Neft asosida olinadigan smolalardan lak va emal olish jarayonlarining muqobil sharoitlarini


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/49
Sana23.12.2022
Hajmi0.89 Mb.
#1049188
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   49
5-Rasm. Bitumning IQ-spektri 
 
Asfalten va smolalar bitumning asosiy struktura hosil qiluvchi 
komponentlari 
hisoblanadi. 
Smolalar 
bitumning 
elastikligi 
hamda 
cho‘ziluvchanligini ta‘minlasa, asfalten esa, mustahkamligi hamda qattiqligini 
ta‘minlaydi. 
Asfaltenlar va smolalar bir-biridan erituvchilardagi eruvchanligidan farq 
qiladi. Smolalar qovushqoq, och malla suyuqlik bo‘lib, ko‘plab organik 
erituvchilarda jumladan n-alkanlarda yaxshi eriydi. 


55 
Asfaltenlar esa, malla rangli qattiq kukun bo‘lib, arenlarda
ugleroddisulfid (CS
2
) da yaxshi eriydi, ammo n-alkanlarda erimaydi (4-Ilova).
Asfalten va smolalarning eruvchilarda eruvchanligidan foydalangan 
holda, bir-biridan ajratish mumkin. Hatto, ajratib olingan smolalar yoki 
asfaltenlar ham polidespers hisoblanadi. Shuning uchun olingan smola yoki 
asfaltenlar 
yana 
makromolekulaning 
katta 
yoki 
kichikligiga 
qarab 
fraksiyalanadi. Fraksiyalash odatda ikki xil bo‘ladi;
Analitik fraksiyalash hamda preparativ fraksiyalash.
Analitik fraksiyalasda – fraksiyalar ajratib olinmasdan maxsus asboblar 
yordamida eritmada o‘rganiladi. 
Preparativ fraksiyalashda esa, erituvchilar yoki cho‘ktiruvchilar ta‘sirida 
fraksiyalarni ajratib olinib, keyin uning fizik-kimyoviy xossalari o‘rganiladi.
Neft va neft cho‘kmalariga petroliy efiri ta‘sir ettirilganda asfaltenlar va 
maltenlardan boshqa uglevodordlar eriydi. Asfaltenlar arenlarda, uglerod 
disulfidlarda eriydi. Maltenlar SiO
2
bilan to‘ldirilgan xromatografik kalonkaga 
adsobsiyalanadi va smola benzol-etanol aralashmasi bilan desorbsiya qilib 
ajratib olinadi. 
Bitum tarkibidagi komponentlar (smola, asfalten, siklik uglevodorodlar, 
to‘yingan uglevodorodlar) ning struktura hosil qilinishini o‘rganish asosiy 
faktorlardan biri hisoblanadi. Chunki, bitumni qayta ishlash, fraksiyalash 
vaqtida 
ushbu 
faktorlardan 
foydalaniladi. 
Bitumning 
strukturaviy 
xarakteristikasini disperslik bilan ifodalash mumkin:
D = S
1
+S
2
/A+T 
Ushbu formulada; S
1
– smolalar, S
2
– siklik uglevodorodlar, A – 
asfaltenlar, T – to‘yingan uglevodorodlar. 
Agar asfaltenlar va to‘yingan uglevodorodlar ko‘p bo‘lsa, desperslik 
darajasi kam (0,49-0,55) bo‘ladi. Demak, bitum yomon disperslangan. Agar 
smolalar va siklik uglevodorodlar ko‘p bo‘lsa, disperslik darajasi yuqori bo‘ladi. 
Bu holatni quyidagi 8-jadvalda ko‘rish mumkin:

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling