1-Jadval.
Neft fraksiyalarini o‟rtacha molekulyar og‟irliklari
Fraksiyalar
M.o‗r
Fraksiyalar
M.o‗r
Fraksiyalar
M.o‗r
1. 50 – 100
o
C
2. 100 – 150
3. 150 – 200
90
110
130
4. 200 – 250
o
C
5. 250 - 300
o
C
6. 300 – 350
o
C
7. 350 – 400
o
C
155
187
220
260
8. 400 – 450
o
C
9. 450 – 500
o
C
10. 500 – 550
o
C
11. 550 – 600
o
C
305
350
412
480
Parafinli uglevodorodlar uchun o‗rtacha molekulyar og‗irlikni ularning
o‗rtacha qaynash temperaturalari bilan bog‗liqligini dastlab Boynov aniqlagan.
Molekulyar og‗irlikni topishda ko‗pincha krioskopik va ebulioskopik
usullardan foydalaniladi.
Neftning qovushqoqligi. Amalda dinamik qovushqoqlik va kinematik
qovushqoqlik uchraydi. Ko‗pchilik hollarda kinematik qovushqoqlikdan
foydalaniladi. Kinematik qovushqoqlik bir xil va ayni temperaturada suyuqlik
dinamik qovushqoqligining uning zichligiga bo‗lgan nisbati bilan ifodalaniladi.
Kinematik qovushqoqlikning birligi 1 stoks (st) bilan belgilanadi [4].
Stoksning SGS dagi o‗lchov birligi sm
2
/sek, SI sestemasida esa, m
2
/sek.
Turli joylardagi neftning kinematik qovushqoqligi 20
0
C temperaturada keng
sohalarda o‗zgaradi, ya‘ni 2 dan 300 st gacha. Neftning surkov moylari uchun
kinematik qovushqoqlik asosiy fizikaviy – mexanik tavsifnoma bo‗lib
hisoblanadi. Qovushqoqlik qiymatiga temperatura katta ta‘sir ko‗rsatadi.
Qanchalik temperatura past bo‗lsa, shunchalik qovushqoqlik yuqori bo‗ladi.
Temperaturaning 50 - 100
0
C diapazon oralig‗ida qovushqoqlik kam o‗zgaradi.
Xuddi shunday ko‗pchilik neft moylari temperaturaning keng oraliqlarida
ishlaydi. Shuning uchun qovushqoqlikning xarakterli temperatura egri chizig‗i
ular uchun asosiy ekspluatatsion xarateristikasi bo‗lib xizmat qiladi.
Qovushqoqlikni aniqlash turli konstruksiyali viskozimetrlarda amalga oshiriladi.
13
Do'stlaringiz bilan baham: |