Neft asosida olinadigan smolalardan lak va emal olish jarayonlarining muqobil sharoitlarini


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/49
Sana23.12.2022
Hajmi0.89 Mb.
#1049188
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   49
Tadqiqot bajarish usuli. Neft va neft 
mahsulotlarining 
suyultirilgan 
eritmalarini 
qovushqoqligini 
viskozimetriya 
yordamida 
aniqlash mumkin. Buning uchun V
o
=10 ml 
eritma viskzimetrni (1) rezervuariga (2) nayi 
orqali solinadi va 10 – 15 min termostatda (T) 
belgilangan (25
o
C) haroratda tutib turiladi. 
So‗ngra (6) nay yuqoridan yopiladi va (3) nayga 
grusha (yoki suv-oqimli nasos) ulanadi hamda 
1-Rasm. Ubbelode  vacuum ostida erituvchi kapillyar (5) orqali A  
Kapillyarli viskozimetri belgidan yuqoridagi sharcha to‘lguncha ko‘tari- 
ladi. Keyin (3) naydan grusha (yoki suv-oqimli 
nasos) uziladi, so‗ng (6) nay ochiladi. Eritmaning A dan B gacha oqib o‘tish 
vaqti aniqlanadi. Biror eritma yoki polimer bilan ishlash uchun ularga mos 
keluvchi viskozimetrni tanlash kerak. Viskozimetrlar har xil tuzilishli bo‘lib, 
polimer eritmalarining xarakteristik qovushqoqligini o‘lchash uchun Ubbelode 
viskozimetri (1-rasm) qulay va keng tarqalgandir.
Bunday viskozimetrlarning kapilyar radiuslarini avvaldan hisoblab
tayyorlash oson bo‘lganligi uchun ular ko‘plab eritmalarning qovushqoqligini 
aniqlashda foydalaniladi [5]. 
Puazeyl qonuniga asosan viskozimetr kapilyaridan suyuqlik oqayotganda 
uning qovushqoqligi quyidagi kattaliklarga bog‘liq bo‘ladi. 
η = pπr
4
t/
8rl
Bu yerda, tashqi bosim P deb olsak, t- l-uzunlikli viskozimetr kapilyar nayi 
orqali, V – hajmli suyuqlikning oqib o‘tishi uchun ketgan vaqt. 
Neft fraksiyalari uchun ularning qaynash temperaturalari va molekulyar 
og‗irliklari ortib borishi bilan qovushqoqligi ham ortib boradi. Masalan: 20
0
C da 
benzinning qovushqoqligi 0,6 st ga teng bo‗lsa, og‗ir qoldiq yog‗ning 
qovushqoqligi 300 – 400 st ga teng bo‗ladi. Ayrim holdagi komponentlaridagi 


14 
eng yuqori qovushqoqlikka ega bo‗lgani bu smolasimon moddalardir. 
Uglevodorodlardan eng kam qovushqoqlikka ega bo‗lganlari esa, bu to‗g‗ri 
tuzilishga ega bo‗lgan alkanlardir. Tozalangan neft moylari qattiq holdagi 
parafinlar va smolasimon moddalarni ahamiyatli darajada saqlamaydi. Neftning 
qovushqoqligi kattaligiga uning tarkibiga kiruvchi gibridlangan va politsiklik 
uglevodorodlarning tuzilishi hamda polimer xususiyatiga ega bo‘lgan smolalar 
ham tasir ko‗rsatadi. Ko‗pchilik tatqiqotchilar turli tuzulishli yuqori molekulyar 
uglevodorodlarni sintezlab, ularning fizik-kimyoviy konstantalarini, shu 
jumladan qovushqoqligini ham aniqladilar. Olingan ma‘lumotlardan shunday 
xulosa qilish mumkinki, yuqori molekulyar uglevodorodlarning mavjudligi 
qovushqoqlikka tasir etar ekan: 1) Bir xil konfiguratsiyaga ega naften 
halqalarning molekuladagi soni qovushqoqlikni oshiradi. 2) Molekuladagi 
halqalar qanchalik ko‗p bo‗lsa, qovushqoqlik ham shunchalik yuqori bo‗ladi. 3) 
Bir halqali uglevodorodlar yon zanjirida murakkab parafen uglevodorodlar 
qanchalik ko‗p bo‗lsa, qovushqoqlik ham shunchalik yuqori bo‗ladi. 4)Yon 
zanjirning tarmoqlanganligi ham o‗z navbatida qovushqoqlikni oshiradi. 

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling