Etilenglikol monomerini olinish usullari. Etilenglikol monomeri
quyidagi usullar bo‘yicha olinadi:
a) Etilenglikol sanoatda asosan etilendan sintez qilinadi. Buning uchun
etilen oldin xlorli suv bilan qizdirilib, etilenxlorgidrin olinadi. So‘ngra u
suyultirilgan ishqor eritmasida qizdiriladi va etilenglikol hosil bo‘ladi [72].
CH
2
CH
2
+ Cl
2
Cl
CH
2
CH
2
OH
H
2
O
CH
2
OH CH
2
OH
NaOH
b) Etilenni katalizator ishtirokida oksidlab etilenoksidga aylantirish va
unga suv biriktirib ham etilenglikol olish mumkin. Bu reaksiya yuqori
temperaturada va bosim ostida olib boriladi [73].
CH
2
CH
2
+ O
2
CH
2
OH CH
2
OH
CH
2
CH
2
O
+ H
2
O
Etilenglikol rangsiz suyuqlik, 197
0
C da qaynaydi, -15
0
C da qotadi.
Polikondensasiya uchun ishlatiladigan etilenglikol juda toza bo‘lishi kerak.
Polietilenadipat sopolimerini sintezlash usuli. Reaktiv va asboblar:
adipin kislota (26,2 gr), etilenglikol (12,4 gr), uch og‘izli 150 ml sig‘imli hamda
qaytarma sovutgich va termometr bilan jihozlangan reaksion kolba, chinni
kosacha.
Reaksion kolbaga 26,2 adipin kislota va 12,4 gr etilenglikol solinib,
gorilka alangasida 175-185
0
C gacha qizdiriladi. Oradan 4 soat o‘tgach kolbadagi
hosil bo‘lgan qiyomsimon suyuqlik chinni kosachaga olinishi lozim. Hosil
qilingan poliefir-polietilenadipit sovitilgan sari mumsimon moddaga aylanadi.
Polietilenadipat sopolimeri quyidagi reaksiya asosida hosil qilinadi:
nHOOC
(CH
2
)
4
COOH + nHO CH
2
CH
2
OH
185
0
C
185
0
C
HO
[
C
(CH
2
O
)
4
C O
O
CH
2
CH
2
O
]
n
H + n-1H
2
O
Do'stlaringiz bilan baham: |