38
sopolimer namunasidan 1 gr va erituvchilardan (benzol, ksilol, toluol, aseton,
tetraxlormetan, xloroform, spirt, dimetilformamid (DMFA) lardan) 15
ml dan
solib xona temperaturasida 1 sutka saqladik. Probirkalarni vaqti-vaqti bilan oz-
ozdan qizdirib chayqatib turdik. Natijada sopolimer asetonda va kselolda ozroq
qizdirib, chayqatganimizda erishini va qolgan erituvchilarda bo‘kkanligini
kuzatdik.
2.5. Erituvchilarni smola, lak va emal olish
jarayonlariga ta‟siri
O‘lchamlari 10
-5
-10
-7
sm bo‘lgan kolloid zarrachani
eritsh qobilyatiga ega
bo‘lgan eng yaxshi erituvcha tanlash maqsadida quyidagi talablar qo‘yiladi.
Erituvchiga qo‘yiladigan talablar:
- Polikondensatsiya hamda eterifikasiya jarayonlarida komponentlar bilan
ta‘sirlashmaydigan bo‘lishi lozim.
- Olingan smola erituvchida yaxshi diffuziyalanadigan bo‘lishi kerak.
- Erituvchining uchuvchanligi plyonka hosil qilish vaqtida yaxshi bo‘lishi kerak.
- Smolaning erituvchida erishi yuqori darajada bo‘lishi lozim.
Polikondensatsiya jarayonida erituvchi smolani
qovushqoqlik darajasini
ta‘minlaydigan bo‘lishi lozim. Bundan tashqari eterifikatsiya mahsuloti
mochevina formaldegid smolasi ham erituvchida eriydigan bo‘lishi kerak.
Erituvchi va smola optimal nisbatlarda
olinsa va eritma tayyorlansa, erituvchi
tez bug‘lanadigan bo‘lsa, olingan lak yupqa
qatlamli plyonka hosil qiladi,
yaltiroqlik darajasi ham yuqori bo‘ladi [74].
Demak, erituvchi bilan smola orasidagi miqdoriy nisbatlar ham amaliy
ahamiyatga ega ekan.