Neft asosida olinadigan smolalardan lak va emal olish jarayonlarining muqobil sharoitlarini


III bob bo‗yicha xulosa..........................................................................83  Xulosa


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/49
Sana23.12.2022
Hajmi0.89 Mb.
#1049188
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
III bob bo‗yicha xulosa..........................................................................83 
Xulosa.....................................................................................................84 
Ilova ……………………………………………………………......85 
Adabiyotlar ro„yxati.............................................................................94 
 



Kirish 
Mamlakatimizda 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan "Kadrlar tayyorlash 
milliy dasturi"da zamon talablariga, bozor iqtisodiyoti ehtiyojlariga, ta‘lim 
sohasidagi xalqaro me‘yorlar va andozalar talablariga javob bera oladigan 
mutaxassis kadrlar tayyorlash masalasi qo‗yilgan. Mamlakatimiz Prezidenti 
I.A.Karimov o‗zining ―Yuksak ma‘naviyat - yengilmas kuch‖ nomli asarida, 
"Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida 
yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‗lishi 
farzandlarimizning bugun qanday ta‘lim va tarbiya olishiga bog‗liq deb 
ta‘kidlaydi [1]. 
Jahonda moliyaviy-iqtisodiy inqiroz kengayib va chuqurlashib borayotgan 
bir paytda, hayot O‗zbekistonda iqtisodiy-ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan 
islohotlar tufayli barpo etilgan omillar bunday inqirozlar ta‘sirini yumshatishga 
qodir ekanligini ko‗rsatmoqda. Mamlakatimizda jahon moliyaviy - iqtisodiy 
inqiroziga qarshi choralar dasturi ishlab chiqildi va uni amalga oshirish boshlab 
yuborildi. Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimovning "Jahon moliyaviy iqtisodiy 
inqirozi, O‗zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‗llari va choralari" 
asarida, inqirozga qarshi choralardan biri - bu" korxonalarni modernizatsiya 
qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni yanada jadallashtirish, zamonaviy 
moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etish" deb ta‘kidlanadi. Yangi, 
raqobatbardosh texnologiyalarni qo‗llash masalasi bevosita fan va ta‘lim-tarbiya 
sohasiga ham tegishlidir [2]. 
O‗zbekiston hayotida bosib o‗tilgan yo‗l – kelajagi porloq yangi 
tariximizning sermazmun, sershiddatliligi, sinovlarga boyligi, qizg‗in va 
murakkabligi bilan ajralib turadi, ya‘ni mamlakatimiz tarixida muhim 
ahamiyatga ega bo‗lgan ijtimoiy – iqtisodiy va siyosiy islohotlar amalga 
oshirilayotgan jarayonda fuqarolarning demokratik jamiyat qurish yo‗lidagi 
ongi, tushunchalari va dunyoqarashlari o‗zgarib borayotganligining guvohi 
bo‗lyapmiz. 



Bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining hozirgi bosqichida gaz va neft sanoati 
mamlakat yoqilg‗i industriyasining yetakchi tarmoqlaridan biriga aylangan va 
tarmoqda ishlab chiqaruvchi kuchlarni har tomonlama rivojlantirishga katta 
etibor berilmoqda. Bugungi kunda Qashqadaryo viloyati Respublikamiz gaz va 
neft sanoatining katta markaziga aylandi. Viloyatda qazib olinayotgan gaz 
tarkibida oltingugurt birikmalari ko‗p uchraydi. Uni tozalash maqsadida 1972 yil 
iyun oyida Muborak gazni qayta ishlash zavodi ishga tushdi. Zavod nafaqat 
Muborak, balki butun Qashqadaryo hududi va Buxoro viloyati hamda qo‗shni 
Turkmanistondan qazib olingan oltingugurtli gazni tozalash va uning tarkibidan 
kondensat ajratib olishda katta hissa qo‘shmoqda. 
Qashqadaryo viloyati yoqilg‗i energetika zaxiralari bo‗yicha O‗zbekistonda 
yetakchi o‗rinni egallaydi. Haqiqatdan ham respublika bo‗yicha qazib 
olinayotgan neftning 89,7%, gazning 96,2, kondensatning 99,6, oltingugurtning 
esa, 100 foizi viloyatimiz zaminiga to‗g‗ri keladi. 1990 –1994 yillarda 
mamlakatga 164 millyard kub metrdan ko‗proq gaz, sal kam 6 mln tonna neft, 
1,75 mln tonna oltingugurt, 6,1 ming tonna kondensat, 54,4 ming tonna 
suyultirilgan gaz yetkazib berilgan. Shu davr mobaynida 100 dan oshiqroq gaz, 
neft quduqlari ishga tushurildi. Topilgan neft zahirasining 70 foizi, gaz 
zahirasining 71 foizi Qashqadaryo mintaqasiga to‗g‗ri keladi. 
Neft kimyosi, organik kimyo va organik sintez sohasidagi har qanday ilmiy 
tadqiqot natijalari ma‘lum bir samarador usullarni qo‗llash natijasida o‗tkazilgan 
reaksiyalarning mohiyatiga bog‗liq bo‗ladi. Shu sababdan, tadqiqotchi yoki 
ilmiy xodim har bir kimyoviy reaksiya haqida chuqur ma‘lumotga ega bo‗lishi, 
reaksiya jarayonining borish mexanizmlarini, reaksiyaga ta‘sir etuvchi omillarni 
va reagentlarning tabiatini, ularning fazoviy tuzilishi bilan bog‗liq kimyoviy 
xossalarini aniq bilmog‗i kerak bo‗ladi. 

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling