Neft asosida olinadigan smolalardan lak va emal olish jarayonlarining muqobil sharoitlarini


  Tadqiqotda qo‟llanilgan uslublarning qisqacha tavsifi


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/49
Sana23.12.2022
Hajmi0.89 Mb.
#1049188
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
 



Tadqiqotda qo‟llanilgan uslublarning qisqacha tavsifi. Magistrlik 
dissertatsiya ishida smolalar sintezi usullari, bitumdan smolalarni ajratib olish 
jarayonida esa, adsorbsion xromatografiya usulidan, preparativ fraksiyalash 
usulidan, har bir fraksiyani molekulyar massasini aniqlashda viskozimetriya 
usulidan, bitumdan ajratib olingan smolalarni hamda sintez usulida olingan 
smolalarni tarkib va tuzilishlarini taqqoslab o‘rganish maqsadida Infra qizil 
spektroskopiya usullaridan foydalanildi.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot 
natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati shundaki, neftni qayta ishlash 
jarayonlarida oxirgi mahsulot bitum ekanligini ko‘rish mumkin edi, endi 
bitumga turli erituvchi (geksan va uglerod disulfid) lar ta‘sir ettirib smola va 
asfaltenlar olish texnologiyalari o‘rganildi. Bundan tashqari smolalarni sintez 
usullari yordamida ham olish mumkinligi o‘rganildi. 
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Adabiyotlarda smolalar sintezi va 
smolalarni neft (bitum) dan ajratib olish, ulardan lak, emal, yelim va bo‘yoqlar 
tayyorlash jarayonlari kam o‘rganilgan. 
Adabiyotlarda berilgan ma‘lumotlarga tayangan holda smolalarni neft 
(bitum) dan ajratib olish hamda sintez usullaridan foydalanib smolalar 
sintezlash, olingan smolalarni fraksiyalash, eng yaxshi uchuvchan erituvchilarni 
tanlash, lak, emal olish, smolalarga pigmentlar qo‘shib bo‘yoqlar tayyorlash 
jarayonlari o‘rganilgan. Bundan tashqari bitumga turli erituvchi (geksan va 
uglerod disulfid) lar ta‘sir ettirib smola va asfaltenlar olish texnologiyalari 
o‘rganildi. 
Smolalar sintezlash, bitumdan smolalarni ajratib olish jarayonida
adsorbsion xromatografiya usulidan foydalanish, preparativ fraksiyalash 
usulidan, har bir fraksiyani molekulyar massasini aniqlashda viskozimetriya 
usulidan, bitumdan ajratib olingan smolalarni hamda sintez usulida olingan 
smolalarni tarkib va tuzilishlarini taqqoslab o‘rganish maqsadida Infra qizil 
spektroskopiya usullaridan foydalanilgan holda o‘rganish ilmiy jihatdan katta 
ahamiyatga egadir.



Magistrlik dissertatsiyasining ilmiy tadqiqot natijalari ilmiy jo‘rnallarda bitta 
maqola va uchta tezis shaklida chop etildi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling