Neft asosida olinadigan smolalardan lak va emal olish jarayonlarining muqobil sharoitlarini
Tajribaga tayyorlanish va uni bajarish tartibi
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Tajribaga tayyorlanish va uni bajarish tartibi. Tajriba yaxshi natija
berishi eng avvalo adsorbentni tо‗g‗ri tayyorlashga bog‗liqdir. Adsorbentni zarrachalari 1-2 mm ga teng bо‗lishi shart. Adsorbentni mufel pechkasiga joylab 450-500 0 C da 5 soat qizdirib keyin eksikatorda sovutiladi. Sovigan adsorbentni tezlikda adsorberga joylanadi. Xom ashyoni mernikga solib nasos yordamida aralashtiruvchiga beriladi. Adsorbsiya yaxshi borishi uchun xom ashyoga azot gazi aralashtiriladi. Gazning tezligi ham xom ashyoning hajmiy 33 tezligiga tengdir. Xom ashyo va gaz aralashtirgichda bir-biri bilan aralashib bug‗ga aylantiruvchiga keladi. Bu yerda harorat xom ashyoni qaynash temperaturasini oxiriga nisbatan 40-60 0 C yuqori ushlab turiladi. Xom ashyo tо‗la bug‗ holatiga о‗tadi. Bug‗ holatidagi aralashma uch shoxli kran yordamida adsorberga keladi. Adsorberda temperatura xom ashyoning qaynash temperaturasini oxiriga nisbatan 20-40 0 C yuqorida ushlab turiladi. Xom ashyo seolit qatlami orqali о‗tayotganda uning tarkibidagi n - parafinlar seolitga adsorbsiya bо‗ladi, parafinlardan tozalangan denormalizat uch shoxli kran orqali о‗tib sovutgichga borib suyuq holatiga о‗tadi va suyuq mahsulotni yig‗uvchiga tushadi. Aralashmadagi gaz va sovushga ulgurmagan uglevodorodlar absorber orqali gaz soatiga о‗tadi va atmosferaga chiqarib yuboriladi. Adsorbsiya bosqichi tamom bо‗lgandan keyin uch shoxli kranlar desorbsiya bosqichi holatiga о‗zgartiriladi. Desorbsiya sifatida suv bug‗i ishlatiladi. Buning uchun suvni tezlik bilan aralashtirgichga (II) beramiz, u yerda azot bilan aralashib desorbentni bug‗ga aylantiruvchi ga keladi, suv bug‗ga aylanib azot bilan birga uch shoxli kran orqali adsorberga keladi [66-67]. Suv bug‗i seolitga shimilgan n-parafinlarni siqib chiqaradi. Suv bug‗i, azot va bug‗ holida desorbsiya bо‗lgan n-parafinlar aralashmasi sovutgichdan о‗tib suyuq mahsulotni yig‗uvchi kolbaga tushadi. Gaz va sovub ulgurmaydigan parafinlar adsorber va gaz soati orqali atmosferaga chiqarib yuboriladi. Kolbadagi suyuqlik ikki qatlamdan iborat. Pastida suv, yuqorisida n-parafinlar. n-parafinlarni suvdan ajratib kalsiy xlorid yordamida namlikdan quritiladi. Adsorbsiya bosqichi davom etayotganda bir necha marotaba denormalizatni nurni sindirish oeffitsiyentini aniqlab boramiz; dastlab koeffitsiyentini qiymati kо‗tariladi; keyinchalik adsorbentni – parafinlar bilan tо‗yinganidan sо‗ng koeffitsiyentini qiymati kamayib boradi. Bu adsorbsiya bosqichini tamom bо‗lganidan darak beradi. Jarayon tugagandan keyin material balansi tuziladi va olingan mahsulotlarni analiz qilinadi. Denormalizatsiya qotish temperaturasi aniqlanadi; n-parafinlarni va ular bilan birga bо‗lgan uglevodorodlarni xromatografiya usuli bilan aniqlanadi [68]. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling