Neft asosida olinadigan smolalardan lak va emal olish jarayonlarining muqobil sharoitlarini
-Rasm. Neft tarkibidagi smolalarning molekulyar massaviy
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
4-Rasm. Neft tarkibidagi smolalarning molekulyar massaviy
taqsimlanish grafigi 0 750 Mv 52 kam, smola ko‘p bo‘lsa, bitumni temperatura ta‘sirida yumshashi va elastikligi, cho‘ziluvchanligi yuqori bo‘ladi. Aksincha, smola kam bo‘lsa, bitum qattiq murt bo‘lib qoladi. Bitum yo‘l qurilishda bog‘lovchi material sifatida, yo‘llarni betonlashda, qoplamalar sifatida, har xil qurulish ishlarida asosan binolarni fundamentlarini gidroizolyasiya qilishda hamda er osti quvurlari, trubalarni zanglashdan, chirishdan himoyalashda izolyasion material sifatida ishlatiladi. Asfaltenlarning tuzilishi rengen nurlari ta‘sirida, IQ- spektroskopiyasi, EPR- hamda YaMR-spektroskopiyalari yordamida o‘rganilganda asfalten molekulasida 16 ta kondensirlangan aromatik xalqalar borligi kuzatildi. Asfalten makromolekulasining radikal qismlari IQ- hamda YaMR- spektroskopiyasi usullari yordamida o‘rganilganda radikal qism asosiy zanjirga nisbatan ancha qisqa ekanligi kuzatilib, 3-4 ta uglerod atomlaridan tashkil topganligi aniqlandi. Smola-asfaltenli birikmalar tarkibi IQ-spektroskopiyasi yordamida o‘rganilganda makromolekula tarkibida har 50 ta uglerod atomiga 2-3 ta oltingugurt, 1,5-2 ta azot va 3-4 ta atom kislorod to‘g‘ri kelishi aniqlandi. Bu ko‘rsatkichlar turli konlarda turlicha ekanligi o‘rganildi. Smola va asfaltenlarning molekulyar massalarini o‘rganish tadqiqotchilar diqqatini tortadigan kattaliklardan biri hisoblanadi. Chunki, smola va asfaltenlarning molekulyar massalari ularning ko‘pgina fizik-kimyoviy hamda mexanik xossalarini belgilab beradi. Odatda smola va asfaltenlarni molekulyar massalari ebulioskopiya, krioskopiya, viskozimetriya, sentrafugalash hamda bug‘larni osmotik bosimini o‘lchash usullari bilan aniqlanadi. Bitumning termik barqarorligini tekshirish maqsadida 48 soat 160 o da qizdirilganda, tarkibidagi uglevodorlarning molekulyar og‘irliklarini kamayishi, smola va asfaltenlarning yuqori temperaturada polimerlanishi natijasida molekuyar massasini oshishi kuzatildi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling