Neft asosida olinadigan smolalardan lak va emal olish jarayonlarining muqobil sharoitlarini


Neftning kimyoviy tarkibini aniqlash


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/49
Sana23.12.2022
Hajmi0.89 Mb.
#1049188
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   49
Neftning kimyoviy tarkibini aniqlash. Neftning barcha komponentlari 
tarkibiga kiradigan asosiy elemenlar uglerod va vodorod elementlaridir. Turli xil 
neft tarkibidagi uglerod va vodorodlarning miqdori o‗rtacha uglerod uchun 83,5-
87% va vodorod uchun 11,5-14% ni tashkil etadi [7-8]. 
Gumusli kumirlarda vodorodning miqdori o‗rtacha 5%, qattiq sapropelitli 
hosilalarda 8% ni tashkil etadi. Uglerodga nisbatan neft tarkibidagi vodorodning 
miqdori ortiq darajada bo‗lishi, neftning suyuq bo‗lishini ta‘minlaydi. Neft 
tarkibida uglerod va vodorod bilan bir qatorda oltingugurt, azot va kislorod ham 
uchraydi. Ularning birlikdagi foiz miqdorlari 2-3% ni tashkil etadi. Neft 


16 
tarkibida azot kam bo‗ladi (0,001- 0,3%), kislorodning miqdori esa, 0,1- 1,0% 
oraliqlarida tebranadi. Ammo ba‘zi bir yuqori smolali neftlarda ularning miqdori 
2-3% ga yetadi. Neft tarkibidagi oltingugurtning miqdoriga qarab neftlar 
ahamiyatli ravishda bir biridan farqlanadilar. Ko‗pchilik neft konlarida 
oltingugurtning miqdori unchalik ahamiyatli emas (0,1-1,0%). Ammo oxirgi 
paytlarda neft tarkibida 1-3% gacha oltingugurt miqdori ortib borayotgani 
ma‘lum bo‗lmoqda. Jumladan, Volga, Ural, Venesuela, Texas neft havzalarini 
misol keltirish mumkin [9]. Kuchli oltingugurtlangan, ya‘ni 3% dan yuqori 
oltingugurt saqlagan neft konlari ham mavjud. Maksimal darajada oltingugurt 
saqlagan neftlar Meksika neft konlarida 3,65-5,80% va respublikamizdagi net 
konlarida 3,2-6,3 % oltingugurt miqdori borligi aniqlangan. Oz miqdorda 
bo‗lsada, neft tarkibida boshqa elementlar ham uchraydi, asosan metallar. Bu 
elementlarga vanadiy, nekel, temir, magniy, xrom, titan, kobalt, natriy, kaliy, 
kalsiy, fosfor, va kremniylarni aytish mumkin. Bu elementlarning miqdori
foizlarda ifodalanganda unchalik katta ahamiyat kasb etmaydi, Yaqinda neft 
mahsulotlari tarkibida 0,15- 0,19 g/t miqdorda germaniy elementi borligi 
aniqlangan [9].
Neftning elementar tarkibi bilan birgalikda asosiy komponentlari – bu 
uglevodorodlardir. Neftning qo‗yimolekulyar qismiga shartli ravishda 250-300 
molekulyar og‗irlikdan kichik og‗irlikka ega bo‗lgan va 300-500
o
C haroratda 
qaynaydigan hamda juda oddiy tuzilishga ega bo‗lgan uglevodorodlar kiradi.
Benzin fraksiyasida amalda faqat uchta sinf uglevodorodlari uchraydi: 
alkanlar, sikloalkanlar va benzol qatori aromatik uglevodorodlar. Kerosinli va 
gazoylli fraksiyalarda ko‗pchilik qismni bi- va trisiklik uglevodorodlar tashkil 
etadi. Neftning qo‗yi molekulyar qismida kam bo‗lsada geteroatom tutgan 
organik birikmalar ham uchraydi. Bunday birikmalar tarkibida doimo kislorod, 
azot va oltingugurt atomlari tutgan geterohalqali birikmalar shaklida uchraydi. 
Masalan, merkaptanlar, sulfidlar, disulfidlar, tiofenlar, tiofanlar, tiainden va 
boshqa oltingugurtli birikmalarni aytib o‗tish mumkin. 


17 
Yuqori molekulyar tuzilishga ega bo‗lgan va 350
o
С haroratdan yuqori 
haroratlarda qaynaydigan neft birikmalarining kimyoviy tarkibi juda murakkab 
tuzilgan bo‗lib, ular kam o‗rganilgan. Amaliy jihatdan qaraganda gap mazut va 
gudron tug‗risida ketmoqda. O‗rtacha holda qism komponentlarining 
molekulyar massalari 300-1000 oralig‗ida bo‗ladi. Neft tarkibidagi organik 
moddalarning maksimal darajadagi uglevodorodlari tarkibidagi uglerod soni 
2000-2500 dan yuqori bo‗lmaydi. Neftning bu qismi yuqori darajadagi 
moddalarning aralashmasidan iborat bo‗lib, ularning tuzilishlari turli-tuman va 
turli tarkibli bo‘ladi [9]. Bu aralash moddalar tipiga qo‗yidagi birikmalarni 
kiritish mumkin: 
1. Yuqori molekulyar parafin qatori uglevodorodlar. 
2. Mono- , bi- va tritsiklik tuzilishli sikloparafin uglevodorodlar. 
3. Mono-, bi- va tritsiklik aromatik uglevodorodlar. 
4. Gibridlangan politsiklik naftenoaromatik uglevodorodlar. Bu birikmalarda
sikllar soni ikkitadan yettitagacha va uzun yoki bir qancha yon zanjirlardan 
iborat bo‗lishi mumkin. 
5. Turli-tuman politsiklik gibrid xarakterga ega geteroorganik birikmalar. 
6. Gibrid xarakterga ega bo‗lgan kislorod yoki oltingugurt ko‗priklari orqali 
tutashgan politsiklik birikmalar. 
7. Yuqori kondensirlanishga ega bo‗lgan gibridlangan politsiklik birikmalar. 
Bu birikmalar tarkibida uglerod, vodorod, kislorod, oltingugurt, azot va 
turli xil metallar bo‗lishi mumkin. Oxirgi ikkita tipga kiritilgan va shu tipdagi 
birikmalar smolasimon - asfalten degan nom bilan atalib, bir gruppaga kiritiladi. 
Smolalar va asfaltenlar politsiklik tuzilish xarakteriga ega bo‗lib, ular tarkibida 
doimiy ravishda kislorod atomi mavjud bo‗ladi. 
Smolalarni chiziqsimon, tarmoqlangan yoki o‘ta tarmoqlangan 
tuzilishlarda bo‘lsa, asfaltenlar esa, narvonsimon, setkasimon yoki parketsimon 
juda murakkab tuzilishga (yuqori molekulyar massaga) ega bo‘lganlari uch 
o‘lchamli fazoviy tuzilishda ham bo‘lishi mumkin[11-12]. 

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling