Neft asosida olinadigan smolalardan lak va emal olish jarayonlarining muqobil sharoitlarini
Moylarni kislota va ishqorlar yordamida tozalash
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
2.3. Moylarni kislota va ishqorlar yordamida tozalash
Moylarni sulfat kislota yordamida tozalanganda moy fraksiyasidan smolasimon asfalten moddalar, tо‗yinmagan uglevodorodlar, naften kislotalari qisman azotli va oltingugurtli birikmalar, politsiklik aromatik uglevodorodlar ajratib olinadi. Sulfat kislotasi bilan qayta ishlangan moy fraksiyasi ikki qavatga ajraladi. Pastki qavatda - nordon gudron - о‗z tarkibida reaksiya mahsulotlari, kislotani ortiqchasini, birikmalarni (kislotada erigan) va mexanik ravishda pastki qavatga tushib qolgan moylarni ushlab turadi. Yuqori qavatda - nordon moy - uni tarkibida moy uglevodorodlari va juda oz miqdorda moyda erigan kislota qoldigi va reaksiya mahsulotlari bо‗ladi [69]. Sulfat kislota bilan tozalash jarayonining parametrlari xom ashyoni kimyoviy tarkibiga, yopishqoqligiga, tozalangan mahsulotni talab darajasiga bog‗liq bо‗lib, har bir vaziyatda tajriba yо‗li bilan aniqlanadi. Moyni tozalash natijalari jarayonni haroratiga, kontakt vaqtining davomiyligiga, sulfat kislotani konsentratsiyasiga va miqdoriga, kislotani quyish tartibiga bog‗liqdir. Lekin, yopishqoq moylarni past haroratda tozalash qiyin, chunki moy kislota bilan yomon aralashadi va gudronni chо‗kishi qiyinlashadi. Tajribada tozalash quyidagi haroratlarda olib boriladi: Moyni yopishqoqligi 50 o C, MM 2 /c 18-25 10-17 6-9 3-5 2-2,5 Tozalash harorati, o C 55-60 10-17 40 30-35 20-25 Kislotaning konsentratsiyasi va sarflash miqdori. Tozalash uchun 92- 96% li sulfat kislotasi olinadi. Konsentratsiya 90% dan kam bо‗lsa kislotani aktivligi pasayib ketadi. Tutab turgan sulfat kislota sulfokislotalarni hosil bо‗lishini tezlashtirib yuboradi. Uni rangsiz, meditsinada qо‗llaniladigan moylar olish uchun ishlatiladi. Tozalash natijasida kislotani konsentratsiyasi pasayadi. 35 Gudron tarkibida 25% dan 70% gacha reaksiyaga kirishmagan sulfat kislota bо‗ladi [70-71]. Sulfat kislotani jarayon uchun sarflanadigan miqdori xom ashyoni sifatiga, tozalash darajasiga qо‗yiladigan talabga bog‗liq. Kislota qancha sarflansa olinayotgan moyning rangi shuncha toza bо‗ladi. Distillyat moylarni tozalanganda kislotani sarfi 3-10% mass ni tashkil qiladi, qoldiq moyni tozalanganda kislota sarfi 15-20% mass gacha yetadi. Tutaydigan sulfat kislotani parfyumeriya va meditsina moylarini olishdagi sarfi 50-60 % mass ga yetadi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling