Neft asosida olinadigan smolalardan lak va emal olish jarayonlarining muqobil sharoitlarini


Tajribaga tayyorlanish va uni bajarish tartibi


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/49
Sana23.12.2022
Hajmi0.89 Mb.
#1049188
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   49
Tajribaga tayyorlanish va uni bajarish tartibi. Tajriba yaxshi natija 
berishi eng avvalo adsorbentni tо‗g‗ri tayyorlashga bog‗liqdir. Adsorbentni 
zarrachalari 1-2 mm ga teng bо‗lishi shart. Adsorbentni mufel pechkasiga 
joylab 450-500
0
C da 5 soat qizdirib keyin eksikatorda sovutiladi. Sovigan 
adsorbentni tezlikda adsorberga joylanadi. Xom ashyoni mernikga solib nasos 
yordamida aralashtiruvchiga beriladi. Adsorbsiya yaxshi borishi uchun xom 
ashyoga azot gazi aralashtiriladi. Gazning tezligi ham xom ashyoning hajmiy


33 
tezligiga tengdir. Xom ashyo va gaz aralashtirgichda bir-biri bilan aralashib 
bug‗ga aylantiruvchiga keladi. Bu yerda harorat xom ashyoni qaynash 
temperaturasini oxiriga nisbatan 40-60 
0
C yuqori ushlab turiladi. Xom ashyo 
tо‗la bug‗ holatiga о‗tadi. Bug‗ holatidagi aralashma uch shoxli kran yordamida 
adsorberga keladi. Adsorberda temperatura xom ashyoning qaynash 
temperaturasini oxiriga nisbatan 20-40
0
C yuqorida ushlab turiladi. Xom ashyo 
seolit qatlami orqali о‗tayotganda uning tarkibidagi n - parafinlar seolitga 
adsorbsiya bо‗ladi, parafinlardan tozalangan denormalizat uch shoxli kran orqali 
о‗tib sovutgichga borib suyuq holatiga о‗tadi va suyuq mahsulotni yig‗uvchiga 
tushadi. Aralashmadagi gaz va sovushga ulgurmagan uglevodorodlar absorber 
orqali gaz soatiga о‗tadi va atmosferaga chiqarib yuboriladi. Adsorbsiya 
bosqichi tamom bо‗lgandan keyin uch shoxli kranlar desorbsiya bosqichi 
holatiga о‗zgartiriladi. Desorbsiya sifatida suv bug‗i ishlatiladi. Buning uchun 
suvni tezlik bilan aralashtirgichga (II) beramiz, u yerda azot bilan aralashib 
desorbentni bug‗ga aylantiruvchi ga keladi, suv bug‗ga aylanib azot bilan birga 
uch shoxli kran orqali adsorberga keladi [66-67]. 
Suv bug‗i seolitga shimilgan n-parafinlarni siqib chiqaradi. Suv bug‗i, azot 
va bug‗ holida desorbsiya bо‗lgan n-parafinlar aralashmasi sovutgichdan о‗tib 
suyuq mahsulotni yig‗uvchi kolbaga tushadi. Gaz va sovub ulgurmaydigan 
parafinlar adsorber va gaz soati orqali atmosferaga chiqarib yuboriladi. 
Kolbadagi suyuqlik ikki qatlamdan iborat. Pastida suv, yuqorisida n-parafinlar. 
n-parafinlarni suvdan ajratib kalsiy xlorid yordamida namlikdan quritiladi. 
Adsorbsiya bosqichi davom etayotganda bir necha marotaba denormalizatni 
nurni sindirish oeffitsiyentini aniqlab boramiz; dastlab koeffitsiyentini qiymati 
kо‗tariladi; keyinchalik adsorbentni – parafinlar bilan tо‗yinganidan sо‗ng 
koeffitsiyentini qiymati kamayib boradi. Bu adsorbsiya bosqichini tamom 
bо‗lganidan darak beradi. Jarayon tugagandan keyin material balansi tuziladi va 
olingan mahsulotlarni analiz qilinadi. Denormalizatsiya qotish temperaturasi 
aniqlanadi; n-parafinlarni va ular bilan birga bо‗lgan uglevodorodlarni 
xromatografiya usuli bilan aniqlanadi [68]. 


34 

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling