrom simi о‗ralgan; (1) Ajratuvchi varonka. Bular yordamida uskunani adsorbsiya va desorbsiya rejimlariga о‗tkaziladi [65]. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling