Neft asosida olinadigan smolalardan lak va emal olish jarayonlarining muqobil sharoitlarini


Neft mahsulotlarining kimyoviy tarkibini aniqlash


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/49
Sana23.12.2022
Hajmi0.89 Mb.
#1049188
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   49
Neft mahsulotlarining kimyoviy tarkibini aniqlash. Ma‘lumki neft 
mahsulotlarini kimyoviy tekshirish usullari turli tumandir. Eng oddiy hollarda 
hech bo‗lmaganda qaysidir bir guruh miqdorini aniqlash talab qilinadi. 
To‗yinmagan uglevodorodlarni barcha kimyoviy usullar bilan aniqlash 
tarkibidagi qo‗shbog‗ga birikish reaksiyasiga asoslangan. Reagentlar sifatida 
galogenlar va ularning hosilalari, sulfat kislota, vodorod, sirka kislotaning 
simobli tuzi, azot oksidlari va qo‗shbog‗ga birika oladigan boshqa moddalar 
kiradi [5-6]. 
Eng oddiy va eng kam tarqalgan usullardan biri bu brom yoki yod sonini 
aniqlash usulidir. Brom yoki yod soni bu 100 g tekshiriluvchi moddaga birikishi 
mumkin bo‗lgan brom yoki yod miqdoriga aytiladi. Brom yoki yod sonini 
aniqlashning mohiyati shundaki, galogenlash reaksiyasi o‗tkazilgandan keyin 
reaksiyaga kirishmay qolgan galogen natriy tiosulfat bilan titrlanadi. Parallel 
ravishda reaksiya uchun olingan galogenning miqdori ham titrlanadi. Shunday 


15 
qilib, maqsadli ravishda o‗tkazilgan titr bilan ikkinchi parallel o‗tkazilgan 
titrlarning farqi topiladi. Brom va yod sonlarini aniqlashning bir qancha 
variantlari taklif qilingan. Ular bir biridan galloidni biriktirish reksiyasiga 
kiritish usullari bilan farq qiladi. Eng ko‗p tarqalgan bromat usulida brom KBr 
va KBrO
3
tuzlarinig kislotali muhitdagi eritmasidan olinadi. 
5КВr + КВrО
3
+ 3Н
2
SO
4
= 3K
2
SO
4
+ 3H
2
O + 3Br
2
Bu sulda bromning birikish reaksiyasi sovutish orqali olib boriladi
sovugan muhitda brom bug‗ shaklida ajralib chiqib yo‗qolmaydi va yonaki 
reaksiyalarning ketishini sovutish yordamida tormozlash imkoniyati mavjud 
bo‗ladi. Bundan tashqari Kaufman-Galpern usullari ham eng samarali usullardan 
biri bo‗lib sanaladi. Bu usulda almashinish reaksiyalarida deyarli ishtirok 
etmaydigan kompleks hosil bo‗ladi, bu esa, o‗z navbatida qo‗shbog‗ning aynan 
uzilgan joyiga bromlanish reaksiyasining borishini ta‘minlaydi.
Xloroltingugurtli birikmalar alkanlar, sikloalkanlar va aromatik
birikmalar bilan ta‘sirlashmaydi. Nametkin usuli bo‗yicha benzin 
xloroltingugurt bilan ishlanadi. So‗ngra hamma reaksiyaga kirishilmagan 
uglevodorodlar bug‗ bilan haydaladi va suvdan ajratilgandan keyin torozida 
uning miqdori o‗lchanadi. Bu usul orqali alkenlarning miqdori juda katta 
aniqliklarda topiladi. Sulfat kislotaning 86% dan kam bo‗lmagan 
konsentratsiyasi bilan to‗yinmagan uglevodorodlar nordon va o‗rta tuzlarni hosil 
qiladi: R- CH = CH
2
+ H
2
SO
4
= R – СH
2
(CH
3
) – O - SO
2
OH 

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling