Neft asosida olinadigan smolalardan lak va emal olish jarayonlarining muqobil sharoitlarini


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/49
Sana23.12.2022
Hajmi0.89 Mb.
#1049188
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   49
 


56 
8-Jadval. 
Bitum namunalarining disperslik ko‟rsatkichlari 
Bitum 
namunalari 
Tarkibi, massasi bo‘yicha (%) 
Disperslik 
ko‘rsatkichi 
Д 
Asfalten 
А 
Smola
S
1
To‘yingan 
uglevodorodlar

Siklik 
uglevodorodlar 
S
2

17,8 
17,2 
49,0 
16,0 
0,50 

19,0 
13,0 
48,0 
20,0 
0,49 

24,6 
20,4 
40,0 
15,0 
0,55 

9,3 
41,7 
40,0 
9,0 
1,08 

8,1 
33,9 
43,0 
15,0 
0,96 
3.2. Bitum tarkibidan smolalarni ajratib olish 
Neftni yengil uchuvchan, o‘rta va moyli fraksiyalari ajratib olingandan 
so‘ng, yuqori molekulyar massaga ega bo‘lgan uglevodorodlarning aralashmasi 
hamda yuqori molekulyar massaga ega bo‘lgan smolalar va asfaltenlarning 
murakkab aralashmasi qoladi. Neft tarkibida bu moddalarning miqdori 40% ni 
tashkil etadi. Smola-asfaltenli moddalarning yuqori konsentrasiyali eritmalari 
bitum ko‘rinishida bo‘ladi. Smola-asfaltenli moddalarni ajratib olish uchun 
neftni (1:20) martagacha erituvchi (pentan, izopentan, geksan) larda eritish 
kerak. Ushbu eritmani yaxshilab aralashtirib, bir soat tinch qo‘yilganda 
erimagan qism – asfaltenlar cho‘kmaga tushadi. Cho‘kmani filtrlab, yuvib 
asfaltenlarni alohida ajratib olinadi. Dastlab xona haroratida, so‘ngra pechlarda 
30-35
o
C da quritiladi. Quruq holdagi asfaltenni tarozida o‘lchab, neftdan olingan 
namunaning necha foizini tashkil etishini aniqlash mumkin. Asfaltenlar 
eritmadan cho‘kma holida ajratib olingandan so‘ng, qolgan eritmada ya‘ni 
filtrda smola va yuqori molekulyar massaga ega bo‘lgan uglevodorodlar ya‘ni 
moylar qoladi. Ushbu ikki moddani; smola va moylarni bir-biridan ajratish 
uchun adsorbsion xromatografiyadan foydalandik. Buning uchun adsorbsion 
xromatografiyani ichki qismi (3) ni adsorbent (silikagel yoki seolitlar) bilan 
to‘ldiriladi. Adsobsion xromatograf 25-30
o
C gacha pech (2) yordamida 


57 
qizdirilib, ajratkich voronka (1) yordamida eritma quyiladi. Smolalar
adsorbentlarga yaxshi yutiladi, moylar esa, deyarli kuchsiz yutiladi. Moylar 
pentan, izopentan yoki petroliy efirlari bilan yuvilganda osonlik bilan yuvilib 
ketadi. Smolalar esa, faqat spirt va benzol aralashmasi bilan yuvilgandagina 
desorbsiya bo‘lib ajraladi. Spirt va benzol aralashmasini qayta haydab, toza 
holdagi smolalarni ajratib olinadi. Shunday qilib, moylarni alohida, smolalarni 
alohida, asfaltenlarni alohida ajratib olish hamda ularni IQ-spektrlari yordamida 
o‘rganish mumkin (14-Ilova).
Bitum ishlatilishiga ko‘ra klassifikatsiyalarga bo‘linadi: 
1) yo‘l qurilish bitumi. Yo‘llarni betonlashda qoplamalar hamda 
bog‘lovchi materiallar sifatida ishlatiladi.
2) qurilish bitumi. Har xil qurilish ishlarida, asosan binolarning 
fundamentlarini gidroizolyatsiya qilishda ishlatiladi.
3) izolatsiyalovchi bitumlar. Yer osti quvurlari hamda turbalarni 
korroziyadan himoyalash uchun izolatsion material sifatida ishlatiladi (12-
Ilova).

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling