Neft asosida olinadigan smolalardan lak va emal olish jarayonlarining muqobil sharoitlarini
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
2-jadval
Toshli neftini gudronidan olingan mahsulotlarning fizik ko‟rsatkichlari Kо„rsatgichlar Gudron I deasfaltizat II deasfaltizat Asfalt Zichlik, 4 20 1.010 0,915 - - Kokslanish, % mas. 18-20 1.1-1.3 1,5-2,2 - Yopishqoqligi: 100 0 C, mm 2 /c - 20-23 30-55 - Yumshalish harorati, 0 C 35 - - 66-75 Moylarni ularni tarkibidagi smola-asfaltenli birikmalardan va qisqa yon zanjirli politsiklik aromatik uglevodorodlardan qutilish uchun ularni selektiv tozalanadi. Selektiv tozalashga distillyat va qoldiq moylar ham beriladi. Buning natijasida moylarni rangi tozalanadi, yopishqoqlik indeksi ortadi, kokslanish darajasi va oltingugurt birikmalarini miqdori kamayadi [57]. 2.2. Adsorbsion xromatografiya usuli yordamida smolalarni ajratish Tabiiy va aktivlangan tuproqlar, sun‘iy usulda tayyorlangan alyuminatlar, alyumogel, seolitlar, aktivlangan alyuminiy oksidi, kо‗mir va shularga о‗xshashlar о‗zlariga boshqa moddalarni adsorbsiyalash, ya‘ni shimib olish xossasiga egadirlar. Bularni adsorbentlar deyiladi. Adsorbentlarning bu xossasidan sanoatda keng foydalaniladi. Masalan: adsorbentlar maxsulotlarni 31 turli uglevodorod gruppalariga ajratish, gazlarni namlikdan tozalash va shu kabi jarayonlarga ishlatiladi. Bularni orasida seolitlar alohida axamiyatga egadir. Masalan seolitlar neft maxsulotlarining tarkibidagi tо‗g‗ri zanjirli parafinlarni osonlik bilan shimib oladilar. Seolitlarni bu xossasi yonilg‗i fraksiyalarini sifatini oshirishda foydalaniladi. Seolitlar neft maxsulotlari tarkibidagi uglevodorod molekulalarini katta-kichikligiga qarab bir-biridan ajratish qobiliyatiga egadirlar [58-59]]. Gaz-adsorbstion xromatografiyada turli markali silikagellar, faollantirilgan ko‘mir, grafitlangan qurum singari qutbli adsorbentlar ishlatiladi. Molekulalarining geometrik o‘lchamlari turlicha bo‘lgan moddalar aralashmasini tarkibiy qismlarga ajratish uchun, ko‘pincha molekulyar elaklardan-seolitlardan foydalaniladi (8-9-Ilovalar). Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling