Neft asosida olinadigan smolalardan lak va emal olish jarayonlarining muqobil sharoitlarini
Magistrlik dissertatsiyasining hajmi va tuzilishi
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Magistrlik dissertatsiyasining hajmi va tuzilishi: Magistrlik dissertatsiyasi
an‘anaga ko‗ra kirish, adabiyotlar sharhi (1-bob), tajriba qismi (2-bob), tadqiqot natijalari va ularning tahlili (3-bob), xulosa, ilova hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. 10 I bob. Adabiyotlar sharhi 1.1. Neft va neftning tarkibi to„g„risida umumiy ma‟lumotlar Qashqadaryo viloyati yoqilg‗i energetika zahiralari bo‗yicha O‗zbekistonda yetakchi o‗rinni egallaydi. Haqiqatdan ham respublika bo‗yicha qazib olinayotgan neftning 89,7%, gazning 96,2%, kondensatning 99,6%, oltingugurtning esa, 100 foizi viloyatimiz zaminiga to‗g‗ri keladi. 1990 – 94 yillarda mamlakatga 164 millyard kub metrdan ko‗proq gaz, sal kam 6 mln tonna neft, 1,75 mln tonna oltingugurt, 6,1 ming tonna kondensat, 54,4 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berilgan. Shu davr mobaynida 100 dan oshiqroq gaz, neft quduqlari ishga tushurildi. Topilgan neft zahirasining 70 foizi, gaz zahirasining 71 foizi Qashqadaryo mintaqasiga to‗g‗ri keladi. Viloyatda yillik qazib olinayotgan neft, kondensat va gaz miqdori Germaniya, Fransiya, Avstriya, Gretsiya, Ispaniya, Chili, Bolivniya, Yaponiya, Tailand, Vetnam, Pokiston, Baxreyn, Iordaniya, Izrail, Ukraina va Pribaltika mamlakatlari bo‗yicha qazib olinayotgan ana shu mahsulot miqdoridan oshiqdir. Korxona balansida 62 ta gaz, gaz kondensat, neftkondensant, neft konlari mavjud bo‗lib, shulardan 25 ta kon (O‗rtabuloq, Ko‗kdumaloq, Dengizko‗l, Zevorda, Qo‗ltoq, Popuk, Alan, Shimoliy O‗rtabuloq, Umid, Quruq, Toshli va boshqalar) ishlab chiqarishga jalb qilingan. Qidirib topilgan, istiqbolda ko‗zda tutilgan neft gaz va kondensat resurslarining Qashqadaryodagi miqdori bu mintaqaning yaqin 15 – 20 yil ichida, hatto bundan uzoqroq davrda ham respublikani neft – gaz, xom – ashyolari bo‗yicha eng yiriq bazasi bo‗lib, qolishini ko‗rsatmoqda. Yoki viloyatning respublikada ayni shu tarmoqdagi mavqeyini Rossiyaning Tyumen yoki AQSH ning Texas shtati bilan taqqoslash mumkin. 1970 – yillarda qurib, foydalanishga topshirilgan Muborak gazni qayta ishlash majmuasi - tarkibida oltingugurt va kondensat miqdori ko‗p bo‗lgan murakkab tarkibli gazlarni qayta ishlashga ixtisoslashgan. Ma‘lumki, tabiatda gaz yer osti qatlamlarida turli tarkibda uchraydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling